Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Ma’lumotlarning ierarxik modellari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/52
tarix19.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#157175
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Ma’lumotlarning ierarxik modellari. 
Ma’lumotlarning ierarxik modeli 
o’zaro bog’liq ob’ektlarning majmuasidir. MB ning ierarxik modeli asosini 
ag’darilgan daraxt(graf) tashkil etadi. Shuning uchun, ierarxik modelda ma’lumotlar 
daraxtsimon bog’lanish ko’rinishda saqlanadi deyiladi. Ushbu model sath, tugun, 
bog’lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki
quyi sathdagi bir necha tugunlar bog’lanish yordamida 
yuqoriroq sathdagi bitta tugun bilan bog’langan 
bo’ladi. Tugun - bu ierarxiyaning berilgan sathida 
joylashgan elementning axborot modelidir. Soddaroq 
qilib aytganda daraxt shoxlarga ajraladi va har bir shox o’z navbatida yana shoxga 
ajralishi mumkin. 
Bog’lanishlar tarkibi MB da qat’iy qayd qilinadi va bog’lanishlar soni 
cheklangan bo’ladi. Bog’lanishlarni o’zgartirish tarkiblarini o’zgartirishga va 
berilganlarni qaytadan kiritishga olib keladi. 
2.1-misol. Davlatlar, ular tarkibidagi viloyatlar xamda viloyat tumanlari va h-
zolar. 
Bu ruyxatni tumanga bo’ysunuvchi mahalla yig’inlari, mahalla yig’inlariga 
qarashli aholi yashash joylari tartibida davom ettirish mumkin. 
Ma’lumotlarning to’r (tarmoqlangan) modellari. 
Ierarxik modelda ikki 
yarusdagi elementlar bog’langan bo’lsa, unday ma’lumotlar tarmoqli (turli) modelda 
ifodalangan deyiladi. Tarmoqli modellarda ham ob’ektlar daraxtsimon modellardagi 
O’zbekiston Respublikasi 
Andijon 
Buxoro 
Samarqand 
Qoraqalpog’iston 
Buxoro 
Vobkent 
Qorovulbozor 


38 
kabi yozuvlar ko’rinishida tasvirlanadi. Ob’ektlarning o’zaro aloqalari yozuvlar 
o’rtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi. U ham tugun, sath, bog’lanish kabi asosiy 
parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modelida turli sathdagi elementlar orqali 
‘erkin’, ya’ni, ‘har biri hamma bilan’ ma’noli bog’lanish qabul qilingan. 
Tarmoqsimon yoki to’rsimon ko’rinishdagi MB dagi ma’lumotlar ham 
ierarxik ko’rinishdagidek tasvirlanadi, ammo undan farqi ixtiyoriy bug’in bevosita 
boshqa bug’inga ham bog’lanishi mumkin.
Internet tarmog’i to’rsimon MB ga misol bula oladi. 
2.3-misol. Ta’lim muassasasidagi o’qituvchilar va talabalar. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin