Nazorat savollari:
Kompyuter grafikasi nima?
Kompyuter grafikasining zamonaviy informatsion jamiyatdagi roli va o’rni?
Kompyuter grafikasidan foydalanishning joyi (misol keltiring)?
Multimedia texnologiyasi ostida nima tushuniladi?
Jadvalli til termini nimani bildiradi?
Jadval va jadvallashtirish deganda nima tushuniladi?
Jadval kiyofasi nima?
Eksplikatsiya nima?
Jadval kiyofasi kanday turlarga bulinadi?
Grafik obraz kanday talkin kilinadi?
Geometrik, ideografik va individuallashtirish eksplikatsiyasi deganda nima
tushuniladi?
Jadval texnologik asosi deganda nima tushuniladi?
Grafikada kanday shartli belgilar turlari kullaniladi?
48
Ma’ruza-5. Texnik tizimlarda grafik modellashtirish.
Reja:
1. “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining mohiyati, maqsadi va
vazifalari.
2. Zamonaviy axborot texnologiyalarining hozirgi zamondagi o’rni va
rivojlanish istiqbollari hamda ularning fan-texnika taraqqiyotida, jamiyat rivojida
tutgan o’rni.
3. Axborotlashgan jamiyat.
4. Axborot madaniyati va etikasi.
Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi
axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar EHM ekranida grafik
shaklida, gistogramma, diagramma va xohlagan boshqa shakllarda aks ettirilishi
mumkin, kerakli grafiklar matn izohlari va ma`lum joylarda belgili izohlar bilan
ta`minlanadi. Tijorat grafikasiga tegishli bo’lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni
ekranda tezda va kerakli servislar bilan ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchining
asosiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o’zgarishlarni tezda
muhokama qilib, tegishli o’zgartirishlar kiritishdan iborat. Tasvirni yaqqolligini
yanada oshirish uchun ushbu paketlarga tasvirni ekranda bir necha xil grafika
shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa o’z navbatida tasvirlarni ekranda
birgalikda ko’rib, mulohazalash imkoniyatini oshiradi.
Bu paketlarni eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda
berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni analiz qilish imkoniyatini ham beradi.
Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik analiz usullari, shu jumladan statistik
analiz, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki,
ular berilgan axborot to’plamini analiz qilish imkonini beradi.
Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi xujjatlarni mashina
tasvirini hosil qilib uni namoyishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu erda eng
asosiy vazifa - yuqori sifatli va chiroyli ko’rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat.
49
Shu tipdagi grafikalarni eng afzal tomoni shundaki, bunday tasvirlarni to’plami va
ko’rinishini tezda o’zgartirish mumkin.
Injenerlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, proektlash va
konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo’llaniladi. Injenerlik grafikasi
analiz, sintez, modellashtirish, matnlashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi
proektlashni avtomatlashtirish ishlarini hamma bosqichlarini o’z ichiga oladi.
Ilmiy grafika - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik,
biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo’llaniladi. Ilmiy grafikaning eng
asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo’ladigan axborotlarni vizuallashtirish -
ko’zga ko’rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo’nalish atom energiyasi
manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika va samolyotsozlikda, geografiyada va
okeanologiyada - xullas qamrovi katta bo’lgan, tez kechadigan jarayonlarni
o’rganishda juda qo’l keladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli
shaklda diagrammalar, kartalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida
tasvirlashda keng qo’llaniladi.
Ko’rgazmaviy grafika - namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib, shu
ikkala grafika imkoniyatlarini yig’indisi integratsiyasini tashkil etadi. Bu grafika
ayrim grafikalarini slaydlar ketma-ketligidan iborat slaydfilm qilib yaratib, so’ngra
uni ma`lum vaqt ichida ekranda ketma-ket ko’rgazma shaklida namoyish etadi. Har
bir slaydni ekrandagi tasviri ovoz va vizual effektlar bilan qo’shib olib borilishi
mumkin. Undan tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyat ham mavjud.
Animatsion grafika rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni injenerlik grafikasidagi
uch o’lchovli ob`ektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan, reklama
e`lonlari va teleko’rsatuvdagi bir tasvirni ichiga ikkinchisini kiritish) qo’shib
uygunlashtirilgan.
Umumiy holda grafikadagi tasvirlar ikki xil ko’rinishda: ikki o’lchovli yoki
uch o’lchovli shaklda bo’ladi. Ikki o’lchovli grafikaning dasturiy ta`minoti (DT) X,
Y koordinatalari tizimida yuza tasvirini hosil qilish imkoniyatini beradi. Bu 2D
ko’rinishidagi tasvirdir. Uch o’lchovli grafikaning dasturiy ta`minoti tekis ekranda
X, Y, Z (3D) koordinatalari tizimida tasvirlarni hosil qilish imkonini beradi. 4D
50
grafigi - vaqt tizimidagi uch o’lchovli tasvirdir. Shuningdek 2,5D turidagi tasvir ham
mavjudir. Bu 2D ko’rinishli tasvir bulib 3D tasvirining ba`zi bir xususiyatlari bilan
to’ldirilgan. (masalan, ustunli diagrammada xar bir ustun yo’g’onligi ham ko’rinib
turadi).
Rastrli grafikada tasvir elementi sifatida nuqta (piksel) olinsa, vektorli
grafikada ham chiziq tushunchasi mavjud, ammol unda chiziq ketma-ket joylashgan
nuqtalar yig’indisi hisoblanadi. Rastrli grafikada chiziq uzunligi qancha katta bo’lsa
undagi nuqtalar soni hamda fayl hajmi kattalashadi. Vektorli grafikada esa chiziq
kattaligi (uzunligi) fayl hajmiga ta`sir etmaydi, chunki vektorli grafikada chiziq har
qanday ob`ekt kabi o’z xossasiga ega va bu xossalar kompyuter xotirasida saqlanadi.
Chiziq xossalari: formasi (to’g’ri, egri); qalinligi; rangi; chizish shakli (uzlukli,
uzluksiz). Agar chiziq yopiq bo’lsa uni to’ldirilishi, sohani boshka ob`ekt bilan
qoplanishi (to’r, karta,…) hamda soha rangi kabi xossalari mavjud. Tugun deb
ataluvchi ikki nuqta orasidagi chiziq kesma bo’ladi. Tugun ham o’z xossasiga ega.
1.
Nuqta. Bu ob`ekt tekislikda koordinata boshiga nisbatan ikki son (x,y) bilan
aniqlanadi.
2.
To’g’ri chiziq. Uning tenglamasi y=kx+b . k va b parametrlariga qiymatlar
berib, Dekart koordinatalar sistemasida ixtiyoriy sonli to’g’ri chiziqlarni
hosil qilish mumkin.
3.
Kesma. Y k va b parametrlarga qo’shimcha kesma boshi va oxiri nuqtalarini
ifodalovchi parametrlarga ega.
Demak, ular 9 ta xossaga ega ekan. Agar uning kesmasini hosil qilish kerak
bo’lsa, yana ikkita parametr paydo buladi. Beze egriliklari. Uchinchi tartibli egri
chiziqlarni berilgan xossalarga asosan chizish unchalik qiyin bo’lmagan zerikarli
ish. Vektorli grafikada ular urniga Beze egriliklari degan shakllar ko’p ishlatiladi.
Chunki Beze chiziqlari uch tartibli egri chiziqlarning eng sodda holidir. Beze
egriliklarida 8 ta parametr qatnashadi. Beze egriliklari bir juft urinma deb ataluvchi
chiziqlarga asoslangan. Bu chiziqlar o’ziga xos richag rolini o’ynaydi.
Rastr grafikasida 2 ta kamchilik mavjud:
1) Ma`lumotlarning haddan tashkari ko’p joy egallashi;
51
2) Sifat buzilishiga olib kelinuvchi masshtablashtirish;
Uning yaxshi tomoni- yukori darajali, badiiy tasvirni hosil qilish.
Vektorli grafikada rastrli grafikadagi har ikkala kamchilik bartaraf etilgan
bo’lib, tasvirning darajasi ancha pastdaligidadir. Yuqori darajali tasvirni vektorli
grafikada hosil qilish ancha qiyinchiliklarga ega. Ancha murakkab bo’lgan shakllar
ham (minglab ob`ektlar mavjud bo’lgan) tezkor xotirada bir necha o’n yoki yuz
Kbaytni hosil qilish mumkin. Masshtablashtirishda chiziqlarning uzunligi o’zgargan
bilan uning kalinligi o’zgarmay qoladi. Qalinligi chiziq xossasi sifatida mashina
xotirasida joylashgan. Demak, kattalashtirganda xotira o’zgarishsiz koladi. Vektorli
grafika kartografiya, SAPR, avtomatlashtirilgan arxitektura loyihalari va
boshqalarda ko’prok ishlatiladi.
Model lot. modulus – nusxa, namuna degan ma`nolarni anglatib,
modellashtirish – namuna yoki nusxa yaratish degan ma`nolarni anglatadi.
Modellashtirish shunday bir nusxa namunani yaratishni talab etadiki ushbu
nusxa haqiqiy (real) ob`ekt haqida to’liq yoki etarli darajada axborot berishi,
tasavvur berishi lozim.
Modelga qo’yiladigan asosiy talablar
•
Adekvatlik, ya`ni modelning real ob`ekt haqida axborot berishi, uning
ahamiyatli xususiyatlarini o’zida namoyon etishi, akslantirishi;
•
Aniqlik, ya`ni modellashtirish asosida olingan natijalarning real
ob`ektga qanchalik darajada mos kelishi va etarli bo’lishi. Bunda real
ob`ekt haqidagi dastlabki axborotlar model qurish uchun etarli bo’lishi
kerak;
•
Universallik, ya`ni modelning bir turdagi masalalarni echimini topishda
qo’llanilishi, betakrorligi. Bu narsa modelni keng ko’lamdagi masalalar
echimini topishda qo’llanilishini ifodalaydi;
•
Maqbullik, maqsadga muvofiqlik – ya`ni model kamxarajat bo’lishi,
ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarmasligi lozim.
Modellashtirish bosqichlari
52
Birinchi bosqich original ob`ekt haqida ma`lum bir bilimlarga ega bo’lishni
talab etadi. Ya`ni modellashtiriladigan ob`ekt haqida qanchalik ko’p ma`lumot
mavjud bo’lsa modellashtirish jarayoni shunchalik oson kechadi.
Ikkinchi bosqich modelning o’zi mustaqil tadqiqot ob`ekti sifatida qaraladi.
Tadqiqotning bunday usulida model analiz qilinadi, eksperimentdan o’tkaziladi va
kutilayotgan natijalar bilan solishtiriladi.
Uchinchi bosqich modelda tadqiq qilingan bilimlar original ob`ektga
ko’chiriladi. Ya`ni model berayotgan axborot original ob`ekt bilan solishtiriladi va
haqqoniyligi tekshiriladi.
D tushunchasi butun dunyoda va ilmiy adabiyotlarda keng ommalashgan
bo’lib d harfi inglizcha dimension (o’lcham) so’zining bosh harfi bo’lib 2D – ikki
o’lchamli ma`nosini anglatadi.
Kundalik hayotimizda olib boradigan yozma axborotlarimizning aksariyati
2D asosida olib boriladi. Ya`ni oddiy qog’oz varog’i ikki o’lchamli bo’lib shu
qog’oz 2D modellashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Yozma axborotlarni o’zi
2D bo’la olmaydi, lekin unda keltiriladigan grafik axborotlar (sxemalar, grafiklar,
fotosuratlar, chizmalar) 2D asosida bajarilgan hisoblanadi.
Har qanday muhandis-loyihachi 2D modellashtirish asoslarini mukammal
bilishi zarur.
Fazoviy ob`ektlarni geometrik elementlar va o’lchamlar asosida
modellashtirish geometrik modellashtirish deyiladi. Bunda ob`ektlarning fizikaviy,
kimyoviy, biologik xususiyatlari e`tiborga olinmaydi.
Geometrik modellashtirish uchun elementar geometriya, chizma geometriya
qoidalarini bilish talab etiladi. Geometrik modellashtirish elementlari nuqta, chiziq
(to’g’ri chiziq), sirt (tekislik)dir. Shu o’rinda ushbu elementlarning uzviy
bog’liqligini unutmaslik lozim. Ya`ni:
Har qanday sirt chiziqlar to’plamidan iborat, chiziqlar esa nuqtalar
to’plamidan tashkil topadi. Demak sirtni nuqtalar to’plamidan iborat deb qarash
mumkin.
53
Chiziqni xususiy holi to’g’ri chiziqdir, kesma to’g’ri chiziqning bir bo’lagi.
Har qanday to’g’ri chiziqdan kesma ajratib olish mumkin, har qanday kesma orqali
cheksizlikka yo’naltirilgan bitta to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin.
Har qanday sirtni yasovchilari va yo’naltiruvchilari mavjud. Tekislik
yasovchisi va yo’naltiruvchisi to’g’ri chiziqlardan iborat sirtdir. Har qanday sirtga
tegishli nuqta shu sirtga tegishli bo’lgan chiziqga tegishli bo’ladi.
Geometrik modellashtirishda qabul qilingan standart qoidalari – O’zDST
talablarini bilish modelni to’g’ri o’qishni va hammabopligini ta`minlaydi. Ya`ni:
Modellashtirish uchun format tanlash O’zDST 2.301-96 (Formatlar)ga asoan;
Modelni formatga joylashtirish O’zDST 2.302-97 (Masshtablar)ga asosan;
Modelda chiziq turlari O’zDST 2.303-97 (Chizma chiziqlari) ga asosan;
Modeldagi yozma axborotlar O’zDST 2.304-97 (Shriftlar), O’zDST 2.104-68
(Asosiy yozuv) ga asosan;
Model ko’rinishlari soni va ularni proektsion bog’lanishi O’zDST 2.305-97
(Ko’rinishlar, qirqimlar, kesimlar) ga asosan;
Modelning geometrik axborotlari O’zDST 2.307-96 (O’lcham qo’yish
qoidalari) ga asosan bajarilishi zarur.
Bugungi kunda geometrik modellashtirishga bo’lgan asosiy ehtiyoj shundan
iboratki kompyuterda turli hodisa va jarayonlarni modellashtirish uchun fazoviy
ob`ektlarning geometrik modellari zarur. O’ch o’lchamli geometrik modellarga
to’rtinchi, beshinchi, oltinchi va h. parametrlarni bergan holda murakkab
muhandislik masalalarning maqbul echimlarini topish mumkin.
Bunday modellashtirish kompyuterda modellashtirish deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |