36
bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost), ya’ni «1» yoki FALSE (yolg’on), ya’ni «0»
qiymatlarini qabul qiladi. Ulardan tizimda ko’zda tutilgan maqsadni amalga oshirish
uchun foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa
o’chirilgan» (FALSE).
Bundan tashqari, har bir MBBT da turli xil axborotlarni (rasm, tovush, video
lavha singari) saqlash va undan foydalanish imkoniyati beriladi.
Ma’lumotlar bazasi modellari
Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri
hozirgi zamon kompyuterlaridir. Kompyuterlarda
saqlanadigan MB - bu maxsus
formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir.
Ma’lumotlar bazasi ob’ekt yoki ob’ektlar to’plami holatini, ularning xossalari
va o’zaro munosabatlarini aks ettiruvchi nomlangan ma’lumotlar to’plamini
ifodalaydi.
Ma’lumotlar bazasiga ob’ektning axborot modeli deb qarash mumkin.
Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar to’plamini cheksiz ko’p marta ishlata olish uchun
kerak. Agar ma’lumotlar bazasining vazifasi faqat ma’lumotlarni saqlash bo’lganida
edi, uning tasnifi juda oddiy bo’lardi. Lekin, uning boshqa har xil ma’lumotlar
elementlari bilan aloqasini ta’minlash kerakligi, MB tasnifini murakkablashtiradi.
Har bir MB mustaqildir. MB o’z ichki tuzilmasiga ega bo’lgan mustaqil
ob’ektdir va u amaliy dasturlarga bog’liq emas. Ma’lumotlarni ma’lumot
tashuvchilarga yozish va ularga murojaat qilish
uslublari amaliy dasturiy
mahsulotlarga bog’liq emas. MB ga har qanday amaliy dasturiy mahsulot orqali
murojaat qilish mumkin va bu vaqtda MB mustaqil
ravishda amaliy dasturlarga
bog’liq bo’lmagan holda o’z uslublarini qo’llaydi.
MB ni boshqarishda keng miqyosda ishlatilishi quyidagi faktorlar bilan
aniqlangan:
o
operativligi (ma’lumotlarga tez va operativ kirish imkoniyati bilan);
o
o’ng’ayligi (istalgan
talabga javob ola olishligi, ma’lumotlarni
takomillashtirish va o’zgartiruvchi effektiv usullarning mavjudligi);
o
himoyalanganligi va yaxlitligi (ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish mumkin
37
emasligi hamda kompyuter texnik vositalarining nosozligidan himoyalanganligi).
Ma’lumotlar bazasi bo’yicha ko’plab
mutaxassislar bugungi kunda
ma’lumotlar bazasini qurishga uch xil yondoshish mumkin deb hisoblashadi;
pog’onali (ierarxik), tarmoq va relyatsion.
Dostları ilə paylaş: