Computer Science
, ® IGCSE is the registered trademark of
Cambridge International Examinations, 2014.
29
va printerlar bilan ma`lumot almashish, vaqt va sanani saqlash, komp’yuter
parametrlarini sozlash kabi vazifalarni bajaradi.
➢
Buyruq protsessori – klaviatura orqali kiritilgan buyruqlarni bajaradi, boshqa
dasturlarni yuklaydi.
➢
Fayl tizimi – fayl va papkalar bilan ishlash uchun keng xizmat (servis)
imkoniyatlarini yaratadi.
OTlar masalalarni qayta ishlash rejimi bo`yicha bir vazifali va ko`p vazifali
turlarga bo`linadi. O`zaro bog’lanishi bo`yicha esa bir foydalanuvchili va ko`p
foydalanuvchiliga ajratiladi.
OT vazifasi bo`yicha turli komp’yuterlar uchun moslashtirilgan holatda ishlab
chiqiladi masalan, shaxsiy komp’yuterlar uchun, katta EHM lar, sanoat
komp’yuterlari, mobil telefonlar uchun alohida ishlab chiqilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda minglab OTlar yaratilgan, ulardan eng ko`p tanish bo`lganlari:
- MS-DOS 1981 yilda yaratilgan buyruqlar satriga ega interfeysli, ya`ni
barcha buyruqlar qo`lda kiritiladigan bir vazifali OT.
- UNIX – OTlar oilasi, katta sanoat komp’yuterlari va tarmoqda ishlovchilar
uchun ishlab chiqilgan. Dastlabki UNIX-tizimlari 60-yillar boshida paydo
bo`lgan.
- Linux – bemalol tarqatiladigan, ya`ni bepul, ochiq kodli OT. Linus Torval’d
ismli talaba tomonidan 1991 yil diplom loyiha sifatida yaratilgan va 1994 yildan
boshlab chiqarilgan.
- Windows (Windows 95, Windows 98, Windows 2000, Windows XP,
Windows Vista, Windows 7,8,10) – ko`p foydalanuvchili va ko`p vazifali OTdir.
- Windows CE.NET, QNX Neutrino va OS-9 real vaqtda ishlovchi operatsion
tizimlar - asosan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratishda va ulardan
foydalanishda, shuningdek texnologik jarayonlarni boshqarishda qo`llaniladi.
Ko`pincha sanoat komp’yuterlarida ushbu OTni uchratish mumkin.
- Mobil operatsion tizimlar – mobil aloqa vositalari uchun yaratilgan bo`lib,
ularga misol qilib Anroid-Linux, Windows Mobile, Symbian OS, Palm OS, iPhone
OS, Black Berry OTlarini aytishimiz mumkin.
|