33
Ma’ruza 3.
Texnik tizimlarda ma’lumotlar bazasi(MB). MB xarakteristikasi va
modellari. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari. MySQL tizimi.
Reja:
1. Texnik tizimlarda ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlarning turlari.
2. Ma’lumotlar bazasi modellari
3. Ma’lumotlar bazasining asosiy ob’ektlari
.
Insonda axborotni tartiblashtirish, qayta ishlash va saqlashga talab qadim
zamondan paydo bo’lgan. Masalan, qadim zamonlarda shoh xazinasi va soliqlar
miqdori singari turli xil ma’lumotlar hisobi yuritilgan.
Barcha hisob-kitob ishlari
qo’lda amalga oshirilgan.
Hozirgi kunda inson qabul qiladigan axborot yildan yilga oshib borayapti.
Kundalik hayotimiz, har bir qiladigan ishimiz ma’lumotlarni qayta ishlash bilan
chambarchas bog’lanib ketgan. Umuman olganda, inson ma’lumotni kamida uch xil
yo’l bilan qayta ishlaydi va unga o’z munosabatini bildiradi.
1.
Fiziologik -jismoniy yo’l bilan qayta ishlash
.
2.
Ongli ravishda qayta ishlash
.
3.
Aql-idrok va fikrlash asosida qayta ishlash
.
Birinchi holda, inson organizmi orqali xabarlarni qabul qilib, shunga
qarab
ma’lumotga o’z munosabatini bildiradi. Misol uchun, issiq choynakdan ehtiyot
bo’ladi, achchiqni sezib ichmaydi, olovni ko’rib uning oldiga bormaydi va h.zo.
Ikkinchi va uchinchi hollarda ma’lumotlarni qayta ishlash juda ham murakkab
bo’lib, u odamning yoshi,
hayotiy tajribasi, mutaxassisligi, hatto hulqi va
xarakteriga, unga qanchalik zarurligi singari holatlarga bog’liq. Masalan, mashina
dvigatelining notekis ishlashiga haydovchi darrov e’tibor bersa, haydovchi
bo’lmagan odam e’tibor bermaydi. Mashina dvigatelning ishlamay qolishi mashina
egasi uchun katta hajmdagi axborot bo’lsa, begona
odamga kichik hajmdagi
ma’lumot bo’ladi. Inson uchun axborotlarni to’plashda uning barcha sezgi organlari
34
xizmat qilsa, katta hajmli axborotlarni tez to’plash va tahlil qilishi uchun esa bu
yetarli emas. Buning uchun maxsus texnik vositalar talab qilinadi. Shuning uchun
ham axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar – ularni to’plash, qayta ishlash
va uzatish amallarini bajarish uchun insonning turli vositalarga bo’lgan ehtiyoji ortib
borgan. Shu sababli, hozirgi kompyuter texnikalari vujudga keldi va axborot
texnologiyalari asriga yetib kelindi. Kompyuter
axborotni qabul qilish, saqlash,
qayta ishlash va foydalanuvchiga taqdim etish xizmatini amalga oshiradi.
Kompyuterda katta hajmli axborotlarni saqlash va ulardan jamoa bo’lib
ishlashni tashkil qilish natijasida
ma’lumotlar bazasi (MB)
vujudga keldi.
Ma’lumotlar bazasi – bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar
majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar
o’rtasidagi munosobatni ma’lum sohada tavsiflaydi.
MBda saqlanayotgan ma’lumotlar real, haqiqiy dunyodagi ob’ektlarning
tavsiflarini beradi. Shu sababli, ma’lumotlarning tuzilishi ob’ektlar va ularning
tavsiflari o’rtasidagi mavjud aniq munosabatlar va mantiqiy aloqalarni aks ettirishi
zarur. MBning ish qobiliyati va samaradorligi aksariyat hollarda ma’lumotlar
tuzilishi qanchalik to’g’ri tashkil etilganligi va u kompyuter xotirasida qanday aks
ettirilganligi bilan belgilanadi.
MB muayyan qonun-qoidalarga muvofiq tuziladi va bir qator talablarga javob
berishi zarur bo’lib, ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
o
ma’lumotlarning ortiqcha takrorlanmasligi (eng kam ortiqchalik).
Ma’lumotlarning har bir elementi MB ga bir marta kiritiladi va u yerda yagona
nusxada saqlanadi. Ma’lumotlarni kiritishda MBBT
ularning takrorlanmasligini
tekshiradi;
o
dolzarblashtirish imkoniyati.
MBda saqlanayotgan ma’lumotlar eskirishi
mumkin. Bunda yangi ma’lumotlarni kiritish zaruriyati tug’iladi. Ma’lumotlarning
tuzilishi yangi ma’lumotlarni kiritish va eskirganlarini chiqarib tashlash, shuningdek
saqlanayotgan ma’lumotlarga o’zgartirish kiritish imkonini berishi zarur. Bunda MB
ning umumiy sxemasi va foydalanuvchilarning dasturlari o’zgarmasligi kerak. MB
sxemasiga o’zgartirishlarni faqat ma’murgina kirita oladi;
35
o
ma’lumotlarnin butunligin ta’minlash
Tizimda
foydalanuvchilarning
ehtiyotsiz harakatlari oqibatida tasodifiy xatoliklar yuz berishi, dasturlarda xatolar
va uskunalarning to’xtab qolishi yuz berishi mumkin. MBBT bunday holatlarda
ma’lumotlarning yo’qolib ketmasligini va buzilgan ma’lumotlarni
qayta tiklash
imkoniyatini ta’minlashi zarur.
o
qidiruvning yuqori tezligi.
Xotira qurilmalarida ma’lumotlarni saqlash usuli
ma’lumotlar bazasining muloqot rejimida ishlashini ta’minlashi zarur;
o
xavfsizlik va maxfiylik.
Foydalanuvchilar faqat ularga kerakli ma’lumotlar
bilangina ishlashlari zarur. Boshqa ma’lumotlardan foydalanish ular uchun
cheklangan bo’lishi kerak. Tizimda saqlanayotgan ma’lumotlardan bunga tegishli
huquqi bo’lmagan shaxslar foydalanmasliklari zarur. MBBT, odatda,
foydalanuvchilarni identifikatsiyalash vositalariga ega bo’ladi, bundan tashqari,
maxfiy axborotlarni saqlovchi MB uchun maxfiylikni ta’minlashning maxsus
vositalari ishlab chiqiladi;
o
turli foydalanuvchilarning
har xil so’rovlarini
ta’minlash imkoniyati. Bu
MB uchun asosiy talab hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: