Axborot kommunikatsiya texnologiyalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/52
tarix19.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#157175
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

 
Fayl tizimi 
Fayl tizimi 
- OT ning bir qismi bo`lib, uning vazifasi tashqi xotiradagi 
ma`lumotlarni samarali tashkil etadi va ular bilan ishlashda foydalanuvchiga qulay 
interfeys tashkil etadi.
Birinchidan - fayl tizimi orqali ma`lumotlar bo`yicha-tizimli ishlov beruvchi 
dasturlar bog’lanadilar. 
Ikkinchidan - fayl tizimi orqali disk makoni markazlashgan tarzda 
taqsimlanadi va ma`lumotlar boshqariladi.
Uchinchidan - tashqi xotira qurilmalarida joylashtirilgan foydalanuvchilar 
ma`lumotlariga murojaatni eng sodda usullariga ega bo`ladilar. 
Turli OT larga va tashqi qurilmalarga mo`ljallangan turli fayl tizimlari 
mavjud, eng keng tarqalganglari FAT32, VFAT, SUPER FAT, NTFS va HPFS. 
 
 
Drayverlar 
Drayverlar
- bu amaliy dasturlar va OTlar bilan tashqi qurilmalarni o`zaro 
hamkorligini ta`minlovchi maxsus dastur. Ular tashqi qurilmalar ya`ni, klaviatura, 
printer, skaner va sichqoncha kabilardan kelayotgan xabarlarni qayta ishlaydi.
Oddiy qilib aytganda drayver, qurilmalarni komp’yuterga tanishtiradi va ular 
ishini boshqaradi.
 
Utilitalar 
Utilitalar kompyuterning apparat vositalariga, ayniqsa disklarga, operatsion 
tizimlar va boshqa ilovalarga qo`shimcha srvis xizmat qilishga mo`ljalangan 
dasturlar hisoblanadi. Utilitalar OT imkoniyatini oshiradi yoki mustaqil ravishda 
qandaydir vazifani bajaradi. 
Utilitalar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

Qurilmaning ish unumdorligi monitoringi

Protsessor harorati, videoadapter, qattiq disk monitoringi; 

Qurilma parametrlarini boshqarish – SD disklarning maksimal aylanish 
tezligini cheklash, ventilyatorlarning aylani tezligini o`zgartirish; 


31 

Ko`rsatkichlar nazorati – murojaatlarni va ma`lumotlarni yozish 
to`g’riligini tekshirish. 

Kengaytirilgan imkoniyatlar – ma`lumotlarni saqlab diskni formatlash va 
qayta tiklash, ma`lumotlarni tiklab bo`lmaydigan darajada o`chirish. 
Utilitalarning turlari: 

OT va diskka xizmat ko`rsatuvchi utilitalar 

Defragmentat
tsiyalash – ma`lumotlarni diskda joylashuvini tartiblash, 
ketma-ket joylashtirish maqsadida qo`llaniladi. 

Diskni tekshirish – noto`g’ri yozilgan yoki zararlangan fayllar va disk 
qismlarini qidirish, disk samarili ishlashi uchun ularni o`chirish yoki 
yopib qo`yish. 

Diskni tozalash – vaqtincha ishlatilgan, keraksiz fayllarni o`chirish, 
korzinani tozalash. 

Diskni qayt tuzish (razmetka) – turli fayllar tizimini va operatsion 
tizimlar ega bo`lishi mumkin bo`lishi, fayl va papkalarni tartibga 
solish, xavfsizlikni ta`minlash maqsadlarida diskni bir nechta mantiqiy 
disklarga bo`lish. 

Zahiraviy nusxalash – butun disklarni yoki alohida fayllar zahirasini 
nusxalash orqali yaratish hamda ushbu nusxalardan qayta tiklash 
imkoniyatini yaratadi. 

Diskn siqish – qattiq disk sig’imini oshirish maqsadida undagi 
ma`lumotlarni siqishni amalga oshiradi. 

Reestrlar bilan ishlash utilitalari

Qurilmalarni monitoringini olib borish utilitalari 

Qurilmalarni testlash 

Arxivatorlar 

Antivirus dasturlari 

Qobiq dasturlar 


32 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin