Axborot kommunikatsiya texnologiyalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/52
tarix19.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#157175
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Nazorat savollari: 
Kompyuter grafikasi nima?
Kompyuter grafikasining zamonaviy informatsion jamiyatdagi roli va o’rni?
Kompyuter grafikasidan foydalanishning joyi (misol keltiring)?
Multimedia texnologiyasi ostida nima tushuniladi?
Jadvalli til termini nimani bildiradi? 
Jadval va jadvallashtirish deganda nima tushuniladi? 
Jadval kiyofasi nima? 
Eksplikatsiya nima? 
Jadval kiyofasi kanday turlarga bulinadi? 
Grafik obraz kanday talkin kilinadi? 
Geometrik, ideografik va individuallashtirish eksplikatsiyasi deganda nima 
tushuniladi? 
Jadval texnologik asosi deganda nima tushuniladi? 
Grafikada kanday shartli belgilar turlari kullaniladi? 


48 
Ma’ruza-5. Texnik tizimlarda grafik modellashtirish. 
Reja: 
1. “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining mohiyati, maqsadi va 
vazifalari.
2. Zamonaviy axborot texnologiyalarining hozirgi zamondagi o’rni va 
rivojlanish istiqbollari hamda ularning fan-texnika taraqqiyotida, jamiyat rivojida 
tutgan o’rni.
3. Axborotlashgan jamiyat.
4. Axborot madaniyati va etikasi.
 
Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi 
axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar EHM ekranida grafik 
shaklida, gistogramma, diagramma va xohlagan boshqa shakllarda aks ettirilishi 
mumkin, kerakli grafiklar matn izohlari va ma`lum joylarda belgili izohlar bilan 
ta`minlanadi. Tijorat grafikasiga tegishli bo’lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni 
ekranda tezda va kerakli servislar bilan ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchining 
asosiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o’zgarishlarni tezda 
muhokama qilib, tegishli o’zgartirishlar kiritishdan iborat. Tasvirni yaqqolligini 
yanada oshirish uchun ushbu paketlarga tasvirni ekranda bir necha xil grafika 
shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa o’z navbatida tasvirlarni ekranda 
birgalikda ko’rib, mulohazalash imkoniyatini oshiradi. 
Bu paketlarni eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda 
berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni analiz qilish imkoniyatini ham beradi. 
Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik analiz usullari, shu jumladan statistik 
analiz, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, 
ular berilgan axborot to’plamini analiz qilish imkonini beradi. 
Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi xujjatlarni mashina 
tasvirini hosil qilib uni namoyishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu erda eng 
asosiy vazifa - yuqori sifatli va chiroyli ko’rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. 


49 
Shu tipdagi grafikalarni eng afzal tomoni shundaki, bunday tasvirlarni to’plami va 
ko’rinishini tezda o’zgartirish mumkin. 
Injenerlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, proektlash va 
konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo’llaniladi. Injenerlik grafikasi 
analiz, sintez, modellashtirish, matnlashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi 
proektlashni avtomatlashtirish ishlarini hamma bosqichlarini o’z ichiga oladi. 
Ilmiy grafika - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, 
biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo’llaniladi. Ilmiy grafikaning eng 
asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo’ladigan axborotlarni vizuallashtirish - 
ko’zga ko’rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo’nalish atom energiyasi 
manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika va samolyotsozlikda, geografiyada va 
okeanologiyada - xullas qamrovi katta bo’lgan, tez kechadigan jarayonlarni 
o’rganishda juda qo’l keladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli 
shaklda diagrammalar, kartalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida 
tasvirlashda keng qo’llaniladi. 
Ko’rgazmaviy grafika - namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib, shu 
ikkala grafika imkoniyatlarini yig’indisi integratsiyasini tashkil etadi. Bu grafika 
ayrim grafikalarini slaydlar ketma-ketligidan iborat slaydfilm qilib yaratib, so’ngra 
uni ma`lum vaqt ichida ekranda ketma-ket ko’rgazma shaklida namoyish etadi. Har 
bir slaydni ekrandagi tasviri ovoz va vizual effektlar bilan qo’shib olib borilishi 
mumkin. Undan tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyat ham mavjud.
Animatsion grafika rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni injenerlik grafikasidagi 
uch o’lchovli ob`ektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan, reklama 
e`lonlari va teleko’rsatuvdagi bir tasvirni ichiga ikkinchisini kiritish) qo’shib 
uygunlashtirilgan. 
Umumiy holda grafikadagi tasvirlar ikki xil ko’rinishda: ikki o’lchovli yoki 
uch o’lchovli shaklda bo’ladi. Ikki o’lchovli grafikaning dasturiy ta`minoti (DT) X, 
Y koordinatalari tizimida yuza tasvirini hosil qilish imkoniyatini beradi. Bu 2D 
ko’rinishidagi tasvirdir. Uch o’lchovli grafikaning dasturiy ta`minoti tekis ekranda 
X, Y, Z (3D) koordinatalari tizimida tasvirlarni hosil qilish imkonini beradi. 4D 


50 
grafigi - vaqt tizimidagi uch o’lchovli tasvirdir. Shuningdek 2,5D turidagi tasvir ham 
mavjudir. Bu 2D ko’rinishli tasvir bulib 3D tasvirining ba`zi bir xususiyatlari bilan 
to’ldirilgan. (masalan, ustunli diagrammada xar bir ustun yo’g’onligi ham ko’rinib 
turadi). 
Rastrli grafikada tasvir elementi sifatida nuqta (piksel) olinsa, vektorli 
grafikada ham chiziq tushunchasi mavjud, ammol unda chiziq ketma-ket joylashgan 
nuqtalar yig’indisi hisoblanadi. Rastrli grafikada chiziq uzunligi qancha katta bo’lsa 
undagi nuqtalar soni hamda fayl hajmi kattalashadi. Vektorli grafikada esa chiziq 
kattaligi (uzunligi) fayl hajmiga ta`sir etmaydi, chunki vektorli grafikada chiziq har 
qanday ob`ekt kabi o’z xossasiga ega va bu xossalar kompyuter xotirasida saqlanadi. 
Chiziq xossalari: formasi (to’g’ri, egri); qalinligi; rangi; chizish shakli (uzlukli, 
uzluksiz). Agar chiziq yopiq bo’lsa uni to’ldirilishi, sohani boshka ob`ekt bilan 
qoplanishi (to’r, karta,…) hamda soha rangi kabi xossalari mavjud. Tugun deb 
ataluvchi ikki nuqta orasidagi chiziq kesma bo’ladi. Tugun ham o’z xossasiga ega. 
1.
Nuqta. Bu ob`ekt tekislikda koordinata boshiga nisbatan ikki son (x,y) bilan 
aniqlanadi. 
2.
To’g’ri chiziq. Uning tenglamasi y=kx+b . k va b parametrlariga qiymatlar 
berib, Dekart koordinatalar sistemasida ixtiyoriy sonli to’g’ri chiziqlarni 
hosil qilish mumkin. 
3.
Kesma. Y k va b parametrlarga qo’shimcha kesma boshi va oxiri nuqtalarini 
ifodalovchi parametrlarga ega. 
Demak, ular 9 ta xossaga ega ekan. Agar uning kesmasini hosil qilish kerak 
bo’lsa, yana ikkita parametr paydo buladi. Beze egriliklari. Uchinchi tartibli egri 
chiziqlarni berilgan xossalarga asosan chizish unchalik qiyin bo’lmagan zerikarli 
ish. Vektorli grafikada ular urniga Beze egriliklari degan shakllar ko’p ishlatiladi. 
Chunki Beze chiziqlari uch tartibli egri chiziqlarning eng sodda holidir. Beze 
egriliklarida 8 ta parametr qatnashadi. Beze egriliklari bir juft urinma deb ataluvchi 
chiziqlarga asoslangan. Bu chiziqlar o’ziga xos richag rolini o’ynaydi.
Rastr grafikasida 2 ta kamchilik mavjud: 
1) Ma`lumotlarning haddan tashkari ko’p joy egallashi; 


51 
2) Sifat buzilishiga olib kelinuvchi masshtablashtirish; 
Uning yaxshi tomoni- yukori darajali, badiiy tasvirni hosil qilish. 
Vektorli grafikada rastrli grafikadagi har ikkala kamchilik bartaraf etilgan 
bo’lib, tasvirning darajasi ancha pastdaligidadir. Yuqori darajali tasvirni vektorli 
grafikada hosil qilish ancha qiyinchiliklarga ega. Ancha murakkab bo’lgan shakllar 
ham (minglab ob`ektlar mavjud bo’lgan) tezkor xotirada bir necha o’n yoki yuz 
Kbaytni hosil qilish mumkin. Masshtablashtirishda chiziqlarning uzunligi o’zgargan 
bilan uning kalinligi o’zgarmay qoladi. Qalinligi chiziq xossasi sifatida mashina 
xotirasida joylashgan. Demak, kattalashtirganda xotira o’zgarishsiz koladi. Vektorli 
grafika kartografiya, SAPR, avtomatlashtirilgan arxitektura loyihalari va 
boshqalarda ko’prok ishlatiladi. 
Model lot. modulus – nusxa, namuna degan ma`nolarni anglatib, 
modellashtirish – namuna yoki nusxa yaratish degan ma`nolarni anglatadi. 
Modellashtirish shunday bir nusxa namunani yaratishni talab etadiki ushbu 
nusxa haqiqiy (real) ob`ekt haqida to’liq yoki etarli darajada axborot berishi, 
tasavvur berishi lozim. 
Modelga qo’yiladigan asosiy talablar 

Adekvatlik, ya`ni modelning real ob`ekt haqida axborot berishi, uning 
ahamiyatli xususiyatlarini o’zida namoyon etishi, akslantirishi; 

Aniqlik, ya`ni modellashtirish asosida olingan natijalarning real 
ob`ektga qanchalik darajada mos kelishi va etarli bo’lishi. Bunda real 
ob`ekt haqidagi dastlabki axborotlar model qurish uchun etarli bo’lishi 
kerak; 

Universallik, ya`ni modelning bir turdagi masalalarni echimini topishda 
qo’llanilishi, betakrorligi. Bu narsa modelni keng ko’lamdagi masalalar 
echimini topishda qo’llanilishini ifodalaydi; 

Maqbullik, maqsadga muvofiqlik – ya`ni model kamxarajat bo’lishi, 
ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarmasligi lozim. 
Modellashtirish bosqichlari 


52 
Birinchi bosqich original ob`ekt haqida ma`lum bir bilimlarga ega bo’lishni 
talab etadi. Ya`ni modellashtiriladigan ob`ekt haqida qanchalik ko’p ma`lumot 
mavjud bo’lsa modellashtirish jarayoni shunchalik oson kechadi. 
Ikkinchi bosqich modelning o’zi mustaqil tadqiqot ob`ekti sifatida qaraladi. 
Tadqiqotning bunday usulida model analiz qilinadi, eksperimentdan o’tkaziladi va 
kutilayotgan natijalar bilan solishtiriladi. 
Uchinchi bosqich modelda tadqiq qilingan bilimlar original ob`ektga 
ko’chiriladi. Ya`ni model berayotgan axborot original ob`ekt bilan solishtiriladi va 
haqqoniyligi tekshiriladi. 
D tushunchasi butun dunyoda va ilmiy adabiyotlarda keng ommalashgan 
bo’lib d harfi inglizcha dimension (o’lcham) so’zining bosh harfi bo’lib 2D – ikki 
o’lchamli ma`nosini anglatadi. 
Kundalik hayotimizda olib boradigan yozma axborotlarimizning aksariyati 
2D asosida olib boriladi. Ya`ni oddiy qog’oz varog’i ikki o’lchamli bo’lib shu 
qog’oz 2D modellashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Yozma axborotlarni o’zi 
2D bo’la olmaydi, lekin unda keltiriladigan grafik axborotlar (sxemalar, grafiklar, 
fotosuratlar, chizmalar) 2D asosida bajarilgan hisoblanadi. 
Har qanday muhandis-loyihachi 2D modellashtirish asoslarini mukammal 
bilishi zarur. 
Fazoviy ob`ektlarni geometrik elementlar va o’lchamlar asosida 
modellashtirish geometrik modellashtirish deyiladi. Bunda ob`ektlarning fizikaviy, 
kimyoviy, biologik xususiyatlari e`tiborga olinmaydi. 
Geometrik modellashtirish uchun elementar geometriya, chizma geometriya 
qoidalarini bilish talab etiladi. Geometrik modellashtirish elementlari nuqta, chiziq 
(to’g’ri chiziq), sirt (tekislik)dir. Shu o’rinda ushbu elementlarning uzviy 
bog’liqligini unutmaslik lozim. Ya`ni: 
Har qanday sirt chiziqlar to’plamidan iborat, chiziqlar esa nuqtalar 
to’plamidan tashkil topadi. Demak sirtni nuqtalar to’plamidan iborat deb qarash 
mumkin. 


53 
Chiziqni xususiy holi to’g’ri chiziqdir, kesma to’g’ri chiziqning bir bo’lagi. 
Har qanday to’g’ri chiziqdan kesma ajratib olish mumkin, har qanday kesma orqali 
cheksizlikka yo’naltirilgan bitta to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin. 
Har qanday sirtni yasovchilari va yo’naltiruvchilari mavjud. Tekislik 
yasovchisi va yo’naltiruvchisi to’g’ri chiziqlardan iborat sirtdir. Har qanday sirtga 
tegishli nuqta shu sirtga tegishli bo’lgan chiziqga tegishli bo’ladi. 
Geometrik modellashtirishda qabul qilingan standart qoidalari – O’zDST 
talablarini bilish modelni to’g’ri o’qishni va hammabopligini ta`minlaydi. Ya`ni: 
Modellashtirish uchun format tanlash O’zDST 2.301-96 (Formatlar)ga asoan; 
Modelni formatga joylashtirish O’zDST 2.302-97 (Masshtablar)ga asosan; 
Modelda chiziq turlari O’zDST 2.303-97 (Chizma chiziqlari) ga asosan; 
Modeldagi yozma axborotlar O’zDST 2.304-97 (Shriftlar), O’zDST 2.104-68 
(Asosiy yozuv) ga asosan; 
Model ko’rinishlari soni va ularni proektsion bog’lanishi O’zDST 2.305-97 
(Ko’rinishlar, qirqimlar, kesimlar) ga asosan; 
Modelning geometrik axborotlari O’zDST 2.307-96 (O’lcham qo’yish 
qoidalari) ga asosan bajarilishi zarur. 
Bugungi kunda geometrik modellashtirishga bo’lgan asosiy ehtiyoj shundan 
iboratki kompyuterda turli hodisa va jarayonlarni modellashtirish uchun fazoviy 
ob`ektlarning geometrik modellari zarur. O’ch o’lchamli geometrik modellarga 
to’rtinchi, beshinchi, oltinchi va h. parametrlarni bergan holda murakkab 
muhandislik masalalarning maqbul echimlarini topish mumkin. 
Bunday modellashtirish kompyuterda modellashtirish deyiladi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin