70
Ma’ruza-8.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining texnik sohalarda qo‘llanilishi.
Reja:
1. loyihalash tizimlarining texnik sohalarda qo‘llanilishi
2. MathCAD tizimi va uning imkoniyatlari
3. MathCAD tizimi interfeysi tavsifi
4. MatLab tizimi va unda ishlash asoslari
Keyingi yillarda kompyuter matematikasi tizimlarilari (Mathematica, Maple,
Matlab, Mathcad va h.k.) ko’pgina sohalarda qo’llanilmoqda. Hozirgi kunda turli
xarakterdagi boshqaruv tizimlarini modellarini qurish va ularni elektron hisoblash
mashinalarida tadqiq qilish "Muhandis-texnolog" yo’nalishidagi
fanlarning asosiy
masalalaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, kompyuter texnologiyasining rivojlanishi
bilan murakkab tizimlarni tadqiq qilishda mashinali modellash usuli eng samarali va
bu usulning yordamisiz texnika va texnologiyaning ba'zi muammolarini hal etish
qiyinlashib qoldi. Shu sababdan muhandis-texnologlarni
tayyorlashdagi dolzarb
masalalardan biri - matematik modellashtirish nazariyasining asoslarini va usullarini
o’zlashtirish hisoblanadi. Bu masala nafaqat o’rganilayotgan ob'ektlarning
modellarini qurish, ular dinamikasini tahlil qilish va model bilan mashinali
eksperimentni
boshqarish imkonini beradi, balki o’rganilayotgan tizimlarga
yaratilayotgan modellarning monandligini ma'lum miqdorda, qo’llanish chegarasida
fikr yuritish mumkinligi hamda zamonaviy hisoblash
texnika vositalarida
tizimlarning modellashni to’g’ri tashkil qilish imkonini beradi.
Shu kunlarda rivojlangan mamlakatlarda muhandislar,
texnologlar, aniq
fanlar mutaxassislari o’zlarining ilmiy tadqiqotlarida zamonaviy dasturiy tizimlar -
Mathematica,
Mathcad,
Maple,
Matlab
ning
imkoniyatlaridan
unumli
foydalanmoqdalar.
Jahonning yetakchi universitetlari o’zlarining o’quv
jarayonlariga bu tizimlarni keng ko’lamda joriy qilganlar.
Dostları ilə paylaş: