Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


 MathCAD tizimi va uning imkoniyatlari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/52
tarix19.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#157175
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

2. MathCAD tizimi va uning imkoniyatlari 


71 
Mathcad turli-tuman ilmiy va muxandislik hisoblashlarni bajaruvchi 
matematik redaktordir. Mathcad vositasida elementar arifmetik amallardan tortib 
murrakkab sonli metodlar realizastiyasini amalga oshirish mumkin. Sodda 
interfeysi, matematik hisoblashlarning ko`rgazmaliligi,keng standart funkstiyalar va 
sonli metodlar kutubxonasi mavjudligi, simvolli hisoblash xamda natijalarni turli 
shakllarda taqdim etish imkoniyatlari Mathcad dasturini eng ommaviy matematik 
dasturiy ta’minot darajasiga chiqishiga sabab bo`ldi. Mathcad tarkibiga bir-biri bilan 
integrallashgan bir necha kompanent kiradi. Bular: 

Matematik ifoda va matnlarni kiritish, taxrirlash va formatlash imkonini 
beruvchi matnli muxarrir;

Standart sonli metodlardan foydalanib, kiritilgan formulalar bo`yicha 
hisoblashlarni bajaruvchi prostessor;

Analitik hisoblarnibajarishga imkon beruvchi simvolli prostessor;

Interaktiv elektron kitob ko`rinishida matematik va muxandislik 
ma’lumotnomasi. 
MathCAD tizimi va unung vazifalari. 
Mathcad bu matematikaning turli 
sohalaridagi masalalarini yechishga mo’ljallangan ajoyib sistemadir. Dasturning 
nomlanishi ikkita so’zdan iborat bo’lib – 
MATH
ematika ( matematika) va 
CAD 
(avtomatik loyihalash sistemasi). Mathcad ni o’rganish juda oson bo’lib, uni 
ishlatish soddadir. Ushbu dasturni boshqarish Windows muhitida oldin ishlaganlar 
uchun intuitiv tushinarlidir. Mathcad ni juda ko’p sohalarda sodda hisoblashlarni 
hisoblashdan tortib to elektrik sxemalarni qurishgacha ishlatish mumkin. Mathcad 
formula, sonlar, matnlar va grafiklar bilan ishlaydigan universal sistemadir. Mathcad 
tili matematika tiliga juda ham yaqindir, shu sababli unda ishlash matematiklar 
uchun juda osondir.
Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish 
uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu 
tizimlar ichida MathCAD oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan 
matematik hisoblashlar tizimidir. Umuman olganda MathCAD – bu kompyuter 


72 
matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo`llashning noyob majmuasidir. U 
o`z ichiga ko’p yillar davomida matematikaning rivojlanishi natijasida yig`ilgan 
tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini jamlagan. MathCAD paketi 
muhandislik va matematik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo`lib, 
uning yordamida o`zgaruvchi va o`zgarmas parametrli algebraik va differentsial 
tenglamalarni yechish, funktsiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, 
topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. 
MathCAD murakkab masalalarni yechish uchun o`z dasturlash tiliga ega. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin