67
CAD
-
loyihalashni avtomatlashtirish vositasi bo’lib 2 o’lchamli va 3
o’lchamli geometrik loyihalash yoki texnologik hujjatlarni
tayyorlash dasturi
hisoblanadi. Bundan:
MCAD
- mexanik tizimlarni loyihalashtiradi. Bu mashinasozlikda,
kemachilikda, aviokosmik sanoatda, xalq iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishda
o’z tarkibiga detallar ishlovi va eg’uv konstruktiv elementlar asosida parametrik
loyihalash, yuza va hajmlarni modellashtirish. (KOMPAS,
CATIA turdagi
dasturlardan tashkil topgan).
EDA yoki ECAD
- SAPRning elektron qurilmasi, radioelektron vositalar;
AEC CAD
- SAPRning arxitektura va qurilish sohasi. Binolarni, yo’l,
ko’piriklarni loyihalashda foydalaniladi.
Maqsadlar bo’yicha
CADD
- loyihalashda chizmalarni bunyod qilish;
CAGD
- geometrik modellashtirish;
CAE -
muhandislik hisoblashlarni
avtomatlashtirish vositasi, fizik
jarayonlarni foydalanishni tahlil qilish,
dinamik modellashtirish, buyumlarni
optimallash va tekshirish.
CAA
- kompyuter tahlilida foydalaniladi.
CAM -
buyum ishlab chiqarishda texnologik tayyorgarlik vositasi,
avtomatlashtirishni dasturlash va CHPU yoki GAPS jihozlarni boshqarish. Rus
analogi bo’yicha ibora ACTPP - ishlab chiqarishni tizimli avtomatlashtirish.
CAPP -
CAD va CAM tizimlari kesimida qo’llaniladigan
texnologik
jarayonlarni rejalashtirishni avtomatlashtirish vositasidir.
4. AutoCAD loyihalash dasturi imkoniyatlari.
Hozirgi vaqtda uch o‘lchamli kompyuterli modellashtirish vositalari
foydalanuvchilarning e'tiborida bo‘layapti va bu tasodifiy emas albatta. Ulardan
foydalanish konstruktorlik-loyihalash ishlarining
sifatli bajarilishi hamda
foydalanuvchiga chizmalarni tez, sifatli, yuqori aniqlikda bajarish va qog‘ozga
chiqarish imkonini beradi.
68
Ushbu vazifalarni kompyuterli modellashtirishni loyihalashtirishning
universal grafik sistemasi muhitidan iborat bo‘lgan
AutoCAD dan foydalanish
uslubi taklif etilgan. Bu AutoCAD tizimi Autodesk kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqilgan bo‘lib, loyihalash jarayonida ko‘p sonli foydalanuvchilar qulay holda
ishlatishlari ko‘zda tutilgan. Hozirgi davrda AutoCAD ning dasturiy ta'minoti
kompaniyani eng yaxshi mahsuloti bo‘lib, shaxsiy kompyuterlarning eng keng
tarqalgan avtomatik loyihalash tizimi paketi hisoblanadi.
Hozirgi davrda har qanday dastur ta'minotining
eng muhim xarakteristkasi
buni boshqa dasturlar bilan birgalikda ishlata bilish xususiyatidir. Shu sababli
AutoCAD tizimi katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, o‘z mahsulotini 3D Studio
tizimiga eksport qilgan holda uch o‘lchovli modellarni
animatsiya qilish
imkoniyatini beradi. AutoCAD tizimida ishlab chiqilgan fayllar Microsoft Office
dasturining har qanday mahsulotlari bilan mos keladi.
AutoCAD dasturi avtonom rejimida yoki lokal tarmoqda ham ishlashi
mumkin. AutoCAD dasturining yaxshi ishlashi uchun
quyidagi manbaalar zarur
bo‘ladi
:
•
Pentium 133 protsessori
•
256 Mbaytli operativ xotira
•
Qattiq diskda 400-750 Mbaytli xotira
•
1024 ga 768 VGA – displeyi
Dostları ilə paylaş: