Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Loyiha klassifikatsiyalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/52
tarix19.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#157175
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Loyiha klassifikatsiyalari 
Loyihani asoslash, joriy etish jarayonini tahlil etish va yakuniy baholash 
uchun texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir nechta tavsiflarini keltirish 
mumkin: 
1)
ishning hajmi; 
2)
bajarish muddati; 
3)
tannarxi; 
4)
iqtisodiy samarasi; 
5)
loyihaning ijtimoiy qadri. 
Loyiha sinfi uning tuzilishi va tarkibi bilan aniqlanadi. Odatda ular: 

monoloyiha (alohida loyiha - u ixtiyoriy tipda, ko‘rinishda va 
masshtabda bo‘lishi mumkin); 

multiloyiha (majmuaviy loyiha - bir nechta monoloyihalardan tuzilgan 
va ko‘ployihali boshqaruvda joriy etiladi). 
Loyiha uning joriy etiladigan sohalariga ko‘ra quyidagi 5 ta turga bo‘linadi: 
1)
texnik; 
2)
tashkiliy; 
3)
iqtisodiy; 
4)
ijtimoiy; 
5)
aralash. 
Loyihaning masshtabi budjet hajmi va qatnashuvchilar soniga ko‘ra 
aniqlanadi. Mayda va yirik loyihalar, bitta korxona uchun yoki korporativ loyihalar 
bo‘ladi. 
Loyihalash - 
bu chuqur ilmiy bilimlarga va ijodiy izlanishlarga hamda 
ma’lum sohada to‘plangan tajriba va ko’nikmalardan foydalanishga asoslangan, 
lekin sermashaqqat oddiy ishlarni bajarish zarurati bo’lgan inson bunyodkorlik 
faoliyatining murakkab, o’ziga xos turidir.


65 
Loyihaviy yechimlarning hammasi yoki bir qismi inson va EHMlardan o’zaro 
ta’siri yo’li bilan olinadigan loyihalash 
avtomatlishtirilgan 
deb, EHMdan 
foydalanilmaydigan loyihalash esa, 
avtomatlashtirilmagan 
loyihalash deb ataladi. 
Loyihalashni avtomatlashtirish 
deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini 
bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va 
operatsiyalari loyihalovchining EHM bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin