DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference
81
o‘zini tashkil qilib turgan kishilar faoliyati, o‘zaro munosabati va umrguzaronligi
bilan tirikdir. Shu ma’noda inson — har qanday jamiyat bor bolishini ta’minlab
turadigan asosiy ijtimoiy elementdir. Bunday ta’minlab turish insonni individual
— shaxsiy ishtiroki orqali, ya’ni biror guruh, qatlam, sinf, qavm, elat, xalq yoki
millat doirasidagi faoliyati, oila va turmushdagi xatti-harakati, amalga oshirgan
ishlari, yaratgan boyliklari, o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan munosabati orqali
namoyon boladi. Hozirgi ilmiy adabiyotlarda insonning tabiiy-ijtimoiy borligi
mavjudligi tan olinadi. Bu borada biologik yondashuv insoniy munosabatlar
me’yorlarining evolyutsion-biologik asoslariga e’tibor qaratadi. Unga ko‘ra
odamzotining shaxsga aylanishi, o‘z qadrini va o‘zgalar qadrini anglash jarayoni
uzoq yillar davom etadi. Dastlab, norasida go‘dak uchun Ona ko‘kragi, suti, allasi
eng buyuk qadriyat bolsa, ona qolidan tushgan, Ona ko'kragidan ajralgan bola
uchun esa, asta-sekin atrof-muhit, o‘zi yashayotgan makon, o‘zga kishilar va o‘zi
ham qadriyatga aylanib boradi. Bu davrda u o‘z shaxsiy ehtiyoji va maqsadlarini
o‘ziga xos qadriyat ko‘zgusi orqali ko‘radi, o‘ziga kerakli va zarur narsalarni
muhayyo qilishlarini ko‘proq xohlaydigan, talab qiladigan bolib qoladi. Bolalar
hayotini ko‘pgina tadqiqotchilari kamolotning bu muhim davrida 3-6 yosh o‘z
qadrini oshirish va shaxsini ko'proq sevish bolalik egoizmi mavjud bolishini
ta’minladilar.
Albatta inson ilk bolalik davrida qolib ketmaydi, ota-ona, qarindosh-urug‘,
dastlabki o‘qituvchilar uni qadriyatlar mezonini anglashida muhim o‘rin tutadi,
shu tariqa inson kamolot sari boradi. Bu jarayonda yetuk shaxsga aylanish
imkoniyati bolgan odamzod naslining har bir vakili oilaviy, ma’naviy-axloqiy,
milliy, ijtimoiy qadriyatlar ta’sirida tarbiyalanadi, shu bilan birga, shaxsiy
jihatlari, qadrlanadigan sifatlari va xususiyatlari kamolotga yetib boradi. Bu
jarayonda shaxsning o‘zi ham ijtimoiy qadriyat sifatida shakllanib, o‘z qadrini
namoyon qilib boradi. Inson tabiati bilan bogliq bu jarayonni sotsial yondashuv
tarafdorlari ijtimoiy ahamiyatga molik sabablar bilan tushuntiradi va insonning
ijtimoiy funksional, «qandaydir genlar»ga e’tibor bermasdan foydalanish
mumkin bolgan davlat mashinasi unsuri sifatidagi obrazini yaratadi. «Inson
barcha ijtimoiy munosabatlar majmuyidir» degan shior aynan ijtimoiylik inson
hayoti substansiyasi, negizini tashkil etishini tushunish imkonini beradi. Hozir
G‘arb adabiyotlarida «mind — bodi» (aql — tana), «nature — nurture» (tabiat —
tarbiya) muammosi muhokama qilinmoqda. Ammo asosiy muammo ko‘rsatib
o‘tilgan mohiyatlarni mufassallashtirishda emas, balki insonning yagona
obrazini yaratishdadir. Bu esa ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy sohalardagi
bilim yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan kompleks yondashuvni taqozo