Media savodxonlik media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni
amalga oshirish sifatini baholash va o‘z-o‘zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy
jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga
urg‘u beradi. Media savodxonlik ham, axborot savodxonligi ham yoshlarda media
va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat’iy nazar o‘zaro
hamkorlik qilish ko‘nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan
bog‘liq. Ushbu bir-biriga bog‘liq bo‘lgan sohani turlicha tushuntirib beruvchi
ikkita ilmiy maktab mavjud.
Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta tadqiqotlar sohasi
sifatida ko‘rishadi. Ikkinchi maktab namoyondalari esa axborot savodxonligi
media savodxonlikning tarkibida bo‘lib, u ancha keng soha ekanligini ilgari
suradilar.
Ammo YuNESKOning xalqaro ekspertlar guruhi nafaqat media va boshqa
axborot xizmatlarining bir-biridan farqi, balki ularning o‘zaro aloqadorlik
nuqtalarini ham aniqlagan.
Dostları ilə paylaş: