Mavzu: Mediasavodxonlik va mediamadaniyatning xalq ta’limi tizimi pedagoglarining faoliyatidagi ahamiyati



Yüklə 57,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix19.10.2023
ölçüsü57,68 Kb.
#157328
1   2   3   4   5   6
2 5283120759777013924

Axborot borasida savodxon
insonlar odob axloq qoida va me’yorlariga tayangan 
holda axborotni qanday to‘plash, undan foydalanish, uni sintezlash va tashkil 
etishni yaxshi biladilar. Mazkur kompetensiyalar har qanday o‘quv jarayoni 
kontekstida, shu jumladan ta’lim va kasbiy muhitga yoki o‘z-o‘zini rivojlantirishga 
nisbatan tadbiq qilinishi mumkin. 
“Media” tushunchasi va media savodxonlik «Media» atamasi (lotincha — medium, 
ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko‘rinishdagi kommunikatsiya va axborot 
vositasini anglatadi. Media tushunchasiga axborotni yaratish,
nusxalashtirish, 
tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o‘rtasida axborot 
almashinuvining texnik vositalari kiradi. 
Bugungi kunda media atamasidan OAV yoki massedia tushunchalarining 
sinonimi sifatida foydalaniladi. Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning 
ta’siri yil sayin oshib borib, ular vositasida insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va 
ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy medialarning asosiy 
jihatlariga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va innovatsiyalarni 
kiritmoqda. Shu bilan birga boshqa manbalarda ham media atamasiga shu tarzdagi 


tavsiflar berilganini ko‘ramiz. «Media — ommaviy axborot vositalari, ham keng, 
ham maxsus auditoriyaga mo‘ljallangan ko‘ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, 
yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yo‘naltirilgan ko‘p sonli va 
serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir». 
Aksariyat hollarda mutaxassislar media atamasi o‘zagida aynan ushbu 
tavsifni ko‘radi. Shunga qaramasdan, mazkur atamaning tor mazmuni ham mavjud. 
Ayrim tadqiqotchilar mazkur atama mazmunida alohida axborot muhiti sifatida 
aynan OAVni, boshqalari esa — aniq axborot tashuvchini nazarda tutadi. 
Kommunikatsiya kanali sifatida medialar sirasiga mutaxassislar bosma nashrlar, 
elektron OAV, shu jumladan Internet, reklamaning tashqi vositalari va b. ni 
kiritadi” 
Medialar elektron bo‘lmagan bosma medialar hamda elektron medialarga
ajratiladi: 


Boshqa jihatdan olib qaraganimizda medialarni to‘rtta turga ajratish mumkin: 

Yüklə 57,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin