Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


Konstantalar va tizim o‘zgaruvchilari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#157357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Energetikaning matematik masalalari 2-qism

Konstantalar va tizim o‘zgaruvchilari 
Konstanta — 
yagona nomga ega bo‗lgan va oldindan aniqlangan sonli 
yoki simvolli qiymat. Sonlar (masalan 1, -2 va 1.23) nomsiz 
sonli 
konstantalar
bo‗lib hisoblanadi

MATLAB da boshqa turdagi konstantalar 
tizim o‘zgaruvchilari
ham 
mavjud. Ular tizim yuklanishi vaqtida beriladi va qayta aniqlanishi 
mumkin. MATLAB tizimida asosiy 
tizim o‘zgaruvchilari
quyidagilar: 

i va j — mavhum birlik ( -1 dan kvadrat ildiz);

pi -

soni
 - 
3.1415926...;

eps — suzuvchi nuqtali sonlar ustida amallarning xatoligi (2-
52
);

realmin — suzuvchi nuqtali eng kichik son (2-
1022
);

realmax — suzuvchi nuqtali eng katta son (2
1023
);

inf — mashina cheksizligining qiymati;

ans — eng so‗nggi amal natijasini saqlovchi va odatda uning 
tasvirini ekranga chiqaruvchi o‗zgaruvchi;

NaN — ma‘lumotlarning sonli harakterga ega emasligini ko‗rsatish. 
Tizim o‗zgaruvchilariga misollar: 
» 2*pi ans = 
6.2832
» eps
ans = 
2.2204e-016
» real min
ans= 
2.2251e-308
» realmax
ans= 
1.7977e+308
» 1/0 
Warning: Divide by zero,
ans= 
Inf 
» 0/0 
Warning: Divide by zero,



ans = 
NaN 
Yuqorida ta‘kidlanganidek, tizim o‗zgaruvchilarini qayta aniqlash 
(o‗zgartirish) mumkin. Masalan, eps tizim o‗zgaruvchisiga boshqa 
qiymatni berish mumkin, eps=0.0001.
Simvolli konstanta — 
apostroflar orasiga olingan simvollar, masalan: 
'Hello my friend!' 
'Salom' 
'2+3' 
Agar apostroflar orasiga matematik ifoda olingan bo‗lsa 
hisoblanmaydi, balki simvollar ketma- ketligi deb qaraladi. Lekin maxsus 
funksiyalar yordamida simvolli ifodalarni hisoblanadigan ifodalarga 
o‗zgartirish mumkin.
Matnli izohlar 
MATLAB murakkab hisoblar uchun ishlatilishi sababli ularning 
tavsiflari yaqqol va tushunarli bo‗lishi kerak. Buning uchun matn izohlari 
qo‗llaniladi. Matn izohlari % simvoli yordamida kiritiladi, masalan: 
% factorial function 
MATLAB ingliz tilidagi mahsulot. Shu sababli izohlar (ayniqsa, m-
fayllarda) rus harflari yordamida terilgan dasturlar ishlamasligi mumkin. 
Bundan tashqari, izohlarda ruscha «s» harfi terilgan bo‗lsa keyingi satrga 
o‗tib ketish muammosi yuzaga keladi. Bu holda ruscha «s» ning o‗rniga 
inglizcha «s» ni ishlatish maqsadga muvofiq.
 
Odatda m-fayllarning birinchi satrlari help «Fayl_nomi» buyrug‗idan 
keyin ekranga chiqariluvchi, ular to‗g‗risidagi qisqacha axborot bo‗ladi. 
Etarli darajada mukammal matnli izohlarning m-fayllarga kiritilishi 
keyinchalik ular bilan ishlashni osonlashtiradi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin