16
yordamida yechish eng yaxshi va mos vositalarni
tanlash imkoniyatini
beradi va olinadigan natijalarning ishonchliligini orttiradi.
MATLAB tizimi bilan keng tarqalgan matematik tizimlar ( Mathcad,
Maple V va Mathemati) integrallashuvi mumkin. Matematik tizimlarni
zamonaviy matnli protsessorlar bilan birlashtirishga intilish ham mavjud.
Masalan, MATLAB yangi versiyalarining vositasi — Notebook — Word
95/97/2000/XR matn protsessorlarida tayyorlanayotgan
hujjatning kerakli
joylariga MATLAB hujjatlari va sonli, jadval yoki grafik ko‗rinishdagi
hisoblash natijalarini qo‗yish imkoniyatini beradi. Natijada ―jonli‖ elektron
kitoblarni tayyorlash mumkin. Ularda namoyish
qilinayotgan misollarni
operativ tarzda o‗zgartirish mumkin. Masalan, boshlang‗ich shartlarni
o‗zgartirib, masalani yechish natijalarining o‗zgarishini kuzatish mumkin.
MATLAB 6 da grafiklarni Microsoft PowerPoint
slaydlariga eksport
qilishning takomillashgan vositalari ham ko‗zda tutilgan.
MATLABda tizimni kengaytirish masalalari maxsus kengaytirish
paketlari - Toolbox asboblar to‗plami yordamida hal qilinadi.
Ularning
ko‗plari boshqa dasturlar bilan integratsiyalashuv uchun maxsus
vositalarga ega. MATLAB tizimi bloklar ko‗rinishida
berilgan, dinamik
tizim va qurilmalarni modellash uchun yaratilgan Simulink dasturiy tizimi
bilan
ham
integratsiyalashgan.
Vizual-yo‗naltirilgan
dasturlash
prinsiplariga asoslangan Simulink murakkab qurilmalarni yuqori aniqlikda
modellash imkoniyatini beradi.
O‗z navbatida boshqa ko‗plab matematik tizimlar, masalan,
Mathcad
va Maple MATLAB bilan obyektli va dinamik bog‗lanishi mumkin.
Natijada ular MATLABdagi matritsalar bilan ishlashning effektiv
vositalaridan foydalanishlari mumkin. Kompyuter matematik tizimlarining
bunday integratsiyalashuv tendensiyasi shubhasiz keyinchalik ham davom
etadi.
Dostları ilə paylaş: