17
sonlar va massivlar ustida bajariladigan amallarning shakli va usullarida
bir xillikka erishilgan. Zarur hollarda vektor va matritsalar massivlarga
aylantiriladi va ularning qiymatlari har bir element uchun hisoblanadi.
Kuchli dasturlash vositalari
Ko‗plab matematik tizimlar foydalanuvchi dasturlash bilan amalda
shug‗ullanmasdan o‗z masalalarini yechishi uchun mo‗ljallab yaratilgan.
Lekin bunday yo‗nalish boshlanishidanoq o‗z kamchiliklariga ega
ekanligi, umuman olganda, xato ekanligi ravshan edi.
Haqiqatan ham,
ko‗plab
masalalar
algoritmlarni
yozishni
soddalashtiruvchi
va
algoritmlarni yaratishning yangi usullarini beruvchi rivojlangan dasturlash
vositalarini talab qiladi.
Bir tomondan, MATLAB ko‗plab amaliy masalalarni yechish
imkoniyatini beruvchi operatorlar va funksiyalarga ega. Ular yordamida
ko‗plab amaliy masalalarni yechish mumkin. Bunday masalalarni yechish
uchun avvallari murakkab dasturlarni tuzish zarur bo‗lar edi. Misol uchun,
matritsalar
bilan amallar, hosila va integralning qiymatlarini hisoblash va
boshqalar. MATLABda bunday masalalarni yechishga imkon beruvchi
tayyor funksiyalarning soni kengaytma paketlarni ham qo‗shib
hisoblaganda ko‗plab minglarni tashkil qiladi va uzluksiz ortib bormoqda.
Lekin, boshqa tomondan olganda, MATLAB tizimi kuchli matematik-
yo‗naltirilgan yuqori darajali dasturlash tili sifatida yaratilgan. Bunday
yo‗nalish tizimning afzalliklaridan biri bo‗lib
hisoblanadi va uni yangi,
yanada murakkab matematik masalalarni yechish uchun qo‗llash
mumkinligidan dalolat beradi.
MATLAB tizimi BASICga o‗xshash (Fortran va Paskalning ayrim
elementlari ham qo‗shilgan) kirish tiliga ega. Dastur ko‗plab
kompyuterdan foydalanuvchilar uchun tanish bo‗lgan an‘anaviy usulda
yoziladi. Bundan tashqari tizim dasturlarni har qanday matn tahrirlagichi
yordamida tahrirlash imkoniyatini beradi. MATLAB o‗zining sozlagichli
tahrirlagichiga ham ega.
MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash sohasida
har qanday mavjud yuqori darajadagi universal
dasturlash tillaridan
boyroqdir. U hozirgi vaqtda mavjud bo‗lgan deyarli hamma dasturlash
vositalarini amalga oshiradi, jumladan, obyektga mo‗ljallangan
va vizual
dasturlashni (Simulink vositalari yordamida) ham. Umuman olganda
MATLAB tizimidan foydalanish tajribali dasturlovchilar uchun o‗z fikrlari
va g‗oyalarini amalga oshirish uchun cheksiz imkoniyatlar beradi.