13
m-fayllarda lokal funksiyalarni qo‗llash;
o‗zgartirib ulovchi operator- switch...case...end;
wait for operatori;
bitlarni qayta ishlovchi funksiya.
Matematik hisoblashlar va ma‘lumotlarning tahlili:
oddiy differensial tenglamalar(ODT)ni yechishning beshta
yangi usuli (solver);
Bessel funksiyasini
tezkorlik bilan hisoblash;
siyraklashgan tarkibli matritsalar uchun xususiy qiymatlar va
singulyar sonlarni hisoblash;
ikki o‗lchamli kvadraturali formulalar;
ko‗p o‗lchamli interpolyatsiya;
triangulyatsiya va ma‘lumotlarni terminalga chiqarish;
ko‗p o‗lchamli massivlarni
tahlil qilish va qayta ishlash;
vaqt va sana funksiyalarini qayta ishlash.
Odatdagi grafikaning yangi imkoniyatlari:
tez va aniq uch o‗lchamli vizuallash uchun Z-buferlash;
RGBga 24-bitli yordam;
katta uch o‗lchamli modellar uchun vektorlashtirilgan
poligonlar;
to‗plam obyektlar uchun deskriptorli grafika;
8-razryadli tasvirlarni terminalga chiqarish,
saqlash va import
qilish;
grafik obyektlarning qo‗shimcha formatlari.
Prezentatsiya uchun grafika va ovoz:
ikkilangan x- va y-o‗qlar;
legenda — grafikning ichiga yoki yoniga joylashtiriladigan
bildirgich yozuvli chiziq bo‗laklari shaklidagi izohlar;
matnli obyektlarning shriftlarini boshqarish;
satr usti, satr osti va grek simvollari;
uch o‗lchamli
diagrammalar, yo‗nalish maydonlari, lentali va
sterjenli grafiklar;
16-bitli stereoovoz.
Interaktiv hujjatlar:
Netscape Navigator yoki
Microsoft Internet Explorer
yordamida ko‗rish imkoniyati;
HTML va PDF formatlarda to‗liq bildirgich hujjatlar;
maxsus ilova Notebook yordamida ―jonli‖ kitoblarni yaratish
14
imkoniyati.
MATLAB 5.3.1 versiyasi ( 11.1-ishlanma) o‗z tarkibida 42ta dasturiy
mahsulotni jamlagan. Ularning asosini MATLABning tayanch tizimi va
yangi amalga oshirilgan Simulink 3.1 kengaytmaning paketi tashkil qiladi.
Tizimga yangi komponentlar qo‗shilgan. Ular orasida quyidagilar ham
bor:
Data
Analysis, Visualization and Application Development —
ma‘lumotlarni tahlil qilish, vizuallash va qo‗llash;
Control Design —boshqarish qurilmalarini
loyihalash;
DSP and Communications System Design — kommunikatsion
va signallarni raqamli qayta ishlash qurilmalarini loyihalash;
Financial Engineering — moliyaviy hisoblar va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: