Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#157357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Energetikaning matematik masalalari 2-qism

 
Operatorlar va funksiyalar 
 
Operator — 
bu ma‘lumotlar (operandlar) ustida bajariladigan ma‘lum
amallarni ifodalovchi maxsus belgilash

Masalan, eng sodda arifmetik 
operatorlarga qo‗shish +, ayirish -, ko‗paytirish * va bo‗lish / belgilari 
kiradi. Operatorlar operandlar bilan birgalikda ishlatiladi. Masalan, 2+3 
ifodada + belgisi operator, 2 va 3 sonlari esa — operandlardir. 
Shuni ta‘kidlash o‗rinliki, ko‗plab operatorlar matritsaviy amallarga 
taalluqli bo‗lganligi sababli jiddiy tushunmovchiliklar yuzaga kelishi 
mumkin. Masalan, ko‗paytirish operatori * va bo‗lish operatori / ikkita 
ko‗p o‗lchamli massivlar, vektorlar yoki matritsalarning ko‗paytmasi va 
bo‗linmasini hisoblaydi. Qator maxsus operatorlar ham mavjud, masalan, \ 
operatori 
o‘ngdan chapga
bo‗lishni, .* va ./ operatorlar esa massivlarni 
elementlararo
ko‗paytirish va 
elementlararo 
bo‗lishni ifodalaydi
.
Yuqorida aytilganlarni vektorlar bilan amallar misolida ko‗raylik: 
» Vl=[2 4 6 8]
V1= 
2 4 6 8
» V2=[l 2 3 4]



V2 = 
1 2 3 4
» V1/V2
ans = 

» V1.*V2
ans= 
2 8 18 32
Operatorlarning to‗liq ro‗yxatini buyruqlar satrida help ops 
buyrug‗idan foydalanib olish mumkin. Bunday ro‗yxatning arifmetik 
operatorlarni o‗z ichiga oluvchi bir qismi quyida keltirilgan: 
» help ops 
Operators and special characters. 
Arithmetic operators. 
1.1-jadval 
Plus 
- Plus 

Up! us 
- Unary plus 

Minus 
- Minus 
— 
Umlnus 
- Unary minus 

Mtimes 
- Matrix multiply 

times 
- Array multiply 

mpower 
- Matrix power 

poWer 
- Array power 
.^ 
mldlvlde 
- Backslash or left matrix divide 

mrdlvlde 
- Slash or right matrix divide 

Idi-vide 
- Left array divide 
.\ 
rdlvlde 
- Right array divide 
./ 
kron 
- Kronecker tensor product 
kron 

Funksiyalar —
bu o‗z argumentlarini ma‘lum tarzda o‗zgartirishni 
amalga oshiruvchi va bu o‗zgartirishlar natijasini qaytaruvchi yagona 
nomga ega bo‗lgan obyektlardir. 
Natijani qaytarish – 
funksiyaning o‗ziga 
xos xususiyatidir. Bunda bitta chiqish parametriga ega bo‗lgan hisoblash 
natijasi funksiya chaqirilgan joyga qo‗yiladi. 
Funksiya umumiy holda qavs ichiga olingan argumentlar ro‗yxatiga 
(parametrlarga ) ega bo‗ladi. Masalan, Bessel funksiyasi bessel(NU.X) 
ko‗rinishda yoziladi. Bu holda parametrlar ro‗yxati ikkita argumentga ega 


10 
— skalyar ko‗rinishdagi NU va vektor ko‗rinishdagi X. Ko‗plab 
funksiyalarni parametrlar ro‗yxati bilan farq qiluvchi har xil shakllarda 
yozish mumkin. Agar funksiya bir necha qiymatni qaytaradigan bo‗lsa 
quyidagicha yoziladi: [Yl. Y2....]=func(Xl. X2...), bu yerda Yl. Y2,...—
chiqish
parametrlarining ro‗yxati va XI, X2....—
kirish 
argumentlari 
(parametrlari)ning ro‗yxati. 
Elementar funksiyalarning ro‗yxati bilan help elfun buyrug‗ini 
bajarib, maxsus funksiyalarning ro‗yxati bilan esa help specfun buyrug‗ini 
bajarib tanishish mumkin. Funksiyalar 
biriktirilgan
(ichki) va 
tashqi yoki 
m
-funksiyalar 
ko‗rinishida bo‗lishi mumkin

Biriktirilgan funksiyalarga 
keng tarqalgan elementar funksiyalar, masalan, sin(x) va exr(u) misol 
bo‗lishi mumkin, funksiya sinh(x) funksiya esa tashqi funksiyadir. Tashqi 
funksiyalar m-fayllarda o‗zining aniqlanishi (tavsifi)ga ega. Biriktirilgan 
funksiyalar MATLAB kompilyatsiya qilingan yadrosida joylashganligi 
sababli juda tez bajariladi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin