31
komandalar satridan yoki boshqa m-fayldan chaqirish mumkin. Ikki
turdagi m-fayllar mavjud: fayl-ssenariyalar va fayl-funksiyalar. Ular,
yaratilish jarayonida MATLAB tizimiga
biriktirilgan m-fayllarning
tahrirlagich/sozlagichi
yordamida sintaksis bo‗yicha nazoratdan o‗tgan
bo‗lishi kerak.
Script-fayl deb ataluvchi
fayl-ssenariyalar
kirish
va chiqish
parametrlari bo‗lmagan qator komandalarning to‗plamidir. Ular quyidagi
tarkibga ega bo‗ladilar:
«Asosiy izoh
%Qo‗shimcha izoh
turli ifodalarni o‗z ichiga oluvchi faylning qobig‗i
Fayl-ssenariya quyidagi xossalarga ega bo‗ladi:
kirish va chiqish argumentlari bo‗lmaydi;
ishchi sohadagi ma‘lumotlar bilan ishlaydi;
bajarilish vaqtida kompilyatsiya bo‗lmaydi;
fayl ko‗rinishiga
keltirilgan, sessiyadagiga o‗xshash amallar
ketma-ketligidan iborat bo‗ladi.
Matnli izohning birinchi satri asosiy
izoh va keyingi satrlari
qo‗shimcha izoh bo‗lib hisoblanadi. Asosiy izoh lookfor va help
katalog_nomi
komandalari, to‗liq izohlar esa help
fayl_nomi
komandasi
bajarilganda ekranga chiqadi. Quyidagi fayl-ssenariyani ko‗raylik:
%Plot
with color red
% Sinusoidaning grafigini [xmin,xmax] intervalda
%
qizil rangli liniya bilan quradi
x=xmin:0.1:xmax;
plot(x,sin(x),'r')
grid on
Dasturni pcr nomi bilan diskda saqlaymiz
va komandalar oynasida
quyidagilarni kiritamiz:
>> xmin=-5;
>> xmax=15;
>> pcr
>>
Fayl-ssenariya ishga tushadi va ekranda 5.1-rasmda keltirilgan tasvir
hosil bo‗ladi.
32
5.1-rasm. Fayl-ssenariya
bilan ishlash namunasi
Izohlarda % belgisi satrning birinchi pozitsiyasiga yozilishi kerak. Aks
holda
Dostları ilə paylaş: