Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#157357
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Energetikaning matematik masalalari 2-qism

 
5-MA’RUZA
Energetika masalalarini dasturlashtirish usullari va vositalari 
 
Reja: 
 
1.
Energetika masalalarini dasturlashtirish usullari 
2.
Dasturlashning asosiy vositalari 
3.
Ma‘lumotlarning asosiy turlari 
4.
m-fayl-funksiyaning tarkibi 
5.
Nazorat savollari 
Energetika masalalarini dasturlash usullari 
Dasturiy ta‘minot bozorida MATLAB tizimi ilmiy-texnikaviy hisoblar 
uchun mo‗ljallangan yuqori darajadagi dasturlash tili bo‗lib hisoblanadi. 
Shunday qilib, dasturlash imkoniyatining mavjudligi ushbu tilning muhim 
afzalliklaridan biridir. Haqiqatan ham, murakkab masalalarni dasturlash va 
tizimning cheksiz kengayish imkoniyatlarining mavjudligi MATLAB 
tizimining universitetlar va ilmiy muassasalarda keng qo‗lanilishiga sabab 
bo‗ldi. 
MATLAB tizimida dasturlashning quyidagi turlari mavjud:

protseduraviy;

operatorli;

funksional;

mantiqiy;

tarkibiy (modulli);

obyektga-yo‗naltirilgan;

vizual-yo‗naltirilgan.


29 
MATLAB tarkibiy dasturlash mahsuldorligining yorqin namunasi 
bo‗lib hisoblanadi. Uning ko‗plab funksiya va komandalari tugallangan 
modullar bo‗lib, ular orasida axborot almashish kirish parametrlari (ayrim 
hollarda global o‗zgaruvchilar) orqali amalga oshiriladi. Dasturiy modullar 
matnli m-fayllar ko‗rinishida rasmiylashtiriladi va diskda saqlanadi. Ular 
zarur bo‗lganda dasturlarga jalb qilinadi (qo‗shiladi).
Obyektga-yo‘naltirilgan
 
dasturlash ham MATLAB tizimida keng 
qo‗llaniladi va u grafika masalalarini dasturlashda aktual bo‗lib 
hisoblanadi.
Vizual-yo‘naltirilgan 
dasturlash
esa bloklar ko‗rinishida berilgan 
qurilma va tizimlarni modellashga mo‗ljallangan 
 
Simulink paketida o‗z 
aksini topgan.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin