33
5.2-rasm. Funksiyani hosil qilish
Dasturda x va y o‗zgaruvchilar fun(x,
u)
funksiyaning
parametrlari
bo‗lganliklari sababli ular lokal o‗zgaruvchilardir. Funksiya qobig‗idan
tashqarida ularga nol qiymatlar berilgan. Agar funksiya qobig‗ida fun(2, 3)
ning qiymati hisoblanadigan bo‗lsa ularga x=2 va u=3 qiymatlar beriladi.
Shuning uchun natija z=13 bo‗ladi. Lekin funksiyaning qobig‗idan
chiqqandan keyin x i u o‗zgaruvchilar o‗zlarining dastlabki nolga teng
bo‗lgan qiymatlarini oladilar. Shunday qilib ushbu o‗zgaruvchilar o‗z
qiymatlarini funksiya parametrlarining qiymatlariga faqat lokal tarzda–
funksiya qobig‗ining ichidagina o‗zgartiradi.
Har qanday funksiya qobig‗ida aniqlangan o‗zgaruvchi
singari z
o‗zgaruvchi ham lokal o‗zgaruvchidir. Dastlab uning qiymati
aniqlanmagan bo‗ladi. Funksiyaning ichida u z=13 qiymatni qabul qiladi.
Funksiyadan qaytgandan keyin funksiyada qo‗llanilganligiga
qaramasdan
u noaniq bo‗lib qoladi. Agar z ni chiqarishga harakat qilinsa komandalar
oynasida xatolik to‗g‗risida axborot hosil bo‗ladi.
Bunga ishonch hosil
qilish uchun quyidagi misolni ko‗raylik:
Tahrirlash oynasida funksiya kiritamiz
function z=fun(y,x)
z=x^2+y^2
va uni saqlaymiz. Komandalar oynasidan uni
ishga tushuramiz
>> fun(2,3)
z =
34
13
ans =
13
>> z
??? Undefined function or variable 'z'.
>>
Funksiyadagi hamma amallar bajarilgandan keyin, ya‘ni
funksiya
faylining oxiriga yetilgandan keyin funksiyadan qaytiladi. Funksiyada
shartli operatorlar, sikllar yoki ulab – uzgichlar ishlatilganda funksiyaning
ma‘lum joyidan qaytish zaruriyati hosil bo‗lishi mumkin.
Buning uchun
return komandasi xizmat qiladi. Har qanday holda ham funksiya chiqish
parametrining qiymatini qaytaradi. Yuqoridagi misolda z o‗zgaruvchisi
chiqish parametri bo‗lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: