Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#157357
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
Energetikaning matematik masalalari 2-qism

Ma’lumotlarning asosiy turlari 
Array
va 
numeric
turdagi ma‘lumotlar 
virtual
 
(go‗yoki, bo‗lib 
ko‗rinadigan, zohiriy) bo‗lib hisoblanadi, chunki ularga biror bir 
o‗zgaruvchi mansub emas. Ular ma‘lumotlarning ayrim turlarini aniqlash 
va jamlash uchun xizmat qiladi. Shunday qilib, MATLAB tizimida 
umumiy holda ko‗p o‗lchamli massiv bo‗lgan ma‘lumotlarning quyidagi 
turlari aniqlangan:

single — oddiy aniqlikdagi sonli massivlar;

double — ikkilangan aniqlikdagi sonli massivlar;

char — simvol elementlarga ega bo‗lgan satrli massivlar;

sparse — sonli elementlari ikkilangan aniqlikka ega bo‗lgan 
siyraklashgan matritsalar;

sell — yacheykalarning massivlari; o‗z navbatida yacheykalar 
ham massiv bo‗lishi mumkin;

struct — maydonli tarkiblar massivlari, ular ham o‗z ichiga 
massivlarni olishlari mumkin;

function_handle — funksiyalarning deskriptorlari :

int32, uint32 — 32-razryadli sonlarning massivlari;

intl6,uint16 — 16-razryadli butun sonlarning massivlari;

int8. uint8 — 8-razryadli butun sonlarning massivlari (sonlarning 
qiymatlari 0 dan 255 gacha bo‗lishi mumkin).
Bundan tashqari yana bir foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan 
ma‘lumot turi (obyekt) — UserObject ko‗zda tutilgan. MATLABda 
ma‘lumotlarning hamma turlari massivlar bo‗lib hisoblanadi. 
Dasturlash turlari 
Dasturiy ta‘minot bozorida MATLAB tizimi ilmiy-texnikaviy hisoblar 
uchun mo‗ljallangan yuqori darajadagi dasturlash tili bo‗lib hisoblanadi. 
Shunday qilib, dasturlash imkoniyatining mavjudligi ushbu tilning muhim 
afzalliklaridan biridir. Haqiqatan ham, murakkab masalalarni dasturlash va 
tizimning cheksiz kengayish imkoniyatlarining mavjudligi MATLAB 


38 
tizimining universitetlar va ilmiy muassasalarda keng qo‗llanilishiga sabab 
bo‗ldi. 
MATLAB tizimida dasturlashning quyidagi turlari mavjud:

protseduraviy;

operatorli;

funksional;

mantiqiy;

tarkibiy (modulli);

obyektga-yo‗naltirilgan;

vizual-yo‗naltirilgan.
MATLAB tarkibiy dasturlash mahsuldorligining yorqin namunasi 
bo‗lib hisoblanadi. Uning ko‗plab funksiya va komandalari tugallangan 
modullar bo‗lib, ular orasida axborot almashish kirish parametrlari (ayrim 
hollarda global o‗zgaruvchilar) orqali amalga oshiriladi. Dasturiy 
modullar matnli m-fayllar ko‗rinishida rasmiylashtiriladi va diskda 
saqlanadi. Ular zarur bo‗lganda dasturlarga jalb qilinadi (qo‗shiladi).

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin