36
6-MA’RUZA
Algoritmlash, modellashtirish va dasturlashtirish
Reja:
1.
Algoritmlash, modellashtirish va dasturlashtirish
2.
Dasturlashning asosiy vositalari va usullari
3.
MATLAB tizimida
operatorlar, komandalar va funksiyalarning
ikki tomonlamaligi
4.
Ssenariya va
funksiyalarning m-fayllari
5.
Nazorat savollari
Algoritmlash, modellashtirish va dasturlashtirish. Dasturlashning asosiy
vositalari
MATLAB tizimida dasturlar matn formatidagi m-fayllardir. MATLAB
tizimida dasturlash tili quyidagi vositalarga ega:
har xil turdagi ma‘lumotlar;
konstantalar va o‗zgaruvchilar;
operatorlar (matematik ifodalarning operatorlarini ham o‗z
ichiga oladi);
biriktirilgan komandalar va funksiyalar;
foydalanuvchining funksiyalari;
boshqaruvchi
strukturalar;
sistema operatorlari va funksiyalari;
dasturlash tilini kengaytirish vositalari.
MATLAB tizimida dastur kodlari yuqori darajali tilda yoziladi va
ushbu
til tipik
interpretator
bo‗lib hisoblanadi, ya‘ni dasturning har bir
instruksiyasi darhol taniladi va bajariladi.
Hamma instruksiyalarni, ya‘ni
to‗liq dasturni kompilyatsiya qilish etapi mavjud emas. MATLAB
bajariluvchi dasturlarni yaratmaydi. Dasturlar faqat m-fayllar ko‗rinishida
mavjud bo‗ladi. Dasturlarning ishlashi uchun MATLAB muhiti zurur.
Lekin MATLABda yozilgan dasturlarni C va C++ dasturlash tillariga
translyasiya qiluvchi kompilyatorlar yaratilgan.
Ular MATLAB muhitida
tayyorlangan dasturlarni bajariluvchi dasturlarga aylantirish masalasini hal
qilish imkoniyatini beradi. MATLAB tizimi uchun kompilyatorlar
mustaqil dasturiy vositalardir.
37
Shuni esda tutish kerakki, MATLABning hamma instruksiyalari ham
kompilyatsiya bo‗lavermaydi, ya‘ni kompilyatsiyadan oldin bunday
dasturni qayta ishlash talab qilinadi. Kompilyatsiya qilingan dasturlarning
bajarilish tezligi 10-15 martagacha ortishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: