30
dasturni qayta ishlash talab qilinadi. Kompilyatsiya qilingan dasturlarning
bajarilish tezligi 10-15 martagacha ortishi mumkin.
Ma’lumotlarning asosiy turlari
Array
va
numeric
turdagi ma‘lumotlar
virtual
(go‗yoki, bo‗lib
ko‗rinadigan, zohiriy) bo‗lib hisoblanadi,
chunki ularga biror bir
o‗zgaruvchi mansub emas. Ular ma‘lumotlarning ayrim turlarini aniqlash
va jamlash uchun xizmat qiladi. Shunday qilib, MATLAB tizimida
umumiy holda ko‗p o‗lchamli massiv bo‗lgan ma‘lumotlarning
quyidagi
turlari aniqlangan:
single — oddiy aniqlikdagi sonli massivlar;
double — ikkilangan aniqlikdagi sonli massivlar;
char — simvol elementlarga ega bo‗lgan satrli massivlar;
sparse — sonli elementlari ikkilangan aniqlikka ega bo‗lgan
siyraklashgan matritsalar;
sell — yacheykalarning massivlari; o‗z
navbatida yacheykalar
ham massiv bo‗lishi mumkin;
struct — maydonli tarkiblar massivlari, ular ham o‗z ichiga
massivlarni olishlari mumkin;
function_handle — funksiyalarning deskriptorlari:
int32, uint32 — 32-razryadli
sonlarning massivlari;
intl6,uint16 — 16-razryadli butun sonlarning massivlari;
int8. uint8 — 8-razryadli butun sonlarning massivlari (sonlarning
qiymatlari 0 dan 255 gacha bo‗lishi mumkin).
Bundan tashqari yana bir foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan
ma‘lumot turi (obyekt) — UserObject ko‗zda tutilgan. MATLABda
ma‘lumotlarning hamma turlari massivlar bo‗lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: