O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)


 
Nazorat savollari: 
1.
Faoliyat to‘grisida umumiy ma`lumot bering? 
2.
Faoliyatning tuzilishi tavsifini aytib bering? 
3.
Faoliyatning o‘ziga xos jihatlarini izohlang? 
4.
Faoliyatning psixologik tavsifi haqida aytib bering?
5.
Faoliyatni interiorizatsiyalash va eksteriorizatsiyalash tushunchalarini 
izohlang? 


103 
5-MAVZU. SHAXS 
 
Tayanch tushunchalar: 
odam, inson, individuallik, shaxs, individ, 
biogenetika, sotsiogenetika, dispozitsiya, ehtiyojlar dinamikasi, motivlar 
ierarxiyasi, shaxsiy moyillik

gumanistik, endopsixika, ekzopsixika.
 
 
5.1. Shaxs haqida tushuncha, odam-inson-individuallik tushunchalari, 
shaxs ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida: ijtimoiy normalar, sanksiyalar 
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ shaxs, individuallik 
(yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog‘lom (es-
hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, oddiy malakalarni 
o‘zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan 
birinchisinigina shaxs deb atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o‘sha zotgina 
ijtimoiy mavjudot, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol 
qatnashchisi bo‘la oladi. Individ sifatida yorug‘ dunyoga kelgan odam ijtimoiy 
muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-
tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog‘idanoq individ muayyan ijtimoiy 
munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi 
tarixiy shakllangan bo‘lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy 
munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila 
a’zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida 
(kishilarning og‘ushida, ularning qalb to‘risida) odamning bundan keyingi 
rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining 
xususiyatlariga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan har xil xususiyatli munosabatlar 
majmuasini vujudga keltiradi. 
Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy 
muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o‘ta bahsli 
fikrdir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani 
o‘zlashtirish jarayoni odamning o‘zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning 
bilan qanday maqsad ko‘zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy 
dunyosi orqali namoyon bo‘ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, 


104 
muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko‘nikmalarida ko‘zga tashlanadi. 
Boshqacha so‘z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni 
egallashga intilgan sa’y-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o‘z 
istiqboli uchun yo‘l-yo‘riq tanlashda, uni o‘zlashtirishda, hayotda o‘z mavqei va 
o‘rnini topishda gavdalanadi. 
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda 
har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda biron bir 
tanbeh berishning o‘zi kimdadir ruhiy hisni uyg‘otsa, boshqa birining sirtiga ham 
yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi 
qo‘zgatuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari 
(tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig‘indisi bilan boyitilishi 
evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo‘ladi. 
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, 
ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik 
xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, 
temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar 
yig‘indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dumyoqarashi, iqtidori, har 
xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik 
xususiyatlarning birikmasini aynan o‘xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud 
emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg‘u-alam, uning bilan birga esa 
hayotda tiklab bo‘lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab 
voqelikning mangulikka yo‘nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o‘zining qadr-
qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va 
tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, 
betakror oliy zotdir. 
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko‘pincha, ularda 
har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o‘zaro hech bir o‘xshamagan rollarni 
ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo‘ravon» bola o‘z 
tengqurlari davrasida ehtiyotkorona harakat qilib, o‘zini tamoman boshqacha 
tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga 


105 
qo‘shilmaydigan sayohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, 
ulfatchilikda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan 
masalalardan bitta odamning o‘zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga 
qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, 
sharoitlarga mos, ularga mutanosib bo‘lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, 
uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqasida va shu 
singarilarida o‘z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki 
o‘zaro hamohang tarzda o‘ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, 
sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko‘rsatuvchi alomatlardan biri 
bo‘lib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgurmagan 
xususiyatlarning ko‘rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning 
o‘zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi. 
Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o‘z zimmasiga olgan 
vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo‘lmasin, turmushdagi mavqei ko‘p 
ma’no, ko‘p qirrali xususiyatga ega bo‘lishidan qat’i nazar, inson shaxsiga to‘la 
mos keladigan haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan 
tavsif faqat uning o‘ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqeining 
individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, balki uning 
ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o‘zlashtirishga nisbatan munosabatini 
o‘rganish orqali beriladi. O‘zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif 
uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va 
bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi. 
Jahon 
psixologiya 
fanining 
ilg‘or 
taraqqiyparvar, 
gumanistik 
tadqiqotchilarining tajribasida ko‘rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, 
psixologik xususiyatlari, xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy 
sifatlari, aqliy qobiliyatlari, iste’dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron 
motivlari, hissiyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alohida 
odamda betakror, barqaror, turg‘un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o‘z navbatida 
shaxsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat’iyligi, stereotipligi to‘g‘risidagi 
fikrni qat’iy tasdiqlashga imkon yaratadi. 


106 
Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) 
uzluksiz ravishda o‘zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, hayotiy vaziyatlarda odam 
o‘z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o‘zgarishi, yoshni ulg‘ayib 
borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta’sir asosida) muayyan 
darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qatnashadigan 
uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg‘unlikda 
shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig‘indisining doimiyligi bilan uzviy 
bog‘liqdir. Biroq biz qayd qilib o‘tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki 
shaxsni psixik tuzilishining o‘zgarishi jahon psixologlarining bir qator 
tadqiqotlarida o‘rganilgan. Bu o‘zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga 
oshiradigan faoliyatida namoyon bo‘luvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta’sir, tarbiya 
sharoitiga bevosita aloqadordir. 
Demak, shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o‘zgaruvchan xususiyatlari 
inson xislatlarining yaxlitligi va o‘zaro bog‘liq. Hayotda biron bir tanbeh 
berishning o‘zi kimdadir ruhiy hisni uyg‘otsa, boshqa birining sirtiga ham 
yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi 
qo‘zg‘atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari 
(tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig‘indisi bilan boyitilishi 
evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo‘ladi. Odatda, shaxsni psixologik jihatdan 
o‘rganish o‘z tarkibiga ikki asosiy ilmiy muammoni qamrab oladi. 
«Endopsixika» va «Ekzopsixika» haqida tushuncha.
 
Yuqorida ta’kidlab 
o‘tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib 
turadigan individual tuzilishiga ega ekanligidir. Ushbu yaqqol psixologik 
muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida 
ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur 
masalaning qo‘yilishi dastavval ta’lim va tarbiya ehtiyojlaridan, tashkilotchilikka 
oid faoliyat sohalari va boshqa ehtiyojlar zamiridan kelib chiqadi. Lekin bu 
masalani ilmiy asosda hal qilish boshqa muammoni, ya’ni shaxsni toifalarga 
ajratish (tipologiya), uning eng muhim, mukammal tuzilishini aniqlash bilan 
bog’liqdir. Darhaqiqat, shaxs tipologiyasi, shaxsni tipologik tahlil qilishning eng 


107 
nozik, ibratli jihatlarini cheklab o‘tish, u haqida yetarli darajada to‘la tasavvurga 
ega bo‘lishni xohlasak, uning eng umumiy tasvirini umumlashgan tarzda ta’kidlab 
o‘tish lozim. 
Shaxs tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning 
bir qancha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi, binobarin, ushbu 
bo‘laklarning yig‘indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon 
psixologiyasi fanida psixologlar shaxsni psixologik tuzilishining tarkibiy 
qismlarini turli mohiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni (klassifikatsiyalashni) 
tavsiya etmoqdalar. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin