Plastmassalar



Yüklə 231,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.10.2023
ölçüsü231,23 Kb.
#157691
1   2   3   4   5
Plastik massalar kimyosi

 
Polimerlar kimyosi
«Polimerlar kimyosi» kafedrasi 1979 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyo 
fanlari doktori, professor U.N. Musaev tomonidan tashkil qilingan. U.N. Musaev kafeddraga 
2007 yilgacha rahbarlik qilgan. Xozirgi vaqtda kafedraga kimyo fanlari doktori M.G. 
Muxamediev rahbarlik qilmoqda. 
Xozirda kafedrada 3 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodi, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilar, katta 
ilmiy xodim-izlanuvchi va ilmiy xodimlar foliyat ko‘rsatmoqdalar. Kafedrada “Funksional 
polimerlar kimyosi” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Labaratoriyadagi 
ilmiy ishlar O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Maxkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar 
rivojlanishini koordinatsiyalovchi qo‘mita tomonidan mablag‘ bilan ta’minlangan mavzular 
bo‘yicha olib boriladi. Bu ishlar yuqori molekulali birikmalar kimyosining dolzarb 
yo‘nalishlaridan bo‘lib, funksional polimerlar kimyosi bo‘yicha fundamental va ilmiy-
texnikaviy muammolarni qamrab olgan. Alohida kompleks xossalarga ega bo‘lgan polimerlar 
yaratilgan bo‘lib, ular tibbiyotda, biologiyada, veterinariyada hamda xalq ho‘jaligining turli 
sohalarida qo‘llanishga qaratilgan. Dunyo amaliyotida ilk bor alkoloidlar va boshqa fizologik 
faol moddalardan suvda eruvchan va gidrofil stimulsezgir xususiyatli polimerlar yaratilgan. 
Olib borilgan ilmiy ishlarning rivojlanishi natijasida polimerlar kimyosining yangi sohasi 
bo‘lgan – tibbiy-biologik polimerlar kimyosining yaratilishiga sezilarli xissa qo‘shildi. Bu 
ishlar O‘zbekistonda tibbiy-biologik hamda funksional polimerlar ilmiy maktabi yaratilishiga 
asos bo‘ldi. 
Kafedra O‘zbekiston Respublikasining ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun keng 
profildagi “Kimyo” ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Bakalavriat yo‘nalishi bazasida 
kafedrada “YUqori molekulyar birikmalar” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik yo‘nalishi 
ochilgan. 
Kafedra 6 fan doktori, 40 dan ortiq fan nomzodi va ko‘plab yuqori malakali yosh mutaxassislar 
etishib chiqardi. Kafedra xodimlari tomonidan 10 dan ortiq o‘quv-metodik qo‘llanmalar, 
“Polimerlar kimyosidan praktikum”, “Fizikaviy va kolloid kimyo”, “Kimyoviy texnologiya” 
kabi bir qator darsliklar yozilgan. 

Yüklə 231,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin