Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar.
1.Bog`cha yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlari.
2.Bog`cha davrida bola shaxsishntg rivojlanishi shart-sharoitlari.
3.Bog`cha yoshidagi bola faoliyatining psixologik xususiyatlari.
4.Bog`cha yoshdagi bolada xulq motivlarining rivojlanishi va o`ziga baho berishi shakllanishi.
5.Bog`cha yopshdagi bolada bilish jarayonining rivojlanishi.
6. Bog`cha yoshdagi bolaning maktabdagi ta`limga psixologik tayyorgaligi.
28
KIChIK MAKTAB YoShI DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYaTLARI
ReJA:
1. Kichik maktab yoshi davri haqida umumiy tushuncha.
2. Kichik maktab yoshi davrida o`quvchilarda bilish jarayonlarining rivojlanishi.
3. Kichik maktab yoshi o`quvchilarining jismoniy taraqqiyoti.
4. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi.
5. Bolanint maktabga psixologik tayyorgarligi.
Kichik yoshdagi o`quvchilarning 7-8 yoshdan 10-11 yoshgacha bo`lgan bolalar bo`lib,ular
boshlang`ich sinf o`quvchilari hisoblanadi.Bu yillarda bolaning hayoti va faoliyatida muhim
o`zgarishlar yuz beradi.Binobarin,ularning psixikasida ham sezilarli darajada o`zgarishlar
bo`ladi.Bolaning maktabga kirishi uning hayotida burilish chog`idir.Bola maktabga kirib o`qiy
boshlashi bilanoq.uning hayotida asosisy faoliyat o`qish bo`lib qoladi.O`qish o`quvchining
vazifasi,ijtimoiy burchidir.O`qituvchi bilan birinchi uchrashuvdayoqbolalar ko`p narsalarni eshitadi va
maktabdagi o`qish haqida ko`p narsalarni bilib oladi va o`qishning nimaligini anglay
boshlaydi.Maktabda bola sistemali ravishda yangiliklar oladi.Bu o`quvchining kundan-kunga orttirib
borayotgan,xilma-xil mazmundagi bilimlarning manbaidir.Bolaning bilimlarni sistemali ravishda
o`zlashtirib borishi natijasida undagi bilimning doirasi ham kengayib boradi,aqliy jarayonlar
rivojlanadi,shu bilan bir qatorda,bolaning emotsional va irodaviy xususiyatlari qayta tarkib
topib,rivojlana boshlaydi, Maktabdagi talim jarayonining o`zi bolaninig sezgi, idrok, tafakkur, nutq va
diqqatlariga yangi talablar qo`yadi. Maktabdagi o`qish, tashkiliy muayyan maqsadga qaratilgan ancha
ixtiyoriy protsesslar talab qiladi.Ko`rish sezgisi bilan idrok maktab ta`limida katta o`rin egallaydi.Gap
shundaki, odam tashqi dunyodan keladigan axborotning asrsiy qismini ko`rish retseptori faoliyati
orqali oladi. Ya`ni ko`rish retseptori orqali olinadigan axborot hamisha boshqa retsnptorlardan
keladigan axborotning 8O % ga to`g`ri keladi. O`quvchilarga dars paytida o`z diqqat e`tiborini
uzoqdagi predmetlarga doimiy ravishda ko`chirib turishga to`g`ri keladi.
Masalan:o`quvchi diqqatini doskadan o`qituvchining oldidagi tsolga,so`ngra o`zi oldidagi
daftarga ko`chiradi.Bu jaorayon aksincha ham bo`lishi mumkin.Bu faoliyatda har ikkala ko`zni
to`xtovsiz ravishda moslashtirish zararuriyati tug`iladi.Bola ko`zini akkomadatsiya qobiliyati o`sa
boradi.Akkomadatsiyaning eng yuqori diopozoni 10 yoshli sh bolalardagina kuzatiladi.
Mashg`ulot jarayonida bolada gox uzoqqa,gox yaqinga qarashga extiyoj bo`ladi.Har ikkala
ko`zning simmetrik xolati ham sezilarli darajada boshlang`ich ta`limida takomillashadi.O`qish
faoliyatining boshlarida o`quvchilarning toliqishlari yuqorida ko`zsatilgan ko`rish sezgi jarayonida
akkomadatsiya va konvergentsiya aloqasi to`la garmoniyaga ega bo`lgan xolda takomillashadi,toliqish
zaiflashadi.Kichik maktab o`quvchilari ranglarni va rang tuslarni seza boshlaydilar.e.I.Ignatevning
tekshirishlari shuni ko`rsatadiki,asosiy rang tomonlarining tusini ajratish murakkab ishdir.Shuning
uchun bolalarni bunga o`rgatish kerak.1-sinf o`quvchilari qizil rangning o`rta hisobda 3 ta tusini,sariq
rangning 2ta tusini ajrata oladi.Yashil va ko`k ranglarni butunlay ajrata olmaydilar.1-inf
o`quvchilari,ayniqsa qizlar asosa eng ko`p uchraydigan qizil,sariq, yashil va ko`k ranglardan iborat 4
ta rangni yaxshi ajratadilar.
Agar bolalar rangning tuslarini ajratishga maxsus o`rgatilsa,ularda ranglarni farqlay olish
xususiyati ancha o`sib boradi.
Masalan bu sohada 20 ta eksperimental mashg`ulot o`tkazilganda, bolalar eng och ranggacha
bo`lgan ip kalavasini ajratganlar.Ana shundan keyin ular o`rta hisob bilan 12 ta qizil, 10 ta sariq,6 ta
29
yashil,4 ta ko`k ranglarni bir-biridan farq qila olganlar.Kichik maktab yoshi fonematik eshitish,ya`ni
nuttsqning,eshitishning rivojlapnishi va takomillashuvi davridir.O`qish mashg`ulotlari va yozma
mashqlar o`quvchilarda fonematik eshitishning ancha nozik xususiyatining paydo byuo`lishiga
yordam beradi.
Diqqat
o`qish
jarayonining
zarur
sharti
bo`lib
hisoblanadi.Idrokning
to`laligi,to`g`riligi,tezligi,esda qoldirishning tez va aniqligining diqqatiga bog`liqdir.Fikrlash
jarayonlari diqqat tufayli aniq,mantiqli, mazmunli bo`ladi.Chunki,o`quvchilarning mutstsaqil ravishda
masala echishlari va masala tushunishdan oldin ular diqqatning kuchi va barqarorligini
ta`minlaydi.O`quvchilarning aqliy faoliyatining zarur shartlarini ta`minlash uchun o`qituvchi kichik
yoshdagi o`quvchilar diqqatining xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak.Diqqat asosiy nerv jarayonlari
bo`lgan qo`zg`alish va tormozlanishning yoki xususiyatlari to`laligicha namoyon bo`ladigan psixik
aktivligining muhim tomonidir.Qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari kitchik yoshdagi
o`quvchilarining bosh miya yarim sharlari po`tsida juda tez paydo bo`ladi.Shu sababli agar bir
qo`zg`aluvchi bolaning miya qobig`ida qo`zg`alishni vujudga keltirsa,2 qo`zg`ovchi bosh miyada juda
tezlik bilan yangi qo`zg`alish o`chog`ini tormozlab qo`yishi mumkin.Bu kichik yoshdagi bolaning
diqqatini jud atez va oson chalg`itish mumkinligini ko`rsatadi.O`quvchilar diqqatining bu xususiyatining
ularning o`qish materiallarini o`zlashtirishlariga xalaqit beradi.Shu sababli o`qituvchi bola diqqatini
bunday xususiyatlarini doimo esda tutgan xolda,darsning uning bir momenti bilan ikkinchisin
bog`lab,utsalik bilan o`tkazishi va bu momentlarning bir-birini tormozlab qo`ymasligi uchun darsning
har bir bosqichini yaxshilab o`ylab ko`rishi kerak.O`qish faoliyati tomonidan qo`yilgan jiddiy
talablarning bir qismi tabiiy o`quvchilarning diqqatini ishga soladi.O`qish jarayonining ta`siri otsida
kichik yoshdagi o`quvchilar diqqatining barcha xususiyati va sinflari intensiv ravishda o`sib boradi va
bu bilan ixtiyorsiz diqqatidan ixtiyoriy diqqatga ko`chsh osonlashadi.
Kichichk yoshdagi bolalarda emotsiyalik kuchli bo`lib,diqqatga ham o`z ta`sirini
o`tkazadi.Agar o`qish materiali o`zining yorqinligi,obrazliligi va jonliligi bilan ajralib tursa,diqqat
bilan ancha kuchli namoyon bo`ladi.Bu yoshdagi o`quvchildar diqqatning darsga jalb qilishning eng
muhim sharti o`qitishni ko`rgazmali qilish,illyutsratsiyalardan foydalanish hamda o`qituvchi nutqinig
yorqin,obrazli bo`lishidir.emotsionallik bir tomondan bola tafakkurining ham tanqidiy xarakteriga ega
emasligi
bo`lsa,ikkinchi
tomondan
tafakkur
taraqqiyotining
xali
uncha
yuqori
darajada
emasligidir.Bularning hammasi kichik yoshdagi o`quvchilarda tashqi diqqatning namoyon bo`lishiga
sabab bo`ladi.Shuning uchun o`qish materialini idrok etishda diqqatning o`zlashtirilishi lozim bo`lgan
materialining muhim tomonlariga emas,ikkinchi darajali tomonlariga qaratiladi.
Kichik yoshdagi o`quvchilarda ixtiyorsitz diqqat yuqori turadi.Lekin,maktabda o`qish birinchi
yiliyoq o`quvchilarda ixtiyoriy diqqatning vujudga kela boshlashiga kuchli ta`sir ko`rsatadi.Diqqatning
bu turi B.T.Annoevning yozishicha,»… katta odamlar bilan bolalarning birgalika faoliyati va
tarbiyaning maxsuli bo`lib hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatning yanada yaxshiroq o`sishi maktab yoshidagi
bolalarda idrok va tafakkurning tarbiyalanishga bog`liqdir». Kichik yoshdagi o`quvchilarning ihtiyoriy
diqqati to`g`risidagi masala bilin K.D.Ushenskiy ko`p shuqullangan. U ba`zi pedagoglarning, kichik
yoshdagi o`quvchilarda ihtiyorsiz diqqatning afzalligiga tayangan holda maktabdagi barcha o`qish
jarayonining faqat qiziqarli va maroqli qilib tashkil etish kerak degan fikrlarga qo`shilmagan.
O`qish
faoliyatining
birinchi
davrlarida
o`quvchilarning
ixtiyoriy
diqqatibutunlay
o`qituvchining hukumronligida bo`ladi. O`quvchilarning darsdagi diqqatini 1-sinf o`quvchilarining
o`zlari emas, balki o`qituvchining o`zi tashkil qiladi va yo`lga soladi. Masalan, darsda kichik yoshdagi
o`quvchi o`z diqqatini tarqoqligini enganligini uchun emas, balki o`zi itoat etishga majbur bo`lgan,
30
o`qituvchining ta`siri otsida quloqsolib o`tiradi. Muayyan maqsadga qaratilgan barqaror diqqat bolalarda
ham uncha rivojlanmagan tarmoqlanish jarayoni bilin bag`langandir.
Ma`lumki, idrok ham bilim manbaidir. Idrok murakkab aqliy jarayondir. Idrokda retseptiv,
pertseptiv va appertseptiv tamonlarni ajratish mumkin. Kichik yoshdagi o`quvchilarda idrakning o`sishi
yuqorida ko`rsatilgan retseptiv, pertseptiv va appertseptivdan iborat barcha tamonlarini qayta to`zilishi
va o`sishi demakdir.
O`quvchilar predmetlarni, ularning tasvirini va nutqini idrok qiladilar. Bolalar predmetlarni
idrok qilishi hususiyati ularni batafsil aniq aks ettirishlari bilin harakterlanadi. Bular diqqatning
hususiyati bilan tushuntiriladi. O`quvchilar diqqati asosan tashqi diqqat harakterida bo`lib, ichki diqqat
ularda hali taraqqiy etmagandir. Shuning uchun yaxshi tanlangan ko`rgazmali qurol kichik yoshdagi
o`quvchilarni o`qitishda foydalidir. Kichik maktab o`quvchilariga ta`lim berishda biror ko`rinishni, biror
predmetni aks ettiruvchi rasmlar va boshqa ko`rgazmali qurollar katta ahamiyatga egadir.
quyi sinf o`quvchilarning ukish protsessida materialni so`zma-so`z esga tusharishlari
xam katta urin egallaydi. Bunday esga tushirish yangi programma asosida qayta kurilgan yangi maktab
xayotida xam zarur urin olmokda.
O`quvchilarga yangidan-yangi bilimlarini berilishi ular nutkining lugat jixatdan tobora
o`sib borishni takoza kilayotganidan dalolot beradi. Kichik yoshdagi o`quvchilar xotirasining o`sishida
ikkta asosiy xarakterli momentlar borligini aytib utish zarur. O`quvchilar kupincha ukuv materialini
zarur narsa tarikasida esda koldirishga va esga tushurishga xarakat qiladilar. Ular bilim olishning
zaruriyatini tushunadilar, darsga tayyorlanadilar, bir-biriga savol beradilar. Uzlarining dasrdagi
javoblarining sifatiga e`tibor beradilar. Javoblariga beriladigan baxolarga diqqat bilan qo`lok
soladilar.
Kichik yoshdagi o`quvchilar xotirasining o`sishida ikkinchi xususiyat o`quvchilarda
abtsrak tafakkurning o`sishi munosabati bilan boglik bo`lgan katta uzgarishlardan iborat.
|