Takrorlash va muxokama qilish uchun savollar.
1. Go`daklik davri, uning tugma xususiyatlari va rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari.
2. Ilk bolalik davridagi muloqotning psixik jihatlari,
3. Ilk bolalik davridagi asosiy faoliyat guri.
4. Yoshdagi krizis: uning sabablari va namoyon bo`lishi.
5. Ilk bolalik davrida shaxs shakllanishining psixologik asoslari
21
MAVZU: ILK YoShDAGI VA BOGChA YoShIDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK
XUSUSIYaTLARI.
ReJA:
1.Ilk yoshdagi va bogcha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari.
2. Go`dak bola nerv sistemasining xususiyatlari.
3. Retseptor va xarakat faoliyatining rivojlanishi.
4. Bogcha yoshidagi bolalarning sensor taraqqiyoti. 1-3 yoshli bolalarning intellektual
rivojlanishi.
5. Bogcha yoshidagi bolalarning xar tomonlama va garmonik rivojlanish muommosi.
6. Bogcha yoshidagi bolalarni maktab ta`limiga tayyorlashning psixologik masalalari.
Bola bir yoshgacha bo`lgan davrda jismoniy va psixik jixatdan tez usadi. Bu davrda bola kup
jixatdan ojiz bo`lib, kattalarning doimiy va to`g`ri parvarish qilishiga muxtojdir. Bolaning to`g`ri
kelgusida soglom bulishi va psixik jixatdan normal o`sishi uning bir yoshgacha bo`lgan davrda to`g`ri
parvarish kilinishiga bolik bo`ladi. Yangi tug`ilgan bolaning jismoniy qiyofasi o`ziga xos bo`lib,
kattalarning jismoniy qiyofasidan ancha fark qiladi. Yangi tug`ilgan bola gavdasining sondan
buyingacha bo`lgan qismi juda uzun, oyoqlari kalta, boshi nisbatan katta, buyni kiska bo`ladi.
Katta yoshdagi kishining boshi gavdasining sakkizdan bir qismini, yangi tug`ilgan bolaning
boshi esa gavdasining turtdan bir qismini tashkil etadi. Yangi tug`ilgan bolaning gavdasi yuqori qismi
pastki qismiga karaganda ancha uzun bo`ladi. Yangi tug`ilgan bolaning buyi urta xisobda 48-52 sm
bo`ladi. Uning yuz juda kichkina bo`ladi.
Go`dak bir minutda 50-60 marta nafas olib, nafas chikaradi. Ammo katta yoshdagi kishi esa bir
minutda 16-14 marta nafas oladi. Yangi tug`ilgan bolaning nafas olish yuli xali juda tor bo`ladi. Bundan
go`dakning dastlabki kunlarda toza va sof xavoga ayniqsa muxtoj ekanligi ravshan kurinib turadi. Bola
urniga ungay xolatda yotkazilmasa kisib yurgaklansa uning nafas olishi uchun kushimcha kiyinchilik
yuzaga keladi. Agar bola go`daklik davrida noto`g`ri parvarish kilinsa, uning skeletidagi turli qismlar
turlicha, ba`zan bolaning biror eri kiyshik bo`lib o`sishi mumkin. Kupincha bunday kiyshik o`sish
umurtkasida sodir bo`ladi, chunki umurtkasi suyagi juda elatsik va yumshok bo`ladi.
Bir yoshgacha bo`lgan davrda bolaning jismoniy qiyofasida katta uzgarishlar ruy beradi. Uning
vazni va buyi sezilarli uzgaradi.
Keyinrok borib, vaznining ortishi bir muncha sekinlashadi.va yoshi qanchalik ulgaysa ,
vaznining ortishi shuncha sekinlashadi. Bola bir yoshgacha uning vazni taxminan 6 kg ga ortsa ( bir
yoshli bolada vazn taxminan 9 kg bo`ladi.) , keyingi 2 y davomida ya`ni bir yoshdan uch yoshgacha
uning vazni 5 kg ga ortadi.( 3 yoshli bolaning vazni taxminan 14 kg bo`ladi.)
Bola bir yoshga tulguncha uning gavda qismlarining nisbatida xam katta uzgarishlar ruy
beradi. Uning qo`l-oyoqlari , ayniqsa oyogi tez usadi. Kukrak kafasi uzayadi, kukrak kafasining xajmi
kengayadi,buyni uzayadi, boshi gavdasiga nisbatan kichikrok bo`lib qoladi.
Bola bir yoshga tulish oldidan uning jismoniy o`sishi atrof-tevarakdagi sharoitga ancha
moslashib qoladi va tashki muxitning noqo`lay ta`siriga kamroq beriladigan bo`ladi.
Ma`lumki, bolaning psixikasi, xulk-atvori katta yoshdagi kishining psixikasidan ancha
fark qiladi. Uning sababi shuki, bola psixikasining moddiy negizi bo`lgan nerv sistemasi o`ziga xos
xususiyatga egadir.
Bolaning ayniqsa tug`ilganiga bir necha oygina bo`lgan bola nerv sistemasining quyi
bo`limlari katta yoshdagi kishilar nerv sistemasining quyi bo`limlariga karaganda bekiyos katta rol
22
uynaydi. Nerv sistemasining quyi bo`limlari ancha ilgari paydo bo`ladi va tezroq etiladi. Shartsiz
reflekslar nerv sistemasining mana shu qismlari orqali vujudga keladi. Shu tufayli chakalokning
dastlabki tamshanish, yutish, sulak chikarish va shu kabi reflekslar kondiriladi.
Bola tug`ilganidanok unda bir kator analizatorlar normal yaxshilab turadi. Badan
analizatori ana shular jumlasidandir. Yangi tug`ilgan bola badanining sezgirligi katta yoshdagi kishi
badanining sezgirligidan kuchlirok bo`ladi. Shu sababli yangi tug`ilgan bolaga badaniga kattik
botmaydigan kiyimlar kiydirish kerak. Tanasiga tegilsa bola turli xarakatlar bilan javob beradi. To`g`ri
bu xarakatlarning kupchiligi tartibsiz tarzda, lekin juda muayyan shartsiz reflektor reaktsiyalar xam
bo`ladiki, bunday reaktsiyalar fakat yangi tug`ilgan bolalrgina xos xarakterli reaktsiyalardir.
Chakalokning labiga tegishingiz bilan unda darxol emish xarakatlari sodir bo`ladi.Kaftiga qo`lingizni
tegizsangiz u barmoklarini yumib oladi. Chakalokni ko`tarsangiz xam u qo`liga ushlab olgan
barmoklaringizni quyib yubormaydi.
Robinzon refleksi deb ataluvchi bunday refleks bola bir necha xaftalik bo`lganida paydo
bo`ladi va u ikki oyga to`lganidan keyin esa yuk bo`lib ketadi.
Bola tug`ilgan kundan boshlab , tam bilish analizatori ishlay boshlaydi. Yangi tug`ilgan
bola shirinlikni , achchiqni, nordonni, shurni sezadi. Chakalokka biror narsaning mazasi yokmasa aftini
bujmaytiradi. Bola ta`mi yokmagan narsadan totinmaslikka xarakat qiladi, ya`ni yuzini ugiradi.
Bola tug`ilgandan boshlab , uning xid bilish analizatori normal ishlay boshlaydi va shu
tufayli xidni fark kila boshlaydi. Sassik , qo`lansa, badbuy narsalarga nisbatan bolada salbiy reaktsiya
paydo bo`ladi.Ta`m bilish va xid bilish analizatorlarining faoliyati bolaning ovkatga bo`lgan muxim
extiyojni kondirish bilan chambarchas boglangan.
Bola tug`ilganidan keyin uning qulog`iga azon aytish kerak, shundan keyin u yaxshi
eshitadigan bo`ladi,degan xurofotning bizda paydo bulishiga sabab xam shu , xakikatdan esa chakalok
tug`ilgan paytda qulog`ining eshitmay kolishiga sabab shuki, qo`lokning ichi ona qornida suyuqlikka
tulib qoladi. Bir oz vaktdan keyin bu suyuqlik yo`qolib , ochiladi.
Kurish analizatorining takomillashmaganligishu narsada xam namoyon bo`ladiki, bola
tug`ilganidan keyin dastlabkivaktda uning kuz tur pardasidagi markaziy qismlargina sezish kobiliyatiga
ega bo`ladi.Kuz pardasida esa rangni ajratish apparati bor.
6 oylik bo`lganida bola asosiy ranglarni va eng oddiy shakldagi narsalarni farklay
boshlaydi. Eshitish va kurish analizatorlarining faoliyati mukammal emasligining sababi shundaki, bola
tug`ilgan paytida uning bosh miya po`sti xali etarli ravishda rivojlanmagan bo`ladi, analizatorlarning
markaziy qismlari esa bosh miya po`stida joylashgan.
Bola usa borgan sari unda juda kup yangi shartli reflekslar paydo bo`ladi. Bu shartli
reflekslar tobora murakkablashib, bola psixikasining o`sishida fiziologik negiz bo`lib qoladi.
Bolaning bir yoshlik davri uning psixikasining tez sur`atlar bilan o`sishi davridir.
Bola tug`ilgan kunlarda uning faoliyati fakat eng zarur extiyojlarni kondirish bilan
cheklanadi. Yangi tug`ilgan bola sutkasiga 20 soatga yaqin uxlaydi. Fakat qorni ochkaganida,
chankaganida, sovukni sezganida uygonadi. Extiyoji qondirilginidan keyin yana uyquga ketadi. Bu
davrda uxlashni bolaning normal xolati deyish mumkin.
Uzok ( uxlashdan keyin ) tufayli bola energiyasining asosiy qismi uning tez o`sishiga va
jismoniy jixatdan chinikishiga sarf bo`ladi, chunki yuqorida aytib utilganidek, bola tug`ilganidan
keyingi dastlabki vaktlarda jismoniy jixatdan ayniqsa tez usadi.
Bola sekin kamroq uxlaydigan bo`ladi va atrofdagi narsalarning ta`siriga ko`proq
qiziqadigan bo`ladi. Bir oylik bola narsalarning xarakatiga karab, boshini burishi mumkin, ikkinchi oyga
23
utganda u tovush kelgan tomonga karab boshini buradi, keyinrok esa ovozni eshitib, gapirgan kishini
ko`zi bilan kidira boshlaydi.
Bolaning miyasi tobora ko`proq taassurot oladigan bo`lib qoladi, bu esa yanada
rivojlanishga yordam beradi.
Bu vaktlarda kelib bolada xamma analizatorlarning shartli reflekslari mutsaxkamlanadi.
Ayrim bir butun qilib boglaydigan shartli reflekslar vujudga kelishi natijasida bola narsani yaxlit xolida
idrok qiladigan bo`lib qoladi. U tevarak- atrofdagi narsalarni idrok kila boshlaydi. Chunonchi , bola
tug`ilgandan boshlab, onasining ovozini eshitadi. Badaniga onasining qo`li tekkanini sezadi, onasining
aftini ko`radi.
Bolaning idroki bilan xarakatlari urtasidagi boglanish tobora mutsaxkamroq bula boradi.
Bola aktiv xarakat qilish bilan o`zining juda xilma-xil xarakatlari bilan tevarak- atrofidagi narsalarni
bilib oladi.
Bolada ixtiyorsiz diqqat xam usadi. Bola tug`ilgan paytlarda uning e`tiborini asosan
o`zining organikextiyojlarini kondiradigan narsalar jalb kilar edi. Endi bolaning diqqatini ung yaqinrok
bo`lgan xilma-xil narsalar jalb qiladi. Xarakatda bo`lgan yaqinrok tovush chikaradigan narsalar
bolaning diqqatini ko`proq jalb qiladi.
Bu yangi xarakatlarning paydo bulishi bolaning tevarak-atrofdagi narsalarni bilishini
yanada aktivlashtiradi. Bola o`zining qo`llarini, boshini timiskalab, ushlab ko`radi. Oyogini qo`li bilan
ushlab, ogziga tortadi. O`ziga yaqin turgan narsaga kizikib karaydi, qo`l uzatib, uni ushlab oladi.
Bunday xarakatlarni kila olish bolani kuvontiradi, u oyoqlarini pitirlatadi, qo`ladi, guv-
guvlaydi. Ushlab olgan narsasini silkitib ko`radi, sungra uni og`ziga solmoqchi bo`ladi.
Bola uch-turt xaftalik bo`lganidayok, unda xarakat xotirasining dastlabki kurinishlari
paydo bo`ladi. Birinchi shartli refleksning vujudga kelishi ana shunday dalolot beradi. Agar bolani
emizgan vaktidagidek qo`liga olinsa, u tamshanib, emishiga xarakat qiladi. Bola xarakatining usa borishi
bilan uning xarakat xotirasi xam usadi. Uch-turt oylik bolada yaqqol obrazli xotira paydo bo`lganligini
kuramiz.
Kattalarning aytgan so`zlarini tushunish bolada xotiraning o`sib borayotganligini
kursatadi. Olti-etti oylik bola oti aytilgan narsani biladi va uni kursatib beradi.
Go`dak xarakatlarining takomillasha borishi uning psixikasining yanada ko`proq
eplashtiradigan bo`lib qoladi. Besh oylik bola yonboshlab agdarilishi, sungra esa qornini erga berib
yota olishi mumkin. 7-8 oylik bola odatda karovotni yoki boshka bir narsani ushlab tik tura oladi. Endi
murakkabrok xarakatlar kila boshlaydi. Karovotning setkasini ushlaydi, sungra unga osilib chukkalab
turadi. Oldingi bir oyogini quyib oladi va nixoyat, urnidan turadi.
Jismoniy jixatdan yaxshi usgan bola 9-10 oylik bo`lganidan yura boshlaydi. Datslab bola
biror narsani ushlamay, o`zi mutsakil ravishda tik turadi, kiyinchilik bilan bulsa xam uz muvozanatini
saklaydi. Sungra kurka-pisa birinchi kadamlarini quyib alpinib-tolpinib yura boshlaydi.
Bola 6 oyga to`lganidan keyin xali gapirmasa xam, lekin unda nutksiz tafakkur
elementlari paydo bo`ladi. Aslini olganda, bola biror narsani yoki kimsani tanishni urgangan vaktdan
boshlab unda tafakkur elementlari bo`ladi. Xar-bir narsani tanib olish utgan tajriba asosida shu narsani
fikrlashni takoza qiladi. Bola biror yangi narsani bilishi bilan uni ilgari kurgan narsalari bilan
takkoslaydi, ularning bir-biriga uxlashligini yoki bir-biridan farkini belgilab oladi. Nutk paydo bulishi
va o`sishi bilan bolaning tafakkuri yanada usadi.
Bola nutkning o`sishi uchun kerakli asos, uning go`daklik davrida vujudga keladi.
Chinakam nutk go`dakning davridan utgandan keyin shakllanadi, lekin shunga karamay, go`dak bolada
nutkning dastlabki belgilari uning psixikasini utsirishda juda katta rol uynaydi.
24
Bola 8 oylik bo`lganida kattalarning gapini tushuna boshlaydi. Datslab u intonatsiyaga va
mimikaga ko`proq e`tibor beradi. Intonatsiyani , ya`ni ovoz oxangini uzgartirish bilanok , bola
kattalarning gapini tushunmay qoladi.
To`g`ri, bir yoshga tulguncha bolaning so`zlari o`ziga xos bo`ladi, asosan taklid
tarikasidagi va tovushga taklid qilib aytilgan so`zlar bo`ladi.
Bola nutkining bunda keyingi o`sishi kup jixatdan kattalarning gapiga taklid qilish yuli
bilan boradi. Bola kattalarning so`ziga taklid, yangi so`zlarini urganib oladi, shu so`zlarni jumla
tarikasida boglab ifodalashni urganadi. U kattalar bilan gaplashish va muomala qilish yuli bilan yangi-
yangi so`zlarni urgana boradi.
Bola bir yoshga tulguncha nutk va tafakkurni egallashga birinchi kadamlarnigina kuyadi.
Bola bogcha yoshiga etguncha uning tafakkuri va nutki yanada usa boshlaydi.
Organizmning xayoti va taraqqiyoti uchun mutlaqo zarur bo`lgan tabiiy extiyojlar tufayli
bolada dastlabki xsilar paydo bo`ladi va dastlabki paytlarda uning xislari shu tabiiy extiyojlar doirasi
bilan cheklanadi.
Tuyish yoki ochlik, issiklik yoki sovuk kotish, kanoatlanish , roxatlanish yoki norozilik
tugdiradi.
Bular bolaning tugma xislari bo`lib, bu xislarning fiziologik asosi tabiiy uz-o`zidan
saklash shartsiz reflekslari kurinishlarning xissiy formasidir.
Tug`ilgandan keyin dastlabki oylarda bolada chuchish xissi xam paydo bo`ladi. Bola
gavdasining xolati tusatdan uzgartirilsa, tusatdan birov bakirib yuborsa yoki biror narsa takillab ketsa,
bola bigillab yiglay boshlaydi. Nafasi kisilib qoladi. Mimika xarakterli tusga kiradi. Fiziologik jixatdan
karaganda bolaning bu xolatini shu bilan izoxlash mumkinki, bu xolat bosh miya po`stida tormozlanish
prottssessining keng yoyilganligini ifodalaydi, buning natijasida bosh miya po`stining tartibiga soluvchi
faoliyat tuxtab qoladi va endi bolaning xarakatini nerv sistemasining quyi bo`limlari boshkaradi.
Bolaning xarakatini sikibquyish unda norozilik va xatto gazab xissini tugdiradi.
Aksincha bolaning aktiv faoliyatida bulishi uchun imkoniyat beradigan xarakat erkinligi , unga xuzur
baxsh etadi, uni kuvontiradi. Bola yangi narsaga kizikib karaydi, sungra uni qo`li bilan ushlab
kurmokchi bo`ladi, uyinchoklarni uynaydi, uyinchoklarni tashlab yuborib va ularning takillab tushgan
tovushini eshitib xuzur qiladi.
Go`dak davrida bolada kelajak iroda protsesslarining boshlangich elementlari paydo
bo`ladi. Biz bu erda to`la ma`nodagi iroda protsesslari to`g`risida xali gapira olmaymiz. Bular iroda
protsesslarining fakat ayrim elementlari bulsa xam, lekin bola irodasining o`sishi katta axamiyatga ega.
Bola 6 oyga to`lganidan keyin uning xarakatlarida kattalarning xarakatlariga taklid qilish
katta rol uynaydigan bo`lib qoladi. Bu vaktda bola uz xarakatlarning maksadini unchalik anglamaydi.
Oldingi anglab, sungra xarakat kilmaydi, balki xarakat bilan maksad ayni vaktda paydo bo`ladi.
Bir yoshga tulish oldidan bolaning nutki usa borgan sari akli xam tez orta boradi.
Natijada irodaviy protsesslarning yanada tarakkiy etishiga yul ochiladi. Endi u uz xarakatlarining
maksadini yaxshirok anglaydigan bo`lib qoladi, kattalarning aytganini qiladi, unchalik murakkab
bulmagan iltimoslarini bajaradi. Mana shularning xammasi irodaning o`sishiga yordam beradi.
Bola bir yoshga etguncha unda dastlabki xam ijobiy, xam salbiy odatlar paydo bo`ladi.
Muayyan vaktda emishga odatlanish juda erta paydo bo`ladi. Bola 6 oyga to`lganidan boshlab,
yuvinishga odatlanadi. Shu bilan bir katorda bolada salbiy odatlar xam «qo`lga urganish» fakat
tebratgandagina uxlash, barmogini ogziga solib surish kabi salbiy odatlar xam juda erta paydo bo`ladi.
Shartli reflekslar odatlanishning fiziologik asosidir.
25
Bolada yoshlik chogidan boshlabok o`ziga xos xususyatlari borligini kuramiz. Bu
xususiyatlar temperament bilan boglik bo`ladi. Bolaning umuman xarakatchanligi, ta`sirlarga tez
berilishi, yangi xarakatlarni tez urganib olishi, bolaning kayfiyati mana shularning xammasida bola
temperamentining xususiyatlari sezilib turadi.
Ma`lumki, temperament bilan boglik bo`lgan individual xususiyatlarga tarbiyaviy ta`sir
utkazish juda kiyin bo`ladi. Birok bolaning yoshligidan boshlab bu ish to`g`ri yulga quyilsa , xar kanday
temperamentli bola xarakterida ijobiy sifatlarni tarbiyalash mumkin.
Birinchi davr- yangi tug`ilgan chakalok ( taxminan 2 oygacha bo`lgan) davrdir. Bu
davrda bola jismoniy jixatdan xali juda zaif bo`ladi, shu bilan birga, u jismoniy jixatdan nixoyat
darajada tez usadi va rivojlanadi. Bu davrda eng asosiy vazifa , bolani parvarish qilish, uning jismoniy
jixatdan normal o`sishini va rivojlanishini ta`minlash, uyqu , ovkatlantirish va shu kabilar soxada
rejimga rioya qilishdan iborat.
Ikkinchi davr – go`daklik ( taxminan ikki oylikdan to yura boshlagunga bo`lgan) davrdir.
Bu davrda bolaning psixikasi nixoyat darajada tez usadi. Kattalarning bu davrda bolaning psixikasini
utsirishga muttasil xarakat qilishi kerak.
Mana shu ikki davrning o`ziga xos xususiyatlarini xisobga olib,bolaning o`sishida biz
yuqorida aytib utgan juda katta muvaffakiyatlarga erishmok uchun butun shart-sharoitni yaratib bera
olamiz.
Shuni alohida ko`rsatish joizki, 1,6 3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bu
davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi ko`rinishlarini tashkil etadi. 1
yoshli bola predmetlarni izchil, sistemali ravishda ko`rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning
qandaydir bir ko`zga tashlanib to`radigan belgisiga o`z e`tiborini qaratadi va predmetlarni shu
belgilariga ko`ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning predmetli
harakatlarini bajarishdan ko`z bilan chamalab, harakat qilishiga o`tishda namoyon bo`ladi, endi u
predmetning bo`laklarini ushlab ko`rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 yoshli bola
kattalarning ko`rsatgan namunasi, rangi shakli va kattaligiga ko`ra, aynan shunday predmetlarni
chamalab, idrok etgan xolda tug`ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so`ngra kattaligiga va undan
keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bo`lgan juda kup
predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlagani davrida
predmetlarning rangini e`tiborga olmaydi va o`ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning
ko`rsatishicha 2,5-3 yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to`g`riburchak, ko`pburchak)
va 8 xil rangni (kizil, qovoq sariq, sariq, yashil, ko`k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va
shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilishi jihatidan turli xil narsalarda turlicha namoyon bo`lishi
sababli, bu yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan ularning nomlarini aniq bulishlari va o`z
nutqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalarning bu yoshdagi bolalardan ana shu rang va
shakllarni eslab qolishini talab etishlari birmuncha noto`g`ridir, buning uchun mos davr 4-5 yoshlar
hisoblanadi.
Bola 3 yoshigacha o`zlashtirgan so`zlar asosan predmet va harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar
asosan uning vazifasini anglatadi, bunda predmet yoki harakatning tashqi ko`rinishi o`zgarsa ham uning
nomi o`zgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini funktsiyalariga
bog`lagan holda tez o`zlashtiradi.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola
biror predmetni olishta harakat qila olganidan so`ng, uni sinchiklab o`rganishida ko`rishimiz mumkin.
Ularning tafakkurlari, asosan, ko`rgazmali-harakatli bo`lib, u atrof olamdagi turli bog`liqliklarni
o`rganishga xizmat qiladi. o`zidan o`zoqroq turgan koptokni biron-bir o`zunroq narsa bilan itarib
26
yuborish mumkinligini ko`rgan bola, endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha
yordamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi, Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta
o`rin-to`tadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qo`l
soatini yoki devordagi osma soatni ham tushunishi mumkin, Lekin, ular turlicha bo`lganligi bois, ularda
umumiylikni topish bola uchun birmuncha qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash yordamga keladi va
umumlashtirishni tashkil etadi.
2-3 yoshli bolalar ma`lum bir predmetlarning o`rniga ularning o`rnini bosishi mumkin deb hisoblagan
boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o`yin jarayonida bola qoshiq yoki termometr o`rnida,
yogochdan yasalgan krovat yoki mashina o`rnida foydalanishi mumqin. Bir predmetni boshqasi o`rnida
qo`llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |