Jas ayirmashiliq ped psix uzb



Yüklə 446,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix20.10.2023
ölçüsü446,96 Kb.
#157793
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
portal.guldu.uz-YoSh DAVRLARI PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI

mumkin emas”, - deb ta`kidlaydi. Bundan tashqari, ta`lim va taraqqiyot bir-biriga tobe bo`lmagan 
jarayonlardir, degan yunalishdagi psixologlarni ham u qattiq tanqid qiladi. P.P.Blonskiy ta`limning bola 
taraqqiyotidagi o`rniga alohida ahamiyat beradi, shuning uchun o`quvchilarning aqliy rivojlanishi 
tug`ridan-to`g`ri maktab dasturi mazmuniga bog`liq ekanligini ta`kidlaydi. Uning fikricha-ta`lim 
jarayonida bolalar ma`lum qoida asosida faoliyat qilishga odatlanadilar. Ta`lim ta`siri natijasida 
o`quvchilarda o`z-o`zini va o`zining aqliy faoliyatini nazorat qilish yuzaga keladi. Psixolog-olimlardan 
V.V.Davidov, P.Ya.Gal`perin, D.B.El`konin, N.AMenchinskaya, A.A.Lyublinskaya, E.G.Gozievaar o`z 
tadqiqotlarida ta`limning taraqqiyotdagi etakchi rol`ini ta`kidlashadi. 
Psixik taraqqiyotning omillari va sharoitlari aniqlab olingan taqdirda ham, psixikada yuzaga keladigan 
o`zgarishlarning manbalari, psixik rivojlanishni harakatta keltiruvchi kuchlar nimalardan iborat, degan 
savolning tug`ilishi, tabiiydir. 
Bolaning psixik rivojlanishini harakatlar keltiruvchi kuchlar murakkab va turli-tumandir. 
Rivojlanishning mohiyatini qarama-qarshiliklar ko`rashidan, ichki ziddiyatlar bolaning, psixik 
rivojlanishini bevosita harakatta keltiruvchi kuchlar, ta`lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan 


13 
hamda bartaraf qilinadigan eskilik va yangilik o`rtasidagi qarama-qarshiliklardan iboratdir. Bunday 
ziddiyatlarga, masalan, faoliyat tomonidan yuzaga keladigan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish 
imkoniyatlari o`rtasidagi ziddiyatlar; bolaning o`sib borayotgan jismoniy va ruhni imkoniyatlari bilan 
esa, tarkib topgan o`zaro munosabat shakllari va faoliyat turlari o`rtasidagi ziddiyatlar; jamiyat, jamoa, 
katta odamlar tomonidan kundan-kunga ortib borayotgan talablar bilan psixik taraqqiyotning mazkur 
darajasi o`rtasidagi ziddiyatlar qiradi. 
Masalan, kichik maktab yoshidagi o`quvchida mustaqil irodaviy faoliyatga nisbatan bo`lgan tayyorlik 
bilan xatti-harakatlarning mavjud vaziyatga yoki bevosita ichki kechinmalarga bog`liqligi o`rtasida 
ziddiyat mavjuddir o`smirlarda esa eng kuchli ziddiyatlar bir tomondan, uning o`ziga, o`zi baho berishi 
va o`z talablari darajasi va ikkinchi tomondan, atrofdagilarning unga nisbatan bo`lgan munosabatlari 
haqidagi ichki kechinmasi o`rtasida.Shuningdek,o`zining jamoadagi real mavqei tug`risidagi ichki 
kechinmasi o`qishsida; katta odamlar hayotida to`la huquqli a`zo sifatida qatnashiti ehtieji bilan bunga 
o`z imkoniyatlarining mos kelmasligi o`qishsida paydo bo`ladi. 
Kursatilgan barcha ziddiyatlar birmuncha yuqori darajadagi psixik faoliyatlarni tarkib toptirish orqali 
bartaraf qilinadi. Natijada bola psixik rivojlanishning yanada yuksakroq bosqichiga ko`tariladi. Ehtiyoj 
qondiriladi - ziddiyat yo`qoladi. Biroq qondirilgan ehtiyoj, yangi ehtiyojni tug`diradi. Bu ziddiyat 
boshqa bir ziddiyat bilan almashinadi, taraqqiyot davom etadi. 
Rivojlanish faqat sof miqdor o`zgarishlari jarayonidan, ya`ni qandaydir psixik hodisalarning, xususiyat 
va sifatlarning kupayishi yoki kamayishidan iborat bo`lib qolmay, balki sifat jihatdan yangi 
xususiyatlarning, ya`ni yangidan hosil qilingan sifatlarning paydo bo`lishi bilan bog`likdir. 
Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari borligini qayd etib ko`rsatmoqdalar. Biroq 
muhit ta`siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu qonuniyatlarning o`ziga xos 
xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatta va tarbiyaga bog`liqdir. Mana shunday umumiy qonuniyatlarga 
birinchi navbatda psixik rivojlanishning notyokisligi qiradi. Buning mohiyati shundan iboratki, har 
qanday sharoitda, hatto ta`lim va tarbiyaning eng qo`lay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik 
belgilari, funktsiyalari va xususiyatlari rivojlanishning bitta darajasida to`xtab turmaydi. Bolaning ayrim 
yosh davrlarida psixikaning u yoki bu yo`nalishlarida rivojlanish uchun nihoyatda qulay sharoitlar paydo 
bo`ladi va bu sharoitlarning ba`zilari vaqtinchalik, o`tkinchi xarakterda bo`ladi. U yoki bu psixik 

Yüklə 446,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin