Jas ayirmashiliq ped psix uzb



Yüklə 446,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix20.10.2023
ölçüsü446,96 Kb.
#157793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
portal.guldu.uz-YoSh DAVRLARI PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI

Ikkinchidan, psixikaning rivojlanishi pirovard natijada tashqi sharoitlarga, tashqi ta`sirotlarga 
bog`liqdir. Lekin bu rivojlanishini bevosita tashqi sharoitdan va tashqi vaziyatdan keltirib chiqarib 
bo`lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar hamisha odamning hayotiy tajribasi, uning shaxsi, individual 
psixologik xususiyatlari va psixik qnyofasi orqali ta`sir qiladi. 
Uchinchidan, odam faol mavjudot sifatida o`zi ham ongli ravishda o`z shaxsini o`zgartirishi, ya`ni 
o`zi-o`zini tarbiyalash bilan shug`ullanishi mumkin, lekin, bu jarayon atrof-muhitdan ajralgan holda 
emas, balki muhit bilan moslashgan holda va muhit bilan o`zaro munosabatda sodir bo`ladi. 


11 
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib shuni aytish mumkinki, odamning (bolaning, o`quvchining) ijtimoiy 
tashkil topgan va faol faoliyati uning psixik rivojlanishining asosi, vositasi hamda shartidir. 
O`z-o`zidan ma`lumki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik imkoniyatlar nihoyatda 
zarurdir. Inson psixik xususiyatlari me`yorida tarkib topishi o`chun muayyan darajadagi biologik 
to`zilish, inson miyasi va nerv sistemasi bo`lishi shart. Bu tabiiy xususiyatlar psixik rivojlanigani 
harakatta keltiruvchi kuchlar, omillar emas, balki faqat dastlabki sharoitlardir, xolos. 
Tabiiy xususiyatlar taraqqiyotni harakatta keltiruvchi kuch emasligiga qaramay, insoniyat psixik 
taraqqiyotiga ta`sir ko`rsatadi. 
Birinchidan, tabiiy xususiyatlar psixik xususiyatlar taraqqiyotining turli yo`llarini va usullarini 
belgilab beradi. Inson nerv sistemasining xususiyatlari o`z-o`ziga shaxsning hech qanday psixik 
xususiyatlarini belgilamaydi, Hech bir me`yordagi bola dadil yoki qurqoq, irodali yoki irodasiz, 
mehnatsevar yoki yalqov, intizomli yoki intizomsiz bo`lib tug`ilmaydi, Agarda tarbiya to`g`ri tashkil 
qilinsa, nerv sistemasining istalgan tidi asosida xarakterning barcha ijtimoiy qimmatli xislatlarini 
shakllantirish mumkin. Masalan, sabot-matonat va o`z-o`zini to`ta bilish xislatini nerv sistemasining tipi 
shiddatli bo`lgan bolalarda ham, yoki nerv sistemasining tipi vazmin bo`lgan bolalarda ham tarbiyalash 
mumkin va tarbiyala bo`ladi. Biroq birinchi hol bolalarni tarbiyalash ikkinchi holdagilarni tarbiyalashga 
qaraganda qiyinroq bo`ladi. Har ikkala holda kerakli sifatlarni tarbiyalash yo`llari va usullari ham 
churlicha bo`ladi. 

Yüklə 446,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin