Jas ayirmashiliq ped psix uzb


qonuniyatii amalda qo`llash



Yüklə 446,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix20.10.2023
ölçüsü446,96 Kb.
#157793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
portal.guldu.uz-YoSh DAVRLARI PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI

6. qonuniyatii amalda qo`llash. Aniqlangan qonuniyatlar ma`lum bir amaliyot sohasida
qo`llaniladi. Amalda qullash aniqlangan qonuniyatning to`g`riligiga batamom ishonch hosil qilish 
imkonini beradi. Ko`pincha o`qituvchilar o`z amaliy faoliyatlarida shaxsiy ko`zatishlari va 
boshqalarning tajribalarini umumiylashtiradilar. Biroq, bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan 
etarli asoslangan bo`lmaydi, ya`ni, muhim aniqligi va teranligi bilan ajralib turmaydi. 
Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar. 
1. Abu Nasr Forobiyning “Baxt-saodatga erishuv” asarini mutolaa qiling va allomaning quyidagi 
qarashlarini yozma baen eting: 
a) insoniy kamolotga erishuvda aqliy bilishning ahamiyati. 
b) irodaviy fazilatlarni shakllantirish va odatga aylantirishda inson qudrati, ta`lim va tarbiyaning kuchi 
haqida. 
v) yoshlarning kasb-hunar va ish-tajribani zgallashi to`g`risida. 
2. Yosh davrlar psixologiyasi fanining vujudga kelish sabablarini ko`rsating. 
3.Turli davrlarda psixik rivojlanish haqidagi talqinlarning mohiyatini yoritib bering. 
4. Fanning predmeti, nazariy va amaliy vazifalari nimalardan iborat? Uning istiqboli haqida nima deya 
olasiz? 
5. Yosh davrlar psixologiyasi tadqiqotlarni tashkil etish va ilmiy metodlari haqida
ma`lumot bering. 



PSIXIK RIVOJLANISh VA TA`LIM 
1. Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishining sharoitlari. Biologik va ijtimoiy omillar. 
2. Psixik taraqqiet va ta`limning o`zaro munosabati. 
3. Yosh davrlari psixologiyasi yosh davrlarini tabaqalash muammolari. 
Psixik rivojlanish va bu o`zgarishlarga sabab bo`ladigan kuchlar o`rtasidagi munosabat qonunlarini 
o`rganish yosh davrlari psixologiyasi fanining muhim va dolzarb muammolaridan biridir. 
Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning 
o`ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o`quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan 
ta`sir ko`rsatishning zarur shartidir. 
Inson - biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tugma ravishda tashkil 
topgan xususiyatlari (masalan, ko`rish yoki eshitish sezgilarining, shuningdek, oliy nerv to`zilishining 
o`ziga xos xususiyatlari), ikkinchi tomondan esa faoliyatinig ongli sub`ekti va ijtimoyy taraqqiyotning 
faol ishtirokchisi sifatida uning xulq-atvor (masalan, axloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon bo`ladi. 
Xush, odam psixikasi va xatti-harakatlarida namoyon bo`ladigan bu xususiyatlarni nimalar sirasiga 
kiritish mumkin? Inson psixikasining tabiati biologik yoki inqilobiy xarakterga egami? 
Inson shaxsinig tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillarning muammosi o`z 
mohiyati jihatidan g`oyaviy xarakterga ega, Shu bois, bu masalani hal qilishda bir-biriga qarama-qarshi 
bo`lgan turli oqimlar, yo`nalishlar maydonga kelgan. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishda 
maydonga kelgan birinchi oqim biogepetik kontseptsiya, nazariya bulsa, ikkinchi oqim sotsiogenetik 
kontseptsiyadir. 
Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi biogenetik oqim XIX asrning ikinchi 
yarmida maydonga kelgan. 
Bola psixik xususiyatlarining tugma tabiati haqidagi ma`lumot shu vaqtga qadar aksariyat psixologiya 
maktablarining asosini tashkil etib kelmoqda. Mazkur ta`limot inson psixikasining barcha umumiy va 
individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik to`zilishiga tenglashtirilgandir, 
psixik rivojlanish esa, irsiy yo`l bilan azaldan belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu 
xususiyatlarning maromiga etilish jarayonidan iborat deb ta`kidlaydi. Ma`lumki, nasliy xususiyatlar 
tug`ma yo`l bilan nasldan naslga tayyor holda beriladi, biroq shunday bo`lishiga qaramay, bu oqim 
namoyandalari inson shaxsi va uning barcha xususiyatlari “ichki qonunlar” asosida, ya`ni nasliy 
xususiyatlar negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga bog`liqdir, deb ta`kidlaydilar. 
Biogenetik ta`limot, inson qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (chunonchi, imkoniyatlarning 
chegarasi, uning eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan belgilanib qo`yilganligini, o`quvchi 
imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, undan so`ng ta`lim jarayonini uning 
irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish, ularning aqliy iste`dod darajalariga 
qarab turli mavqedagi maktablarda tahsil olishga zarur deb ta`kydlashadi. 
Chunonchi, bu yo`nalish tarafdorlaridan, amerikalik psixolog E.Torndayk o`quvchilarning tabiyaviy 

Yüklə 446,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin