Jas ayirmashiliq ped psix uzb



Yüklə 446,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/29
tarix20.10.2023
ölçüsü446,96 Kb.
#157793
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
portal.guldu.uz-YoSh DAVRLARI PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI

Ikkinchidan, tabiiy xususiyatlar odamning biror sohada erishgan yutuqlari darajasiga ham ta`sir qilishi 
mumkin. Masalan, qobiliyat ko`qishklarida tugma individual farqlar mavjud. Shu sababli ba`zi odamlar 
boshqa odamlardan ma`lum bir faoliyatni egallash imkoniyati jihatidan ustun turishadi. Ba`zida esa 
aksincha, biror-bir faoliyat turini egallash imkoniyati jihatidan esa ulardan ortda qolinglari mumkin. 
Mana shu ma`noda olganda odamlar o`z qobiliyatlarini baravar rivojlantirish imkoniyatiga ega emaslar. 
Garchi tabiiy ko`qishklar o`quvchilarning psixik rivojlanishi uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lsa ham 
(shu sababli, masalan, ta`lim jarayonida ayrim o`quvchilardan boshqa o`quvchilarga nisbatan ko`proq- 
zo`r berish talab qilinadi, ayrim o`quvchiga o`qituvchi ko`proq kuch sarflaydi, e`tibor beradi va ko`proq 
vaqt ajratadi), bu ko`qishklarning o`zi psixik taraqqiyotda hal qiluvchi rol` o`ynamaydi. 
Turli yo`nalishga ega bo`lgan psixologlar, bir tomondan ta`lim va tarbiya, ikkinchi tomondan esa 
rivojlanish o`rtasidagi o`zaro munosabati muammosini keng doirada muhokama qilmoqdalar. 
Rivojlanish deganda, odatda hodisalarning har ikki turi tushuniladi va bu tushunchalar bir-biri bilan 
chambarchas bog`liqdir: 1) miyaning biologik, organiketilishi, uning anatomik-fiziologik to`zilishi 
jihatidan etilishi; 2) psixik (aqliy) rivojlanishning ma`lum o`sish darajalari sifatadagi, o`ziga xos aqliy 
etilish sifatidagi psixik rivojlaiishi, o`z-o`zidan ma`lumki, aqliy rivojlanish miya to`zilishining biologik 
echilishi bilan bog`liqdir va bu xususiyat ta`lim-tarbiya ishlarida, albatta, hisobga olinishi lozim, chunki 
ta`lim miyaning organikjihatdan etilishini inkor eta olmaydi. Biroq miya bo`zilishining organikjihatdan 
etilishini muhitga, ta`lim-tarbiyaga mutlaqo bog`lanmagan holda o`zining qat`iy biologik qonunlari 
asosida sodir bo`ladi, deb bo`lmaydi. Muhit, ta`lim-tarbiya va tegishli mashq, miya to`zilishining 
organikjihatdan etilishiga yordam beradi. 
Bu jarayonda ta`lim qanday mavqega ega? Ta`lim rivojlanishga nisbatan etakchi vazifani bajaradimi 
yoki aksincha? Bu muammoning hal qilinishi ta`lim jarayonining mazmuni va metodikasini, o`quv 
dasturlari va darsliklarning mazmunini belgilab beradi. 
Bu borada nemis psixologi V.Shtern: ta`lim psixik rivojlanishning orqasidan boradi va unga 
moslashadi, degan fikrni olg`a surgan edi. Bu fikrga qarama-qarshi rus psixolog L.S.Vigotskiy bolaning 
psixik rivojlanishida ta`lim va tarbiyaning etakchilik rol`i bor, degan qoidani birinchi bo`lib ilgari surdi 
va uni: ta`lim rivojlanishdan oldinda boradi va uni o`z orqasidan ergashtirib olib boradi, deb aniq 


12 
ifodalab beradi. Yuqorida bayon qilingan birinchi fikrga muvofiq ta`lim faqat rivojlanish tomonidan 
erishilgan narsalardan foydalanadi Shuning uchun aqliy jihatdan etilish jarayoniga aralashmaslik, unga 
xalaqit bermaslik, balki ta`lim uchun imkoniyat etilguncha chidam bilan passiv kutib turish kerak. 
Shveytsariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g`oyalar bilan yo`g`rilgandir. 
J.Piajening fikricha, bolaning aqliy usishi o`zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat 
jihatdan o`ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o`tadi. Ta`lim - bu aqliy etilish jarayonini faqat 
bir qadar tezlatishga yoki syokinlashtirishga qobildir, lekin u aqliy jihatdan etilish jarayoniga hech 
qanday jiddiy ta`sir ko`rsata olmaydi. Demak, ta`lim rivojlanish qonunlariga buysunishi kerak. Masalan, 
bolada mantiqiy tafakkur etilmay turib, uni mantiqiy fikr yuritishga o`rgatish foydasizdir. Ta`limning 
turli bosqichlari bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib etiladigan muayyan yoshidan qat`iy 
nazar bog`liqligi ana shundan kelib chiqadi. 
Ta`kidlash joizki, ta`lim etakchi rol`ni bajaradi, ta`lim va rivojlanish esa o`zaro bir-biriga bog`liqdir; 
ular alohida sodir bo`ladigan ikki jarayon bo`lmay, balki bir butun jarayondir Ta`limsiz to`la aqliy 
rivojlanish bo`lishi mumkin emas. Ta`lim rivojlanishga turtki bo`ladi, rivojlanishni o`z ortidan 
ergashtirib boradi. Zarur sharoit tug`ilganda ta`lim mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va 
tegishli aqliy rivojlanish uchun zamin bo`ladi, lekin, ta`lim rivojlanishga turtki bo`lish bilan bir vaqtda 
o`zi rivojlanishga tayanadi, erishilgan rivojlanish darajasining xususiyatlarini, rivojlanishning ichki 
qoidalarini albatta, inobatga oladi. Ta`limining imkoniyatlari juda keng bo`lsa-da, biroq cheksiz emas. 
Yirik rus psixologi L.S.Vigotskiy ta`lim va taraqqiyot muammosiga ijtimoiy-tarixiy jarayon nuqtai-
nazaridan yondashib, bilimlarni o`zlashtirish insoniyatning tarixi taraqqiyotida yaratilgan madaniyatda 
ishtirok etish jarayonidir, deb ta`kidlaydi. U olga surgan psixik funktsiyalar taraqqiyotining madaniy-
tarixiy nazariyasiga ko`ra, psixik faoliyat taraqqiyot uning “tabiiy” shaklini bevosita qayta qurgan holda, 
turli alomatlar bilan avval tashqi, so`ng ichki ifodalanishni nazarda tutib, “madaniy” shaklini egallash 
tushuniladi, 
Shu munosabat bilan L.S.Vigotskiyning psixologiyaga kiritgan “psixik taraqqiyotning eng yaqin 
zonasi” tushunchasi muxim ahamiyat kasb etadi. Buning asl mohiyati, bolaning mustaqil faoliyat 
kattalar bilan hamkorlikda, uning rahbarligida amalga oshiriladi. L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan 
“psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi” tushunchasi “ta`lim taraqqiyotdan oldinda boradi” degan 
umumiy qoidaning yaqqol mazmunini tushunish uchun imkoniyat yaratadi, 
E.Torndayk va J.Piajening ta`lim bilan taraqqietni ayni bir narsa deb tushuntirishiga qaramay 
L.S.Vigotskiy: “.Bola taraqqiyotinn hech mahal maktab ta`limidan tashqaridagi soya deb hisoblash 

Yüklə 446,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin