11
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib shuni aytish mumkinki, odamning (bolaning, o`quvchining) ijtimoiy
tashkil topgan va faol faoliyati uning psixik rivojlanishining asosi, vositasi hamda shartidir.
O`z-o`zidan ma`lumki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik imkoniyatlar nihoyatda
zarurdir. Inson psixik xususiyatlari me`yorida tarkib topishi o`chun muayyan darajadagi biologik
to`zilish, inson miyasi va nerv sistemasi bo`lishi shart. Bu tabiiy xususiyatlar psixik rivojlanigani
harakatta keltiruvchi kuchlar, omillar emas, balki faqat dastlabki sharoitlardir, xolos.
Tabiiy xususiyatlar taraqqiyotni harakatta keltiruvchi kuch emasligiga qaramay, insoniyat psixik
taraqqiyotiga ta`sir ko`rsatadi.
Birinchidan, tabiiy xususiyatlar psixik xususiyatlar taraqqiyotining turli yo`llarini va usullarini
belgilab beradi. Inson nerv sistemasining xususiyatlari o`z-o`ziga shaxsning hech qanday psixik
xususiyatlarini belgilamaydi, Hech bir me`yordagi bola dadil yoki qurqoq, irodali yoki irodasiz,
mehnatsevar yoki yalqov, intizomli yoki intizomsiz bo`lib tug`ilmaydi, Agarda tarbiya to`g`ri tashkil
qilinsa, nerv sistemasining istalgan tidi asosida xarakterning barcha ijtimoiy qimmatli xislatlarini
shakllantirish mumkin. Masalan, sabot-matonat va o`z-o`zini to`ta bilish xislatini nerv sistemasining tipi
shiddatli bo`lgan bolalarda ham, yoki nerv sistemasining tipi vazmin bo`lgan bolalarda ham tarbiyalash
mumkin va tarbiyala bo`ladi. Biroq birinchi hol bolalarni tarbiyalash ikkinchi holdagilarni tarbiyalashga
qaraganda qiyinroq bo`ladi. Har ikkala holda kerakli sifatlarni tarbiyalash yo`llari va usullari ham
churlicha bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: