Jas ayirmashiliq ped psix uzb


xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bo`lgan ana shunday yosh



Yüklə 446,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/29
tarix20.10.2023
ölçüsü446,96 Kb.
#157793
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
portal.guldu.uz-YoSh DAVRLARI PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT USULLARI

xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bo`lgan ana shunday yosh 
davrlari senzitiv davrlar deb ataladi. (L.S.Vigotskiy, A.N.Leont`ev). Bunday senzitivaik davrining 
mavjudligiga miyaning organikjihatdan etilgan qonuniyati ham, ayrim psixik jarayonlar va xususiyatlar 
ham, hayotiy tajriba ham sabab bo`ladi. 
Shunday qilib, bolaning, maktab o`quvchisining psixik rivojlanishi - murakkab taraqqiyot jarayonidir. 
Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo`yicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson shaxsini 
tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuvi va mazkur muammoning mohiyatini turlicha eritadi. 
Ma`lumki, har bir davr o`zining muhym hayotiy sharoitlari, ehtiyojlari va faoliyati, o`ziga xos qarama-
qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jihatdan xarakterligi sifatlarning hosil bo`lishi 
bilan ajralib turadi. Har bir davr o`zidan oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida shakllanishi 
va o`z navbatida, o`zidan keyingi davrning paydo bo`lishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Shu urinda 
psixologiyada mavjud yosh davrlarini tabaqalash nazariyalariga urgu berib o`tish maqsadga muvofiqdir. 
Shveytsariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funktsiyalari hamda uning davrlari 
haqidagi ta`limotni o`z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy vazifalari, moslashish va ko`nikishdan iborat 
bo`lib, bu uning doimiy vazifalar turkumini tashkil etadi. 
Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi:
1.sensomotor intellekti-tug`ilgandan 2 yoshgacha; 


14 
2.operatsiyagacha tafakkur-davri - 2 yoshdan 7 yoshgacha; 
3.aniq operatsiyalar davri-7,8 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 
4.rasmiy operatsiyalar davri. 
Frantso`z psixologi A.Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga. ajratadi:
1) homilaning ona qornidagi davri;
2) impul`siv harakat davri - tug`ilgandan 6 oylikkacha;
3) his-tuyg`u davri (emotsional) - b oylikdan 1 yoshgacha; 
4) sensomogor (idrok bilan harakatning uyg`unlashuvi) davri 1 yoshdan 3 yoshgacha; 
5) personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan - 5 yoshgacha; 
6) farqlash davri - 6 yoshdan - 11 yoshgacha;
7) jinsiy etilish va o`spirinlik davri - 12 yoshdan -18 yoshgacha. 
Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, 
B.G.Anan`ev singari yirik psixologlarning asarlarida o`z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu 
muammo bilan shug`ullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois yosh davrlarini tasniflash muammosi 
o`zining kelib chiqishi, Ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-
biridan keskin farq qiladi, Hozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda 
olimlarning Ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga 
muvofiqdir. 
L-S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan 
rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga 
ajratadi; 
1. Chaqaloqlik davri inqirozm. 
2. Go`daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha, bir yoshdagi inqiroz. 
3. Ilx bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz. 
4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz. 
5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz. 
6. Puberdat (jinsiy etilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, yoshdagi inqiroz. 
L.S.Vigotskiy o`zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta`riflab bera olgan. 
Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida Ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. 
Biroq, bu mulohazalarda ancha munozarali, bahodi o`rinlar ham mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning 
yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi Ilmiy garixiy ahamiya-1ta ega, uning rivojlanishni amalga 
oshiruvchi inqirozlar to`g`risidagi mulohazali va olga surgan g`oyalari hozirgi kunning talablariga 
mosdir. 
D.B.El`koninning tasnifi etakchi faoliyat (A.N.Leont`ev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida 
biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi, etakchi faoliyatning inson shaxs sifatida 
kamol topishidagi rol`i, nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi. 
D.B.El`konin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim toshdi: 
1. Go`daklik davri - tug`ilgandan 1 yoshgacha - etakchi faoliyat -bevosita emotsional muloqot; 
2. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - etakchi faoliyat -predmetlar bilan nozik harakatlar 
qilish; 
3. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rol`li o`yinlar; 
4. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o`qish; 
5. Kichik o`smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot; 
6. Katta usmirlik yoki ilk uspirimli davri - 16 yoshdan 17 yoshgacha; - etakchi faoliyat - 
o`qish, kasb tanlash davri. 


15 
D.B.El`konin tasnifini ko`pchilik psixologlar tomonidan e`tirof etilsa-da, biroq uning birmuncha 
munozarali tomonlari mavjud. Umuman D.B.El`koninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, 
ayniqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim urin to`tadi. 
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyondasi A.ALyublinskaya inson kamolotini yosh davrlarga 
ajratishda faoliyat nuqtai nazaridan yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi; 
1. Chaqaloqlik davri - tug`ilgandan bir oylikkacha; 
2. Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha; 
3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha; 
4. Maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 5 yoshgacha; 
5. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 
6. O`rta maktab yoshi davri (uspirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha: 
7. Katta maktab yoshi davri-15 yoshdan 18 yoshgacha. 
Pedagogik psixologiyaning taliqli namoyondasi B,A.Krutestkiy insoning ontogenetik kamolotini 
quyidagi bosqichlardan iboratligini ta`kidlaydi: 
1. Chaqaloklik (tug`ilgandan 10 kunlikkacha); 
2. Go`daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha); 
3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); 
4. Bog`chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha}; 
5. Bog`cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha); 
6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha); 
7. O`smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha); 
8. Ilk o`spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha). Yuqoridagi har ikkala tasnif
puxtaligidan, ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganligidan qat`iy nazar inson kamolotini tula 
ifodalab berishga ojizlik qiladi. 
Mazkur nazariyalar insonning shaxs sifatida shakllanishi bosqichlari haqida ko`proq ma`lumot beradi, 
xolos. Ularda yoshlik, etuklik qarilik davrlarining xususiyatlari, qonuniyatlari tug`risida nazariy va 
amaliy ma`lumotlar etishmaydi. Shunga qaramay ular o`qish maktab pedagogik psixologiya fani uchun 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili AV.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib 
topishiga ijtimoiy-psixologik nuhtai nazardan yondashib, shaxsning shakllanishini quyidagi 
bosqichlarda amalga oshishini ta`kidlaydi: 
1, Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oyadingi davr) -tug`ilganidan 3 yoshgacha. 
2. Bolalik davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha, 
4. O`rta maktab yoshi (usmirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha- 
5. Yuqori sinf o`quvchisi (ilk o`spirinlik) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha. 
AV.Petrovskiyning tasnifi mukammal bulsa-da, kamolotning oraliq bosqichlarini, ularning o`ziga xos 
xususiyatlarini ifodalamaydi. Baholanki, usish ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksincha, qanday 
bo`lishidan qat`iy nazar, har ikkala yo`nalishning ham oraliq jabhalari bulishy ehtimoldan holi emas. 
Ma`lumki, har bir yosh davr, o`ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bo`larga: oilada va maktabda 
bola holatining o`zgarishi, ta`lim va tarbiya shakllarining o`zgarishi hamda bolaning yangi faoliyat 
turlari, organizmdagi ayrim xususiyatlarning etilishi singari jarayonlarni qiritish mumkin. 
Hozirgi zamon psixologiyasida yosh davrlarini shu nuhtai nazardan tabaqalash maqsadga muvofiqdir: 
1. Ilk bolalik davri -tug`ilgandan 3 yoshgacha; 
2. Bog`cha davri - 3 yoshdan 6, 7 yoshgacha; 


16 
3. Kichik maktab yoshi davri - 6, 7 yoshdan 10, 11 yoshgacha; 
4. O`rta maktab yoshi (usmirlik davri) - 10, 11 yoshdan 14, 15 yoshgacha; 
5. Ilk o`spirinlik (kollej va litsey o`quvchilari) 14, 15 yoshdan 17, 18 yoshgacha. 
Umuman, psixologlar tomonidan esh davrlarini 
tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodologik negizga ega bo`lgan qator nazariyallari ishlab 
chiqilgan. Hozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo`shib, uning nazariy va 
amaliy muammolarini hal qilishda muhim o`rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday bo`lsada, hozir 
ontogenezni to`la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyasini yaratish zaruriyati mavjuddir. 

Yüklə 446,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin