Budjet nazorati



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

5.
 
Byudjet nazoratining sub’ektlari va ob’ektlari 
Budjet ijrosi jarayonida nazorat va taftishning ob’ektlari moliya organi, 
davlat maqsadli jamg’armalari va budjet tashkilotlari hisoblanib, nazorat 
borasida ular quyidagilarga bo’linadi: 
1.
budjet daromadlari va xarajatlari
2.
budjet pul mablag’lari, budjet ssudalari; 
3.
hisoblashuvlar bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari; 
4.
budjet tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari; 
5.
moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar; 
6.
majburiyatlar va moliyaviy natijalar. 
Yuqorida keltirilgan ob’ektlarning 1-3 moliya organlari va davlat 
maqsadli jamg’armalariga taalluqli bo’lib, 4-6 budjet tashkilotlriga taalluqlidir. 
Budjet ijrosi jarayonida nazorat va taftishning sub’ektlari bo’lib: 
1.
Hisob palatasi; 
2.
Moliya vazirligi; 
3.
Davlat Soliq qo’mitasi; 
4.
Mustaqil auditorlik firmalari (shartnoma asosida). 
Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish vakolati O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligiga yuklatilgan bo’lib, nazoratning asosiy sub’ekti hisoblanadi. 
6. Byudjet nazorati faoliyatini rejalashtirish va ularni o’tkazishning 
hususiyatlari

Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati nazorat rejasiga ko’ra 
amalga oshiriladi va davlat moliyaviy nazorat organining qarori asosida 
o’tkaziladi. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga 
oshiruvchi mansabdor shaxs davlat moliyaviy nazorat organi qarorining ko’chirma 
nusxasiga va xizmat guvohnomasiga ega bo’lishi kerak. Yakuniy nazorat tarzidagi 
davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda davlat moliyaviy nazorat 
organlarining mansabdor shaxslariga qo’yiladigan talablar vakolatli organ 
tomonidan belgilanadi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan 
masalalarni ko’rib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa 
tashkilotlarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb etishga haqli. 
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati Byudjet kodeksining 
170-moddasiga muvofiq tasdiqlangan moliyaviy nazorat ob’ektlarini nazorat qilish 
rejasiga ko’ra yiliga ko’pi bilan bir marta amalga oshiriladi. 
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish 
muddati o’ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Zarur hollarda yakuniy nazorat 
tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish muddati davlat moliyaviy 
nazoratini tayinlagan tegishli davlat moliyaviy nazorat organining rahbari yoki u 
vakolat bergan shaxs tomonidan uzaytirilishi mumkin. 
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratining natijalari davlat 
moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxsi tomonidan: 


-
tekshirish va taftish natijalari bo’yicha tuziladigan hujjat — dalolatnoma; 
-
davlat moliyaviy nazorati natijalarini umumlashtiruvchi hujjat — jamlanma 
dalolatnoma;
-
o’rganish va nazorat tartibida tekshirish natijalari bo’yicha tuziladigan hujjat 
— ma’lumotnoma yoki xulosa; 
-
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan davlat moliyaviy 
nazorati natijalari bo’yicha tuziladigan hujjat — hisobot tarzida rasmiylashtiriladi. 
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir 
hujjatlar quyidagilar ko’rsatilgan holda rasmiylashtiriladi: 
-
rasmiylashtirilayotgan hujjatning turi; 
-
tekshirish o’tkazilgan joy, hujjat tuzilgan sana; 
-
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish uchun asos; 
-
davlat moliyaviy nazoratining turi va uni o’tkazish davri; 
-
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, 
ismi va otasining ismi; 
-
moliyaviy nazorat ob’ektining to’liq nomi, nazorat bilan qamrab olingan 
davr uchun mas’ul mansabdor shaxslarning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining 
ismi ular egallab turgan lavozimlarida ishlagan davr albatta ko’rsatilgan holda; 
-
moliyaviy nazorat ob’ektining joylashgan eri (pochta manzili), bank 
rekvizitlari; 
-
oldingi taftish (tekshirish) natijalari yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar 
haqidagi ma’lumotlar; 
-
davlat moliyaviy nazorati bilan qamrab olingan davr hamda uni o’tkazish 
uchun moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqidagi 
umumiy ma’lumotlar; 
-
taftish (tekshirish) jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari, normalari 
buzilgan qonun hujjatlari ko’rsatilgan holda. 
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir 
hujjatga davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish uchun asos bo’lib xizmat qilgan 
hujjatlarning ko’chirma nusxalari, davlat moliyaviy nazorati doirasida harakatlarni 
bajarish to’g’risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, jalb etilgan 
ekspertlar va mutaxassislarning xulosalari, nazoratni o’tkazish jarayonida davlat 
moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning so’roviga ko’ra 
olingan materiallar, shuningdek nazorat doirasida bajarilgan harakatlarni 
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qo’shib qo’yilishi lozim. 
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga qonun hujjatlari bilan, 
hujjatlar bilan yoki moliyaviy nazorat ob’ekti faoliyatining davlat moliyaviy 
nazorati 
jarayonida 
amalga 
oshirilgan 
tartib-taomillar 
natijalari 
bilan 
tasdiqlanmagan turli xil xulosalarni, taxminlarni va faktlarni, tergov 
materiallaridan ma’lumotlarni va moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxslari 
tergov organlariga bergan ko’rsatuvlarga havolalarni kiritishga yo’l qo’yilmaydi. 
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatda moliyaviy nazorat 
ob’ektining mansabdor va moddiy javobgar shaxslari harakatlariga huquqiy baho 


berilmasligi, 
shuningdek 
ularning 
qilmishlari, 
niyatlari 
va 
maqsadlari 
tavsiflanmasligi lozim. 
Byudjet kodeksi 184-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan 
ma’lumotlar ma’lumotnoma (xulosa) rasmiylashtirilayotganda majburiy emas. 
Davlat moliyaviy nazoratining natijalariga doir hujjatlar davlat moliyaviy 
nazoratini o’tkazgan mansabdor shaxslar, shuningdek moliyaviy nazorat 
ob’ektining mansabdor va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi. 
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor va mas’ul shaxslari davlat 
moliyaviy nazorati natijalariga rozi bo’lmagan taqdirda, hujjatni o’z e’tirozlari 
bilan imzolaydi hamda o’n kunlik muddat ichida e’tirozlarini davlat moliyaviy 
nazorat organiga yozma shaklda taqdim etadi. 
Moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan e’tirozlar o’n kunlik muddatda yozma 
shaklda taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir 
hujjat moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi hamda 
davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan uni amalga oshirish choralari ko’riladi. 
Moliyaviy nazorat ob’ekti sudga murojaat etgan taqdirda, o’zining sudga 
murojaat etganligini tasdiqlovchi hujjatni o’n kunlik muddatda davlat moliyaviy 
nazorat organiga taqdim etishi shart. Sud tomonidan moliyaviy nazorat ob’ektining 
murojaati xususida qaror qabul qilinguniga qadar davlat moliyaviy nazorat organi 
davlat moliyaviy nazorati natijalari bo’yicha rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli 
bandlarga tegishli qismi bo’yicha amalga oshirilishini to’xtatib turadi. 
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan 
ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to’liqligi davlat moliyaviy nazorat 
organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ta’minlanadi. 
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor shaxslari: 
-
davlat moliyaviy nazorati amalga oshirilishining maqsadi, boshlanish sanasi 
va davomiyligini bilishga; 
-
davlat moliyaviy nazorat organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan 
mazkur organ rahbarining qarorini va yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy 
nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi bir martalik guvohnomani
shuningdek shaxsiy guvohnomani talab qilishga; 
-
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish uchun asosga ega bo’lmagan 
shaxslarni davlat moliyaviy nazoratiga qo’ymaslikka; 
-
davlat moliyaviy nazorati natijalari yuzasidan shikoyat qilishga haqlidir. 
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor shaxslari: 
-
davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslari davlat moliyaviy 
nazoratini o’tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratishi; 
-
davlat moliyaviy nazorat organi va uning mansabdor shaxslarining qonuniy 
talablarini bajarishi, shuningdek davlat moliyaviy nazorat organi mansabdor 
shaxslarining qonuniy faoliyatiga monelik qilmasligi; 
-
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish vaqtida davlat moliyaviy nazorat 
organining mansabdor shaxslariga mazkur nazoratni amalga oshirish uchun zarur 
bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi hamda ularning ishonchliligi
xolisligi va to’liqligi uchun shaxsan javobgar bo’lishi; 


-
byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda foydalanilgan 
mablag’larning o’rni qoplanishini, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
etkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlashi 
shart. 
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi va ularning zimmasida boshqa 
majburiyatlar ham bo’lishi mumkin. 
Davlat moliyaviy nazoratini: 
-
moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi, erining 
(xotinining) qarindoshi bo’lgan; 
-
moliyaviy nazorat ob’ektida shaxsiy mulkiy manfaatlari bo’lgan; 
-
tekshiruv bilan qamrab olingan davrda moliyaviy nazorat ob’ektida ishlagan 
davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o’tkazish 
taqiqlanadi. 
Byudjet kodeksi 186-moddasining birinchi qismida ko’rsatilgan holatlar 
yuzaga kelgan taqdirda davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor 
shaxslari bu haqda davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan organning rahbarini 
yozma shaklda xabardor qilishi kerak. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin