-
davlat maqsadli dasturlari amalga oshirilishining to’liqligi va
samaradorligini baholash;
-
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag’larining
qonuniy shakllantirilganligini, maqsadli hamda samarali sarflanganligini nazorat
qilish va tekshirish;
-
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari o’rtasida
maqbul nisbatga erishishga doir takliflarni tahlil qilish hamda baholash;
-
davlat
aktivlari shakllantirilishini, ulardan samarali va
maqsadli
foydalanilishini tekshirish;
-
daromad keltiruvchi tarmoqlar korxonalari faoliyatini byudjet tizimi
byudjetlariga qo’shimcha tushumlar zaxiralarini aniqlashga yo’naltirilgan tarzda
tahlil va
nazorat qilish;
-
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi,
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun
xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblar jamg’armasi,
Qishloqlarni qishloq xo’jalik texnikasi bilan ta’minlashni davlat tomonidan
rag’batlantirish jamg’armasi va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa
jamg’armalarning mablag’lari tushumi va daromadlarining
shakllantirilishi,
ularning mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan tahlil va
nazorat qilish;
-
valyuta, eksport va import operatsiyalari o’tkazishning qonuniyligini,
shuningdek byudjet tizimi byudjetlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va
importidan majburiy to’lovlar bo’yicha mablag’lar tushumini nazorat qilish;
-
mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining o’rni qayta to’ldirilishi
va ular bilan
amalga oshiriladigan operatsiyalar ustidan nazorat qilish;
-
ichki va tashqi aktivlarni boshqarish bo’yicha hisobotlar va balans hisob-
kitoblarini tahlil qilish, mablag’lar va oltin-valyuta zaxiralarini chet el banklariga
va boshqa banklarga joylashtirish hamda qayta joylashtirishning asosli va samarali
ekanligini nazorat qilish;
-
davlat qarzini boshqarish samaradorligini tahlil qilish, unga o’z
vaqtida
xizmat ko’rsatilishi ustidan nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasi nomidan yoki
uning kafolati ostida jalb qilingan chet el kreditlari mablag’laridan samarali
foydalanish masalalari bo’yicha predmetli tekshiruvlar tashkil etish;
-
davlat mulki realizatsiya qilinishi bilan bog’liq masalalarni tahlil qilish va
ular bo’yicha nazoratni ta’minlash;
-
byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan maqsadli va samarali
foydalanilishi ustidan nazorat qilishga doir
vazifalar moliya organlari, shu
jumladan g’aznachilik bo’linmalari tomonidan bajarilishi samaradorligini tahlil
qilish;
-
davlat mulki ulushi bo’lgan korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyatini
dividendlar to’g’ri hisoblanishi va to’lanishi yuzasidan tekshirish.