Idoraviy nazorat – barcha vazirlik va qo’mitalar boshqaruv tuzilmasiga
kiruvchi nazorat va taftish bo’limlari yoki ichki audit boshqarmalari hisoblanadi.
Bu nazorat bo’g’inining ob’ektlariga barcha davlat korxona va tashkilotlari yoki
50 foizdan ortiq aksiyalari davlatga tegishshli aksiyadorlik jamiyatlari kiradi.
Mustaqil audit – mustaqil auditorlik firmalari va nodavlat sektori
korxonalari hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratni turlari, ko’rinishlari, shakllari va o’tkazish usullariga
ko’ra quyidagicha sinflashtirish mumkin.
Moliyaviy nazorat tizimi bloklari – uch turga bo’linadi ya’ni, moliyaviy-
budjet nazorati, ichki moliyaviy–xo’jalik nazorati va mustaqil audit.
1.Moliyaviy-budjet nazorati – davlat budjeti smetalarining daromad va
xarajatlarini tekshiradi. Buni Moliya vazirligining nazorat va taftish bosh
boshqarmasi amalga oshiradi.
2.Moliyaviy-xo’jalik nazorati, ichki nazorat – korxona, tashkilot va
birlashmalarning xo’jalik yuritish faoliyati va moliyaviy hisobotlarining
xaqqoniyligini tekshirish. Buni yuqori tashkilotlarning nazorat va taftish
boshqarmalari yoki bo’limlari yoxud ichki audit tizimi amalga oshiradi.
3.Mustaqil audit – Moliyaviy hisobotlarining xaqqoniyligini aniqlash. Buni
maxsus litsenziyaga ega mustaqil auditorlik firmalari bajaradi.
Moliyaviy nazorat iqtisodiy sub’ektlari bo’yicha ko’rinishlari- 1.
Davlat nazorati.
2.
Idoraviy nazorat.
3.
Ichki xo’jalik nazorat.
4.
Jamoaviy nazorat.
5.
Mustaqil nazorat.
Manbaalariga binoan – 1.Hujjatli.
2. Xaqiqiy.
3. Avtomatlashgan.
Xajmiga binoan – 1.
To’la yoki qisman
2.
Kompleks yoki aniq mavzu bo’yicha.
3.
Tanlov asosida yoki barcha jabhalar bo’yicha.