Yuqorida keltirilgan ob’ektlarning 1-3 moliya organlari va davlat maqsadli
jamg’armalariga taalluqli bo’lib, 4-6 budjet tashkilotlriga taalluqlidir.
Budjet ijrosi jarayonida nazorat va taftishning sub’ektlari bo’lib:
5.
Hisob palatasi;
6.
Moliya
vazirligi;
7.
Davlat Soliq qo’mitasi;
8.
Mustaqil auditorlik firmalari (shartnoma asosida).
Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish vakolati O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligiga yuklatilgan bo’lib, nazoratning asosiy sub’ekti hisoblanadi.
Budjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – budjet ijrosini amalga
oshirish va natijalarini shakllantirishni xaqqoniyligini aniqlash va tahliliy
axborotlarni shakllantirishdan iborat bo’lib quyidagi vazfilarni o’z ichiga oladi:
9.
Budjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning
ma’lumotlari xaqqoniyligini aniqlash;
10.
Budjet
ijrosi
jarayonida
muomalalarni
to’liq
va to’g’ri
xujjatlashtirilishini aniqlash;
11.
Davlat maqsadli jamg’armalari budjeti
daromadlari va xarajtlarini
rejalashtirish hamda uni ma’lumotlarini xaqqoniyligini aniqlash
12.
Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish
holati va haraktini to’g’riligini aniqlash;
13.
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini
amalga oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to’g’riligini tekshirish;
14.
Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy
natijalar to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirilishini tekshirish;
15.
Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to’g’ri
umumlashtirilishi va hisobtlarni xaqqoniyligini tekshirish;
16.
Tekshiruv natijalarini umumlashtirish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va xududiy moliya organlari
yuqoridagi vaziflarni amalga oshirish chog’ida
davlat budjetining ijrosini
nazorat qiladi va quyidagilarga e’tibor qaratadi:
6.
Budjetlar ijrosi yakunlarini ko’rib chiqadi;
7.
Budjetlarga mablag’lar tushumi to’g’risida soliq va bojxona organlaridan,
davlat maqsadli jamg’armalari organlaridan axborotlar oladi;
8.
Budjet tashkilotlaridan budjet va budjetdan tashqari mablag’larning tushumi va
sarflanishi to’g’risida ma’lumotlar talab qilib oladi;
9.
Qonun xujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag’lari harakati to’g’risida
ma’lumotlar oladi;
10.
Budjet mablag’larini oluvchilarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini auditdan
o’tkazadi.
Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni budjet ijrosi
jarayoni ustidan nazoratni ta’minlab beradi. Tekshirish
tasdiqlangan dasturga
muvofiq amalga oshiriladi. Tekshirishlarni o’tkazishda quyidagilarga e’tibor
qaratish zarur:
•
smeta-moliya hujjatlarini, bunda budjet mablag’laridan qonunchilikka va
budjet mablag’larining tejamli yo’naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga erishgan
holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o’rganishni amalga oshirish;
•
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston
Respublikasi vazirliklari,
idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo’limlarida xarajatlar
smetasini ko’rib chiqish, tasdiqlash va o’z vaqtida tashkilotlarga etkazish
bo’yicha ishlarni to’g’ri tashkillashtirishga erishish;
•
daromadlarning to’liq hisobi, pul mablag’larining o’tuvchi qoldiqlari, bu
mablag’lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, budjetdan
tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetasining tuzilishining
qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini e’tiborga olish;
•
smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etishda tezkor
holda chora-tadbirlarni qo’llash, smeta xarajatlari bo’yicha aniqlangan ortiqcha
ajratilgan mablag’lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar bergan holda
o’z vaqtida budjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish.
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari va
idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo’limlarida smetani rejalashtirish
holatini tekshirish natijalari bo’yicha zarur hollarda O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashiga,
tegishli hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo’qotish bo’yicha
takliflar berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag’lar summasini xarajatlar
smetasi bo’yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin.
Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to’g’ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o’z
vaqtida etkazilishi bo’yicha tekshirish natijalari O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va hududiy moliya organlarida muntazam umumlashtiradi va ko’rib
chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar
qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: