Budjet nazorati


- Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

2- Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl).
Xarajatlar 
smetasining ijrosi haqidagi hisobotni tekshirishda quyidagilarga amal 
qilinganligi aniqlanadi:


-
tasdiqlangan 
xarajatlar 
smetalariga 
belgilangan 
tartibda 
kiritilgan 
o’zgartirishlarning Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi 
yo’riqnoma (ro’yxat raqami 2169, 2010 yil 22 dekabr) (O’zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlari to’plami, 2010 yil, 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 294-
son shakldagi kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftariga (keyingi 
o’rinlarda 294-shakl daftari deb yuritiladi) to’g’ri yozilganligini; 
-
hisobot davri uchun budjetdan moliyalashtirilgan mablag’larni tasdiqlangan 
xarajatlar smetalariga muvofiq holda (kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan 
holda) amalga oshirilganligini (tegishli memorial orderlar, 294-shakl daftari va 
boshqa hisob registrlari asosida); 
-
hisobot choragida amalga oshirilgan kassa xarajatlarining (G’aznachilik 
bo’linmalari orqali amalga oshirilgan to’lovlarning) to’g’riligini (tegishli memorial 
orderlar, 294-shakl daftari va boshqa hisob registrlari asosida); 
-
haqiqiy xarajatlarning hisob registrlariga to’g’ri yozilganligini (tegishli 
memorial orderlar va 294-shakl daftari ma’lumotlari asosida). 
“Tasdiqlangan (aniqlangan) reja” ustuniga xarajatlar smetasiga 
o’zgartirishlarni hisobga olgan holda belgilangan reja iqtisodiy xarajatlar 
tasnifining tegishli xarajat moddalari bo’yicha ko’rsatiladi. 
“Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan” ustuni bo’yicha tashkilotlarga 
budjetdan xarajatlar smetalariga muvofiq yil boshidan o’sib boruvchi tartibda 
moliyalashtirilgan mablag’lar (294-shakl daftari ma’lumotlari asosida) xarajatlar 
tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha 
solishtiriladi. (4-guruhning xarajat moddalaridan tashqari). 
Davlat budjetining g’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlar ushbu ustun 
bo’yicha yil boshidan o’sib boruvchi tartibda g’aznachilik bo’linmalari orqali 
amalga oshirilgan to’lovlarni ko’rsatishlari kerak.. 
“Kassa xarajati-jami” ustunida tashkilotning budjet mablag’lari bo’yicha 
depozit hisob raqamidan xarajatlar smetalarida ko’zda tutilgan maqsadlar uchun 
o’tkazilgan mablag’lar yil boshidan o’sib boruvchi tartibda (294-shakl daftari 
ma’lumotlari asosida) xarajatlar iqtisodiy tasnifining hisobot shaklida keltirilgan 
xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha solishtiriladi. 
Davlat budjetining g’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlar ushbu ustun 
bo’yicha yil boshidan o’sib boruvchi tartibda g’aznachilik bo’linmalari orqali 
amalga oshirilgan to’lovlarni ko’rsatadilar. 
“Haqiqiy xarajatlar-jami” ustunida haqiqiy xarajatlar (Budjet bo’yicha) yil 
boshidan o’sib boruvchi tartibda (294-shakl daftari ma’lumotlari asosida) 
xarajatlar iqtisodiy tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va 
moddalari bo’yicha solishtiriladi. 
Budjet mablag’lari hisobidan sotib olingan asosiy vositalarga hisoblangan 
eskirish summasi xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da 
xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 «Asosiy vositalarni sotib olish» xarajat 
moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo’yicha haqiqiy xarajatlar 
sifatida aks ettirilishi kerak.. 


Bunda, budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan sotib olingan asosiy 
vositalar bo’yicha hisoblangan eskirish summasi esa, tegishli ravishda budjetdan 
tashqari mablag’larning harakati to’g’risidagi hisobotlarda xarajatlar iqtisodiy 
tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining 
tegishli kichik modda va elementlari bo’yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks 
ettiriladi. 
Budjet tashkiloti bo’lmagan budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar 
tomonidan budjetdan olingan mablag’larning ijrosi bo’yicha tuzilgan xarajatlar 
smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da xarajatlar iqtisodiy tasnifining 
tegishli moddalari, kichik moddalari va elementlari bo’yicha amalga oshirilgan 
kassa xarajatlaridan oshmagan holda haqiqiy xarajatlarni to’liq aks ettirilganligi 
aniqlanishi kerak. 
Asosiy xarajatlar smetasi bo’yicha moliyalashtiruvchi tegishli moliya 
organiga mazkur hisobotlarning nusxalari ma’lumot uchun takdim qilinadi. 
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) xarajatlar tasnifining 
har bir bo’lim, kichik bo’lim va bobi bo’yicha alohida holda tuziladi. 
Budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisob raqamlaridagi (shaxsiy 
hisobvaraqlaridagi) tejab qolingan va belgilangan tartibda Budjet tashkilotini 
rivojlantirish jamg’armasi hisob raqamiga o’tkazilgan budjet mablag’lari alohida 
“Tejab qolingan va Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasiga 
o’tkazilgan mablag’lar” (I - IV xarajat guruhlariga qo’shilmagan holda) qatorida 
hisobot davrining kassa xarajatlari sifatida aks ettirilishi kerak. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin