“Jami qarzdorlik” ustuni bo’yicha tashkilotning budjet va budjetdan
tashqari mablag’lari hisobidan hisobot davriga mavjud debitorlik va kreditorlik
qarzlarning jami summasi ko’rsatiladi.
“Budjet hisobidan” ustunida budjet mablag’lari bo’yicha yuzaga kelgan
qarzdorlik ko’rsatiladi. “Budjetdan tashqari mablag’lar” ustunida esa, budjetdan
tashqari mablag’lari bo’yicha vujudga kelgan jami qarzdorlik summasi
ko’rsatiladi.
Agarda, yuzaga kelgan debitorlik qarzni budjet va budjetdan tashqari
mablag’lar hisobiga aniq ajratishning imkoni bo’lmasa, u holda ushbu debitorlik
qarz budjet mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari
summasidan oshmagan holda budjet mablag’lari hisobidan ko’rsatiladi.
Debitorlik qarzning qolgan (budjetdan oshgan) qismi budjetdan tashqari
mablag’lar hisobiga yoziladi.
Agarda, yuzaga kelgan kreditorlik qarzni budjet va budjetdan tashqari
mablag’lar hisobiga aniq ajratishning imkoni bo’lmasa, u holda ushbu
kreditorlik qarz budjet bo’yicha qoldiq limit mablag’i doirasida iqtisodiy
xarajatlar tasnifining tegishli moddasi bo’yicha budjet hisobidan ko’rsatiladi.
Kreditorlik qarzning qolgan (budjet limitidan oshgan) kismi budjetdan tashqari
mablag’lar hisobiga yoziladi.
“Shundan muddati o’tgan qarzdorlik – jami” ustunida “Jami qarzdorlik”
ustunida ko’rsatilgan qarzdorlikdan muddati o’tkazib yuborilgan, qonun
hujjatlarida belgilangan muddatlarda so’ndirilmagan qarzning umumiy
summasi, “Budjet hisobidan” ustunida budjet mablag’lari hisobiga vujudga
kelgan qismi, “Budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan” ustunida esa, budjetdan
tashqari mablag’lari hisobiga vujudga kelgan qismi ko’rsatiladi.
“Shundan Respublika tashqarisida”» ustunida muddati o’tgan
qarzdorlikning O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi qismi
ko’rsatiladi.
“Izoh” ustunida qo’shimcha izohlar keltiriladi.
Zarurat tug’ilgan taqdirda tashkilotlarga hamda hisobot oluvchilarga
(tegishli moliya organlariga) ushbu hisobot shaklida hisobot oluvchilar
tomonidan qarzdorlik bo’yicha talab qilingan qo’shimcha ma’lumotlar olish
imkonini beruvchi qo’shimcha rekvizitlar qo’shish huquqi beriladi.
Dostları ilə paylaş: