Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


ideografik  (grekcha “idea-tushuncha”,”grafo-yozaman”) yozuv paydo bo‘ldi. Yozuvning bu  turi  logografik yozuv



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

ideografik 
(grekcha “idea-tushuncha”,”grafo-yozaman”) yozuv paydo bo‘ldi. Yozuvning bu 
turi 
logografik yozuv
deb ham yuritiladi. (“logos-so‘z”, “grafo- yozaman”). 
Negaki, bunday yozuvdagi ramzlar narsa- buyumlarni aks ettirib qolmay, tildagi 
so‘zlarni ham ifodalaydi. 
Ushbu yozuvda ma’lumot ma’nosini shakllar bilan aks ettirish qiyin 
bo‘lgan logogrammalar orqali yetkaziladi. 
Logografik yozuvning piktografik yozuvdan quyidagi afzalliklari bor. 
a) logografik yozuv xabar qilinishi lozim bo‘lgan mazmunni ancha 
mufassal aks ettiradi. 
b)piktografik yozuvda so‘z tartibi va so‘zshakllari noaniq, logografik 
yozuvda esa aniq bo‘ladi. 
v)piktografik yozuvda subyektivlikka, ixtiyoriylikka yo‘l qo‘yiladi, 
logografik yozuv esa barqaror logogrammalardan tashkil topgan. 
Logografik yozuvning bir oz mukammallashgan shakli 
ieroglifik yozuv
dir. 
Ieroglif grekcha “ierogliv” so‘zidan olingan bo‘lib, “muqaddas yozuv “ degan 
tushunchani anglatadi. Bu yozuvdan qadimgi Arabistonda keng foydalanilgan. 
Ushbu yozuvlar ifoda etilayotgan narsa-buyum xususiyatlarini imkon qadar aks 
ettiradi. Ieroglifik yozuv mavhum tushunchalarni ifodalay olishi bilan o‘zidan 
oldingi yozuvlardan farqlanadi.
Yozuvning yuqorida qayd etilgan turlari ancha murakkab. Ularda fikr va 
ma’lumot ifodalash imkoniyati juda tor. Shuning natijasi o‘laroq, yozuvni oson, 
qulay shaklga keltirish ehtiyoji tug‘uladi. Yozuvni soddalashtirish quyidagi yo‘llar 
orqali amalga oshirildi.
1.Tushunchani yangi shakllar bilan berish o‘rniga, mavjud 
logogrammalar yoki ierogliflar majmuasi orqali ifodash.
2. Logografik yozuvni soddalashtirishning ikkinchi yo‘li so‘zlarning 
grammatik shakllariga taalluqlidir. Masalan, logogrammalarni o‘zak sifatida 
qoldirib, grammatik ma’nolar uchun yangi logogrammalar o‘ylab topish, ularni 
o‘zak logogrammalar ma’nosiga qarab qo‘shish.
3. Yozuvni soddalashtirishning eng unumli va ma’qul usuli fonografik 
yozuvga o‘tish edi. Bunday yozuv tilning grammatik qurilishini ifodalab qolmay, 
uning fonetik tuzilishini, ya’ni so‘zning tovush tarkibini ham aks ettiradi.
Yozuvning dastlabki ko‘rinishlari bo‘lgan piktografik, ideografik, ieroglifik 
yozuvlardan keyin yozuvning yangi bosqichi –
fonografik 
(yun. «phane» – 
tovush, 
«graphe» – 
yozaman) 
yozuvga – avvalo, ayrim bo‘g‘inlarni, keyinroq ayrim 
tovushlarni biror belgi bilan ifodalash usuliga o‘tildi. Fonetik yozuvning kelib 
chiqishi qadimgi Finikiya yozuvi bilan bog‘liq. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin