(subsistema) sifatida talqin qilishga urinsalar-da, yozuv tizimlari til tizimi kabi ishlamaydi: masalan, grafema fonemani aks ettiradi, deb qaralsa-da, aksariyat alfvitlar bosh harf va kichik harfdan foydalanadi. Mohiyatan olganda “A” grafemasi va “a” bitta fonemani aks ettiradigan allograf hisoblanadi. Uchinchidan, til doimo o‘zgarib turadi, yozuv esa an’analarga rioya qiladi. To‘rtinchidan, yozuv tizimlari rahbarlar tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Kamol Otaturk Turkiyaning ozchilikni tashkil etuvchi aholisiga o‘z tillarida gapirishni to‘xtatib, faqat turk tilida so‘zlashishni buyura olmasdi. Ammo u 1928 yilning 3 noyabridan boshlab turk tili arab emas, roman alfavitida yozilishini belgilab berdi. Nux Vebstr amerikaliklarga infinitvlarni qo‘shmasdan so‘zlashni ayta olmadi, ammo u “colour” kabi so‘zlarda “u”ni tushirib qoldirishni tavsiya qildi. Yozuv tizimlari ularning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib tahlil qilinishi lozim. Asrlar osha ularda ro‘y bergan o‘zgarish juda ko‘plab tadqiqotchilarni jalb etgan va ular bo‘yicha tarixiy hujjatlar mavjud. Ayni o‘rinda yozuvning kelib chiqishi va grafik shakllarning fonologik shakllar bilan aloqasiga e’tibor qaratiladi. Odatda, yozuv tizimlarining uch xil ko‘rinishi farqlanadi: logografik, bo‘g‘inli (sillabari), alfavit. Bu ketma-ketlik yozuv tizimlarining rivojlanish tarixini ham aks ettiradi. Barcha yozuv tizimlari oxiri alfavit bosqichida tugaydi, chunki alfavit yozuvi “eng yaxshi” hisoblanadi. Ammo Finikiya tili va boshqa shioliy-g‘arbiy semit tillari bo‘g‘inni aks ettiradi, degan qarash bo‘lsa-da, finikiya tili aynan bo‘g‘inni ifodalamaydi.