Nutqning jamiyatdagi koʻrinishlari turlichadir. Regional variatsiya. Quyida britaniya television kanali orqali efirga uzatilgan diologni keltiramiz: Bir kishi benzin quyish shaxobchasiga kirdi. Xizmat koʻrsatuvchi: Bizda oʻz-oʻziga xizmat. Xaridor: Rahmat, menga benzin (petrol) kerak emas. Xizmat koʻrsatuvchi: Juda soz! Bizda undan qolmagan, faqat benzin (gas) bor. Ushbu kichik suhbat qiziq tuyulyaptimi? Chunki ularning har ikkisi ham bir narsani – benzinni nazarda tutdilar. Britaniyalik ingliz xaridor benzin soʻzini petrol soʻzi bilan ifodalasa, amerikalik xizmat koʻratuvchi benzin soʻzini gas soʻzi bilan ifodalagan. Shunga oʻ xshash misollarni keltiramiz: Britaniyaliklar shim (trousers) kiyadilar, xonadon(flat)da yashaydilar, doʻkonlarga (shops) shirinliklar (sweets) xarid qilishga boradilar. Amerikaliklar esa shim (pants) kiyadilar, xonadonda (apartments) yashaydilar, doʻkonlarga (stores) shirinliklar (candies) xarid qilishga boradilar. Mamlakatlarning joylashuviga koʻra, inglizlar oʻz ona tillarida gaplashadilar. Britaniyadagi ingliz tili (ingliz, irland, shotland) tillari Amerika, Kanadiya, Avstraliya ingliz tiisidan farqlanadi, biroq bularning oʻz ichida ham koʻplab lahjalar mavjud. Bir qancha mamlakatlar, jumladan, ingliz koloniyalari borib qolgan davlatlarda, masalan, Hindiston yoki Gongkon (Osiyo) va Nigeriya yoki Keniya (Afrika)da ingliz tili rasman ikkinchi til hisoblanib, mahalliy aholi oʻz ona tilisi bilan birgalikda bu tildan ham foydalanadi. Ushbu variatsiyalar fonetik-fonologik, leksik, leksikografik,