86
Tilshunoslik fanining tarixida tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati kabi eng
muhim masalalarni o‘rganishda turli nazariyalar va oqimlar mavjud bo‘lgan.
A.Shleyxer tilning tabiati, tilning biologik tabiati to‘g‘risida, G.Paul
til faqat
individga xos hodisa ekanligi haqida, Vundt xalq psixologiyasi bilan til o‘rtasidagi
munosat to‘g‘risida ilmiy ishlar olib borishgan va bir qancha asarlar yozishgan.
Tilning belgilari uni aloqaning boshqa vositalaridan farqlash, tilni ijtimoiy
hodisa sifatida xarakterlash imkonini beradi. Umuman, til kishilik aloqa-
munosabatining eng muhim vositasi sifatida jamiyat bilan uning madaniyati,
turmush va mehnat faoliyatida tildan keng va har tomonlama foydalanib
kelayotgan barcha a`zolari bilan uzviy aloqada bo‘lib kelmoqda.
Tilning
jamiyatdagi bu vazifasini uning jamiyat, kishi ongi va fikrlash qobiliyati bilan
aloqasini aniqlamay turib, til sistemasi, uning birliklari va kategoriyalarini chuqur
anglab bo‘lmaydi. Kishilar o‘zaro aloqada o‘z fikrlarini, istaklarini, sezgi va ruhiy
kechinmalarini ifoda qilib, bir-birlariga ta`sir qiladilar, bir-birlarini tushunadilar.
Tilning jamiyatda aloqa quroli vazifasini bajarishi uning kommunikativ
funksiyasidir. Bundan tashqari til ekspressiv va akkumulyativ funksiya bajaradi.
Til boshqa kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji tufayli paydo bo‘lgan. Bu
ehtiyojning kishilar jamiyat sohalari va inson
faoliyatida yuz beradigan
o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi tilda, birinchi navbatda, tilning lug‘at qismida
o‘z aksini topadi. Demak, til tabiiy va biologik hodisa emas, tilning paydo bo‘lishi
va rivojlanishi tabiat qonunlariga bo‘ysunmaydi.
Tilning ijtimoiy tabiati uning ayrim shaxsda emas, balki jamiyatda
mavjudligini taqozo etadi. Til jamiyat tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning taqdiri
ham jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog‘liq.
Til ijimoiy hodisadir. Ijtimoiy hodisa sifatida
tabiiy hodisalardan ajralib
turadi. Masalan, kishilarning tabiiy-biologik va fiziologik xususiyatlari(ovqat
yeyishi, nafas olishi, rivojlanisi va hokazo) tabiat qonunlariga muvofiq, jamiyatga
bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda so‘zlashish va fikrlashish
uchun kishilik jamiyati bo‘lishi shart. Shuning uchun ham til tabiiy hodisalardan
farqli o‘laroq, kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladigan
ijtimoiy hodisadir.
Ko‘rinadiki, til o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy hodisadir.
Tilshunoslik fanining asosiy muammolaridan biri tilning ichki qurilishini
o‘rganishdir. Har qanday til fonetik tuzilishi, grammatik qurilish va lug‘at
tarkibidan tashkil topadi. Tilning ushbu tarkibiy qismlari muayyan qonuniyatlar
asosida o‘zaro bog‘lanib,
butun tilni hosil qiladi, til mazkur birikmalar negizida
uzviy bog‘langan tizimni tashkil etadi. Ichki qurilishi jihatidan til ma`lum
miqdordagi o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan til birliklarining yig‘indisi va ana
shu birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab tizimdir. Til
tizimini tashkil etuvchi birliklarning o‘zaro munosabati va bog‘lanish qonuniyatlari
murakkab hamda ko‘p qirralidir. Garchi til yaxlit tizim bo‘lsa-da, bu tizim o‘ziga
xos jihatlarga ega bo‘lgan, til tizimining tarkibiy qismlari hisoblangan sathlar
birligan iborat. Har bir sathning o‘z birliklari va tushunchalari bo‘lib, ular bir-
biridan farqlanib turadi. Masalan, fonetik-fonologik sath lug‘at sathidan, lug‘at
87
sathi grammatik sathdan farqlanadi. Ammo, ushbu sathlar o‘zaro bog‘liq ravishda
butun til tizimini tashkil etadi. Til tizimini tashkil etgan asosiy sathlar quyidagilar:
1.
Fonetik-fonologik sath.
2.
Lug‘at sathi.
3.
Grammatik sath.
Dostları ilə paylaş: