88
boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydigan til birligidir. Masalan,
tup-tub; quy-qo‘y; sut-
sud
so‘zlari fonemalar yordamida farqlanadi. Tarkibidagi birgina fonema bilan farq
qiluvchi so‘zlar
kvaziomonimlar
deb yuritiladi. Tildagi barcha fonemalar bir-biriga
nisbatan ma`lum ko‘lamda bo‘ladi. Fonemalarning bog‘lanishi, o‘zaro munosabati
fonologik tizimni tashkil etadi.
Fonologiya tovushlar bilan bog‘langan, biroq u ma`noga ta`sir
etmaydigan kichik farqlanishlarni kuzatmaydi. Quyida ikki so‘zlovchi nutqini
kuzatamiz: bir so‘zlovchining “Ssh!”(Jim bo‘ling ma`nosida) va boshqa
so‘zlovchining ayni “Ssh!”ni boshqacha talaffuz qilishi fonolog olimni
qiziqtirmaydi.
Dostları ilə paylaş: