Barcha tovushlar farqlanadi, xuddi odamlarning qo‘l yozuvlaridek. Fonologiya bunday farqlanishlarni kuzatmaydi. Fonologiya “sh” (shoe so‘zidagidek) va “s” (Sue so‘zidagidek) tovushlari orasidagi farqlanishlarga e`tibor qaratadi. Fonologiyaning birligi – fonema. 17 Vengr tilida talaffuz qilish juda oson, chunki bir harf bitta tovushga to‘g‘ri keladi. Istisnoli holatlar venger tilida ham kuzatiladi. –sd bilan tugovchi vengr so‘zlari, masalan, mosd, lásd, nevesd, üsd so‘zlari “sh” tovushiga o‘xshab, ya`ni “zh” tarzida talaffuz qilinadi: mozsd, lázsd, nevezsd, üzsd. 18 Vengr tilidagi mozsd so‘zini tovush jihatidan tahlilga tortamiz. Bunda eng so‘nggi tovush “sh” talaffuz etilmaydi. Chunki undoshdan so‘ng yana bir undosh kelib qo‘shilgan mos+d, shuning uchun ikkinchi undoshni talaffuz etish imkoniyati yo‘q. Bunda (/S/) tovushi ham, (/D/) tovushi ham shovqinli tovush hisoblanadi, shuning uchun vengr tilida bu tovushlar yonma-yon kelganda /Z/ tarzida talaffuz etiladi. Bunday holat inglliz tili uchun ham xosdir. Masalan, biror /sh/ tovushi bilan tugagan so‘zni olaylik, aytaylik wash (yuvmoq) so‘zi bo‘lsin. Uning o‘tgan zamondagi shaklini hosil qilish uchun /ed/ shaklidan foydalaniladi (washed - yuvdim). Bunda talaffuzda qiyinchiliklar yuzaga keladi, ya`ni /sh/ tovushi shovqinli, /d/ esa ovozdor tovushdir. Ingliz tili ona tilisi hisoblangan inglizlar wazhed yoki washt tarzida talaffuz qilinadi. Ingliz tilida R`s tovush birikmasi talaffuzi vengr tilidan farqlanadi.