Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki, bu tovushlar nemis hamda fransuz tillarida ham boshqacha talaffuz qilinadi. Ingliz tilining ba`zi shevalarida esa umuman talaffuz qilinmaydi. Agar hip-hop musiqani sotib olsangiz (internet orqali) yoki musiqaning nomiga qarasangiz, albatta, brotha, sista, ganxta kabi so‘zlarni ko‘rasiz, ushbu so‘zlar brother, sister va gangster so‘zlarining alternative talaffuzidir. Yoki singers so‘zini singaz tarzida talaffuz etishadi, ya`ni so‘z oxiridagi r`s talaffuz qilinmaydi. Bu holat barcha ingliz dialektlari uchun xos emas. Fikrni isbotlash uchun tajriba o‘tkazamiz. Quyida misollarga e`tibor bering: Four. Four people. Four animals.(To‘rt, to‘rt odam, to‘rt hayvon) 17
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-B.26
18
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-B.28
89
Agar Angliyaning janubida yashaydigan odamdan shu gaplarni talffuz qilib berishini so‘rasangiz, /r/ tovushini faqat oxirgi gapda talaffuz qilinganini payqaysiz. R tovushi, odatda, undoshlar oldidan talaffuz qilinmaydi, unlilar oldidan talaffuz qilinganda /Q/ tovushiga o‘xshash tovush eshitiladi. Aksincha, Amerika Qo‘shma shtatlarida istiqomat qiluvchi kishilar esa har uchala gapda ham r tovushini talaffuz etadilar. Umuman, amerikaliklar har bir r tovushini talaffuz etadilar. 19 Venger tilida ba`zi so‘zlar –ban qo‘shimchasi, ba`zilari esa –ben bilan