tugaydi: HázBAN, lekin kézBEN; hóBAN, biroq vízBEN, lekin kínBAN va hídBAN. (-kin va –híd so‘zlari bundan mustasno). Qoidaga ko‘ra, “é”, “e” va “i” tovushlaridan so‘ng –ben qo‘shimchasi, “u”, “o” va “a” tovushlaridan so‘ng esa -ban tarzida qo‘shimcha qo‘shiladi. Tovush va fonemalar unli va undosh tovushlarning belgisi sifatida gavdalanadi. 20 Lug‘at sathi Tilning lug‘at sathi tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarning yig‘indisidan iborat.
Lug‘at sathi tilning fonetik-fonologik va grammatik sathlaridan har doim o‘zgarib
va rivojlanib turishi bilan ajralib, farqlanib turadi. Fan, texnika, madaniyatning
rivojlanish jarayoni lug‘at sathining doimiy o‘zgarib turishini taqozo etadi. Shunga
ko‘ra, tilning lug‘at sathi paydo bo‘lishi va qo‘llanilishi doirasi jihatdan bir-biridan
farqlanadigan bir necha qatlamlardan tashkil topadi. Lug‘at sathining asosiy birligi
hisoblangan so‘z yordamida kishilar predmet va hodisalarni ifodalaydilar; gapda
esa so‘zlar o‘zaro birikib fikr ifodalash imkoniyatini yaratib beradi. Lug‘at sathini
leksikologiya o‘rganadi. So‘zning ta`rifi, so‘z va predmet, so‘z va tushuncha,
lug‘atning o‘zgarishi, so‘zlarning bir-biri bilan munosabati, lug‘atning qatlamlari
kabi muammolar leksikologiya o‘rganadigan asosiy masalalar hisoblanadi.
So‘zlarning boshlang‘ich ma`nosi va shaklida bo‘lgan o‘zgarishlarni
etimologiya ,
lug‘at va uning tuzilishini
leksikografiya , so‘zning ma`nosi va uning taraqqiyotini
semasiologiya o‘rganadi. Frazeologizmlar leksikologiya bilan bog‘liq holda
o‘rganiladi.
Tilning lug‘at tarkibi bir nechta nuqtayi nazardan o‘rganilishi mumkin.
Tilning lug‘at qatlamini tarixiylik nuqtayi nazaridan o‘z va o‘zlashgan so‘zlarga
ajratish mumkin. Har bir tilda o‘z qatlam so‘zlari bilan bir qatorda o‘zlashgan
qatlam so‘zlari ham uchraydiki, bu tilning mavqeyi, ijtimoiy-tarixiy jarayon,
xalqlar va tillar o‘rtasidagi turli munosabatlar ta`siri bilan izohlanadi. Lug‘at
qatlamining ma`lum qismi sheva so‘zlaridan iborat. Sheva so‘zlari asosiy aloqa-
munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi. Sheva so‘zlarining adabiy til lug‘atini
boyitishda alohida o‘rni bor. Tilning lug‘at tarkibi iste`mol darajasi nuqtayi
nazaridan ham turlichadir. Bu jihatdan faol va kam ishlatiladigan so‘zlar
farqlanadi. Bu borada quyiroqda, “Tilshunoslik va uning bo‘limlari” da (o‘zbek tili
misolida) batafsil to‘xtalamiz.
19
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-B.29-30
20
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-B.30
90
Tilning lug‘at boyligini oshiruvchi asosiy manba so‘z yasalishi, shevalardan
so‘z olish, so‘zning ma`no taraqqiyotidagi o‘zgarishlar va ma`no ko‘chirishlar
hisoblanadi.