Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)
Fonetik-fonologik sath. Tilning bu sathi til tizimidagi nutq tovushlarini o‘rganadi. Fikr almashish
uchun foydalaniladigan so‘zlar va gaplar, albatta, tovush lar tizimida o‘z ifodasini
topadi. Tilning tovush tizimini turli tomondan o‘rganish mumkin, chunki nutq
tovushlari o‘z tabiatiga va til tizimida bajaradigan funksiyasiga ko‘ra murakkab
hodisadir. Inson nutqining tovushlari fizik xususiyatlariga ko‘ra tabiatda paydo
bo‘ladigan tovushlarning bir turidir. Shuning uchun tovushlar tizimini o‘rganishda
akustik nuqtayi nazardan ham yondashiladi. Ammo, inson foydolanadigan
tovushlar, tabiatdagi boshqa tovushlardan farqli o‘laroq, kishining nerv sistemasi
tomonidan boshqarilib turadigan nutq organlari mahsulidir. Shuning uchun,
tovushlar fiziologik nuqtayi nazardan ham o‘rganiladi. Nihoyat, tovushlarni tildagi
bajaradigan funksiyasi nuqtayi nazaridan ham o‘rganish mumkin, chunki tovushlar
tilda o‘z holicha mavjud bo‘lmaydi. Ular so‘zlarni yasashda va fikr almashish
vositasini ta`minlab berishda muhim rol o‘ynaydi. Tovushlarning fizik va biologik
xususiyatlarini fonetika fani o‘rganadi. Tovushlarning til tizimida bajaradigan
funksiyalarini esa fonologiya o‘rganadi. Fonetikaning bir necha ko‘rinishlari bor:
nazariy fonetika, amaliy fonetika, segmental, supersegmental fonetika va fonologiya. Fonetikaning to‘rtinchi asosiy sohasi hisoblanmish fonologiya alohida fan
sifatida qaraladi.
Fonetika tilning boshqa qismlari va sathlari bo‘lgan morfologiya va
sintaksis, leksika va uslubiyat bilan uzviy bog‘liqdir. Nutq fonetik jihatdan
fraza, takt, bo‘g‘in va nutq tovushlari ga ajraladi.
Fraza nutqning eng katta fonetik
birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib, o‘ziga xos ohangga ega
bo‘ladi. Frazalar taktdan tashkil topgan bo‘ladi. Frazaning ikki kichik pauza
orasiga joylashgan va yagona urg‘u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir nechta
bo‘g‘inning yig‘indisiga